|
Yer silkinish kuchiga qarab shartli ravishda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1 ball
|
bet | 2/3 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 159 Kb. | | #118757 |
Bog'liq Zilzila sabablari2. Yer silkinish kuchiga qarab shartli ravishda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;
2 ball — juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch oʻtirgan Zilzila kuchi odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;
4 ball — oʻrtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Roʻzgʻor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;
5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib toʻkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;
6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, koʻpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boʻladi.
Baʼzi hollarda kitob javonidagi kitoblar, roʻzgʻor buyumlari javonlaridagi idishlar agʻdarilib tushadi;
7 ball - juda kuchli. Koʻpchilik odamlarni qoʻrquv bosadi, koʻchaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi.
8 ball - yemiruvchi. Xom g'ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boʻladi, uy tepasidagi moʻrilar yiqiladi, baʼzi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, togʻliq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.
9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʻladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boʻladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʻladi. Temiryoʻl izlari toʻlqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʻkish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari toʻlqinlanib qirgʻoqqa uriladi, qoyali yon bagʻrlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʻladi.
3. Yer silkinishida katta moddiy yoʻqotish hamda minglab odamlar oʻlimi yuz beradi. Masalan, 1990-yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi oqibatida 50 ming odam oʻlib, 1 mln.ga yaqin odamlar esa, qon yoʻqotib, jarohatolganlar. Xuddi shunday holat 1988-yil 7-dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkinishining oqibatda 25 ming odam oʻlgan. Bunda 8 mln. kv.m uy joy yoʻq boʻlib ketgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan. Yer ostida qolganlardan 15250 kishi qutqarilgan. Yer silkinish 4 ta katta shaharlarni, Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yashash punktlarini oʻz ichiga olgan. Shulardan 1500 ta qishloq vayron boʻlgan, 12 ta shahar shikastlangan, ulardan 3 tasi batamom yoʻq boʻlib ketgan. Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari deyarli izdan chiqqan, avtomobil va temiryoʻllarning koʻp qismi, aloqa, koʻpriklar yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Oʻzbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq ittifoq, mudofaa vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 dan koʻp kishilar safarbar etilib, ular xizmatida 3000 dan ortiq turli xildagi texnikalar ishtirok etgan. Juda katta miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam koʻrsatdi. Hattoki yer ostida, inshootlar tagida qolgan odamlarni chiqarish uchun chet ellar — Angliya, Fransiya, Shveysariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar. Xuddi shunga oʻxshash holat 1966-yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir boʻlib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar 7600 oʻrinli maktablar, 2400 oʻrinli maktabgacha tarbiya muassasalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon koʻrgan. Oʻsha vaqtda moddiy zarar miqdori xech qayerda yozilmagan edi.
|
| |