|
Zodiak yulduz turkumlarini o
|
bet | 2/4 | Sana | 16.08.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #269553 |
Bog'liq Мақола Ой ёрдамида Зодиак Навоий (2)Kirish. Bugungi kunda ta’lim mazmuni va sifati jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, innovatsion gʻoyalarni qo‘llash masalasi ommalashmoqda. Hozirgi kunda astronomiya va astrofizika fanini o‘qitishning yangicha usullarini yaratish ustida ko‘p ish olib borilmoqda. Masalan, Oliy ta’limda, Akademik litsey va umumta’lim maktablarda nazariy jihatdan o‘rganilibgina qolmasdan amaliy darslarni ham tashkil qilish maqsadga muvofiqdir [1].
Quyida amaliy kuzatishlardan birini ya’ni Zodiak yulduz turkumlarini Oy yordamida o‘rganish uslubini keltirib o‘tamiz. Quyoshning Osmon sferasida bir yil davomida yuradigan yo‘li, ya’ni ekliptika chizigʻi bo‘ylab joylashgan yulduz turkumlari Zodiak yulduz turkumlari deyiladi. Quyosh taxminan har oyda birorta Zodiak yulduz turkumida bo‘ladi, yoki bular burjlar – deb ham ataladi. Mazkur yulduz turkumlari 12 ta bo‘lib, ular Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi va Dalv degan nomlar bilan ataladi [2,3].
Bu yulduz turkumlarini osmon sferasida bir qarashda boshqa yulduz turkumlaridan ajratish ancha qiyin tuyuladi, ammo biz bilamizki har bir kuzatuvchi Oyni qiynalmasdan boshqa yoritgichlardan ajratishi mumkin. Oy 29,5 sutka davomida (sinodik davri), Zodiak yulduz turkumlarida bo‘lib o‘tadi. Oyning osmon sferasidagi harakatidan foydalanib Zodiak yulduz turkumlarini o‘rganish mumkin. Osmon sferasida Oy harakatlarini vizual kuzatishlar orqali Zodiak yulduz turkumlarini o‘rganish o‘ziga yarasha afzalliklarga ega. Oyning yerdagi yoritilganligi Quyoshnikidan ko‘p marta kam hisoblanadi. Quyoshning yerdagi kuzatuvchiga nisbatan yulduz kattaligi ni tashkil qilsa, to‘lin Oyniki esa dir. Agar Pogson formulasidan foydalansak, quyidagi ifodani olamiz: [ 1,2]
,
bu yerda - Quyoshni, - esa Oyni Yer yuzasida hosil qilgan yoritilganligi.
bunda tenglikning har ikkala tamonini 2,51 ga bo‘lsak quyidagini olamiz:
va bu ifodani quyidagicha yozishimiz mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, Oyning Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan yoritilganligi Quyoshnikidan 1000000 marta kam ekan. Shuning uchun Quyosh yonidagi yulduzlar ko‘rinmagani holda Oy yonidagi yulduzlar ko‘rinadi.[4].
Biz yuqorida Oyning to‘lin Oy faza holatini oldik, Oyning boshqa fazalari yoritilgani yana ham ko‘p marta kam hisoblanadi. Shunday ekan, Oyning har bir sanada qaysi Zodiak yulduz turkumida turganligini aniqlash va uning atrofidagi yulduzlarni kuzatish imkoni mavjud. Shu bilan Oy turgan Zodiak yulduz turkumini osmondagi o‘rnini aniqlab olish qiyin emas. Kuzatishlarni oldindan rejalashtrish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyida 2024 yil sentabr oyi boshi, o‘quv yilini boshi, 3 sentabrdan yangi oy boshlanadi.Bu jadval namunasi Stellarium dasturi asosida tuzildi [3].
|
| |