• Kurs ishi
  • «zoogigiyena va chorvachilik binolarini loyihalash» fanidan




    Download 77,59 Kb.
    bet1/10
    Sana05.02.2024
    Hajmi77,59 Kb.
    #151671
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Choriyev Salim 301 guruh
    12-O‘stirilgan hujayralar va ularning turlar, FIz zam Tu MT taqdimot, Kxd, Миробид домлога, kengash qarori, 1-Ma\'ruza-2 soat, 4 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi , 162 Xorijiy (ingliz) til , Alisher Xo\'jaboyev Prezintatsiya 2020, avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari, avtomatika asoslari va ishlab cniqarisn jarayonlarini avtomatlasntirisn, Sotsial psixologiya Aktamova Chexrona, 108, 1-Mavzu. Gelmintologiya faninining rivojlanish tarixi va hozirgi holati, Бошкарувда хорижий тажриба (2)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    ZOOINJENERIYA FAKULTETI
    «ZOOGIGIYENA VA CHORVACHILIK BINOLARINI LOYIHALASH » FANIDAN

    KURS LOYIHASI



    Mavzu: 60 bosh sigirlar uchun molxona.

    Bajardi: 301- guruh talabasi


    Norpo’latova Visola.
    Tekshirdi: Islomov.G’
    Kurs ishi 850 bosh qoramollarga mo’ljallangan molxona.
    Shundan:
    500 boshi 700 kg li bordoqi ho’kizlar
    300 boshi 15 l sut beruvchi 500 kg li sigirlar qolgan
    50 boshi 5 l sut beruvchi sigirlar


    Mundarija.
    1. Kirish……………………………………………………………………….4-5
    2. Ferma uchun joy tanlash va molxonaning o’lchamlarini normativ asosida hisoblash……………………………………………………………………….6-7
    3. Fermani suv bilan taminlash, qoramollarni suvga bo’lgan talabini hisoblash……………………………………………………………………….8-9
    4. Molxonadagi yorug’likni xisoblash va yorug’likningahmiyati……….....10-11
    5. Molxonadagi suniy vintilyatsani namlik bo’yicha hisoblash…………..…12-14
    6. Molxonada issiqlik balansini hisoblash…………………………………..15-17
    7. Go’ngni saqlash va hisoblash usullari……………………………………...18-20
    8. Xulosa……………………………………………………………………...21-22
    9.Foydalnilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………….………......23

    KIRISH
    Chorvachilik fermer xo’jaliklarini rivojlantirishda asosiy e’tibor hayvonlarni saqlash, mahsuldorlikgini ko’paytirish va mahsulot sifatini oshirishda maxanizatsiya va avtomotizatsiyani keng joriy qilib unumdorlikni oshirishga qaratish lozim. Hayvonlar juda sovuq yoki juda nam, qorong’u, iflos, vetilatsitasi yomon, tor binolarda saqlansa maxsuldorligi kamayib ketadi. Shuning uchun molxonalarni quishda texnalogiyani loyixa meyorlarida quyidagilarga e’tibor beriladi.
    Molxona loyixasi qurilganda va uni chizganda issiq bo’lishini taminlash kerak. Texnik talab bo’yicha mikroiqlim ko’rsatkichlarini ta’minlash muhim axamiyatga ega bo’lib molxonaning jihozlanishi hayvon uchun qulay bo’lishi kerak. Ventilatsiya, issitish, yoritish, sog’ish, ozuqa tarqatish va go’ngni chiqarish kabi ishlarni mehanizatsiyalashtirish joriy qilishimiz. Zoogegiyenik talabga javob beradigan molxonalarni qurush zooveterinariya mutaxassislari bashqa raxbarlar bilan birga loyihalarni ko’rib chiqishlari va qanday bajarilishini nazorta qilib borishlari kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining 165 – bandida, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini uchun me’yoriy huquqiy asoslarni yaratish, davlat tomonidan imtiyozli kreditlash yo‘li bilan qullab-quvvatlash chora tadbirlarini kuchaytirish va bir qator tadbirlar vazifa qilib belgilangan. Kompleks dasturni amalga oshirish natijasida 2020 yilga kelib yirik shoxli qoramol bosh soni 21,8 % ga, sut mahsulotlari ishlab chiqarish 36,8 % ga oshishi rejalashtirilgan.
    Sohada keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida barcha toifa xo‘jaliklarida qoramollar bosh soni 12165,3 ming boshga etkazilib, 2016 yilga nisbatan o‘sish darajasi 4,5 foizga, shundan sigirlar bosh soni 4214,3 ming bosh yoki 0,9 foizga, qo‘y va echkilar bosh soni 19749,2 ming bosh yoki 3,4 foizga, otlar bosh soni 221190 ming bosh yoki 2,1 foizga, parrandalar bosh soni 65758,9 ming bosh yoki 7,6 foizga oshganligi kuzatilgan.
    Urchitilayotgan jami (100%) qo‘y va echkilarning 83,6 foizi, otlarning 85,0 foizi, jami parrandalarning 63,2 foizi dehqon xo‘jaliklarida (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) hisobiga to‘g‘ri kelgan. SHuning uchun ham fermer xo‘jaliklari faoliyatini dunyo tajribasiga asoslangan holda samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozim.
    Shu bilan birgalikda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 138 ming tonna yoki 7,4 foiz ko‘p tirik vaznda go‘sht, 675,0 ming tonnaga yoki 48 foiz ko‘p sut, tuxum ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 585 mln. donaga yoki 110,6 foizga oshganligi kuzatilgan, qorako‘l teri ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 23 ming donaga yoki 2,2 foizga oshganligi qayd etilgan. Jun ishlab chiqarish hajmi 1,0 ming tonnaga yoki 102,8 foizga oshgan. Baliq etishtirish esa 15890,7 tonnaga yoki 126,4 foizga oshgan.
    Ishlab chiqarilayotgan chorvachilik mahsulotlarini xo‘jaliklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, asosiy mahsulot dehqon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda ishlab chiqariladigan 9703253 kg (100 foiz) sutning 349734 kilogrammi yoki 3,6 foizi fermer xo‘jaliklarida, 9283318 kilogram yoki 95,6 foizi dehqon xo‘jaliklarida, 70201 kilogram yoki 0,7 foizi qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘g‘ri kelgan.
    Shunga mos ravishda jami ishlab chiqarilgan go‘shtning 2,8 foizi fermer xo‘jaliklari, 94,4 foizi dehqon xo‘jaliklari, 2,6 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tuxumning 10,7 foizi fermer xo‘jaliklari, 57,7 foizi dehqon xo‘jaliklari, 31,5 foizi qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek qirqib olingan junning 7,9 foizi fermer xo‘jaliklari, 85,5 foizi dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga), 6,4 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari, qorako‘l terining 5,4 fermer xo‘jaliklari, 83,4 foizi dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga), 11,0 foizi qishloq xo‘jalik korxonlariga, asalning esa 15,2 foizi fermer xo‘jaliklari, 79,4 foizi dehqon xo‘jaliklari, 5,2 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuningdek ovlangan baliqning 31,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 15,5 foizi dehqon xo‘jaliklari, 53,1 fozi esa qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan etishtirib berilgan. Olingan tahliliy ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqariladigan mahsulotning (60-90 %) asosiy qismi dehqon (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) xo‘jaliklari zimmasiga to‘g‘r kelgan.
    Sut ishlab chiqarish bo‘yicha ham viloyatlar kesimida xuddi shunday farq mavjud. Jami etishtirlgan sutning asosiy qismi ya’ni: 12,6; 10,5; 9,5; 8,6 foizini tegishlicha Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari bergan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bo‘yicha oraliq o‘rinni, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari (9,1; 8,7; 8,0; 6,5 va 5,5 %) hamda oxirgi o‘rinni Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi egallashgan (4,2; 3,2; va 3,5 foiz).
    O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik fermer ho‘jaliklarini modernizatsiyalash, mollarni nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini oshirish, seleksiyaning zamonaviy usullaridan foydalanish, mollarni jadal parvarishlash va sigirlarni sersut qilish texnologiyalarini qo‘llash hamda ozuqa bazasini mustahkamlash dolzarb hisoblanadi.



    Download 77,59 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 77,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «zoogigiyena va chorvachilik binolarini loyihalash» fanidan

    Download 77,59 Kb.