|
1. Amal va xato» metodlari «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari
|
bet | 1/2 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 19,5 Kb. | | #253517 |
Bog'liq 1. Amal va xato» metodlari «Amal va xato» metodining afzalligi v
8-mavzu. Birlashmaning ish yo‘nalishini tanlash. Dastur va reja tuzish
Reja:
1. Amal va xato» metodlari
2. «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari
3. «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari
4. Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari.
5. Oliy o‘quv yurti talabalarida ixtirochilikni shakllantirish.
1. «Amal va xato» metodlari. Ijod qilishni o‘rganish uchun uning qobiliyatlarini bilish kerak. Oldingi vaqtlarda ya’ni qurollanish davrlarida ixtirochilik bilan shug‘ullanishda faqat bitta «Amal va xato» metodidan foydalanilgan. Ular o‘zlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni echishda har xil amallarni bajarishda ko‘p xatoliklarga yo‘l quyiladi va bu xatoliklarni minimumga keltirishga harakat qilinadi.
Har xil texnik masalalarni echishda ixtirochilar «Amal va xato» metodlarini qo‘llaydilar. Uning mohiyati shundan iboratki texnik masalalarni hal etishda ixtirochi bor imkonini variantlarining hammasini qo‘llagan holda qo‘yilgan talabga javob beradigan bittasini tanlaydi. Texnik masalalarni echishda ko‘proq ixtirochining kuzatuvchanligi, intuitsiyasi, intellekti ahamiyatga molik.
2. «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari. «Amal va xato» metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasini yaratish juda murakkab. Har bir yangi texnik masalani echishda ixtirochi ishni yangidan boshlashga majbur. «Amal va xato» metodi juda og‘ir mehnatni talab etadi va undan foydalanishda masalalarni muvaffaqiyatli echishga kafolat bera olmaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyot sharoitida texnikaning jadal rivojlanib borishda ulkan g‘oyali, katta effekt beradigan metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnik masalalarni echishda foydalaniladigan barcha metodlarda «Amal va xato» metodi elementlari ma’lum darajada ishlatiladi.
3. «Aqliy hujum»» metodi. Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo‘lib, ijodiy masalalarni echishning adekvat metodlarini topishga zamin yaratadi. Bu metodlar 2 ta guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga «Aqliy hujum», “Sinektika, morfologik tahlil” metodlari, bular assotsiativ fikrlari va kutilmagan echim xarakteri mexanizmlarga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanish juda engil, lekin qo‘llanilayotgan ob’ektning mohiyatiga bog‘lanmagan. Ikkinchi guruhga “Ixtirochilik masalalarini echish algoritmi” “Funksional–tannarx tahlili” metodlari va boshqalar kiradi. Bu metodlardan foydalanish juda murakkab lekin ob’ektning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Ishlab chiqarish korxonalar ilmiy asoslarida ehtiyoj paydo bo‘lar ekan, u ko‘plab ilmiy tekshirish institutlariga nistaban ilm - fanni rivojlantirishga sabab bo‘ladi. 1990 yillarning o‘rtalarida atom energetika, raketasozlik, elektron hisoblash, mashinalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi ijodiy mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish yo‘llarini qidirish boshlandi. Ular har xil yo‘nalish bo‘yicha olib borildi. SHulardan bittasi Amerikalik tadbirkor va ixtirochi A.Osbornning taklif etgan «Aqliy hujum» metodi edi. Uning fikricha, kimlardir g‘oya bera olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kimlardir uni tanqidiy tahlil qila olish imkoniyatiga ega. Ularni ikkita guruhga, ya’ni «Generatorlar» va «Ekspertlar»ga ajratishni taklif etadi. «Aqliy hujum» metodini qo‘llashda quyidagi tartib qoidalarni ishlab chiqqan:
«Aqliy hujum» metodi yordamida masalalarni echishda 12-25 gacha odamlar ishtirok etishi kerak. Ularni yarimi g‘oya beruvchilar, keyingisi tahlil qiluvchilar. G‘oyani generatsiya qiluvchilar guruhiga kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkurga ega bo‘lgan kishilar kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. «Aqliy hujum» sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik qiladi.
Generatorlar qo‘yilgan masalaning echimini topish uchun maksimal sondagi g‘oyalarini beradilar. Berilgan g‘oyalar bayoni magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularning ichidan ma’qulini tanlab olishadi.
Qo‘yilgan masalaning echimining og‘irligiga qarab «Sessiya» 30-50 daqiqagacha davom etishi mumkin.
«Aqliy hujum» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o‘rtasida bir biriga nisbatan hurmat va erkin munosabatni o‘rnatish zarur.
Agarda sessiya natijasiz tugasa, uning ishtirokchilarini o‘zgartirish zarur. Masalaning qo‘yilishi ham qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
4. Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari. Ixtirochilarda quyidagi shaxsiy xislatlar shakllangan bo‘lishi lozim:
- ijtimoiy xislatlar turkumi - dunyoqarashi, ma’naviy, mehnat va estetik fazilatlar;
- tajriba xislatlar turkumi - anglanganligi, ilmiyligi, mahorati va hajmi;
- aqliy xislatlar turkumi - tasavvur bir butunligi, diqqati jamlanganligi, fikrlash kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotira mustahkamligi;
- irsiy xislatlar turkumi - topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, sog‘lom fikrlilik.
5. Oliy o‘quv yurti talabalarida ixtirochilikni shakllantirish. Ixtirochilar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, fan–texnika taraqqiyoti hozirgi darajaga erishguncha turli el–elatlarda behisob olimlar zahmat chekishganligi va butun hayotlarini ilmga baxshida etganliklarining guvohi bo‘lamiz.
Ma’lumki, hech bir tuzumda alohida ixtirochi degan kasb yoki mutaxassislik mavjud bo‘lmagan, aksincha ixtirochilik hech kimning xizmat vazifasiga kirmasligi, avvalo u ichki tug‘yon, chaqiriq (da’vat), burch ekanligining guvohi bo‘lamiz.
Ixtirochilar tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan tasodif, nuqson va kamchiliklarni tezda ilg‘ab oladigan, uni bartaraf etishga o‘zini bag‘ishlagan sinchkov, tinib tinchimas, jonkuyar kishilardir.
Ixtirochi bo‘lishning birinchi sharti, atrof-muhitimizda mavjud nuqson va kamchiliklarga sinchkovlik bilan nazar tashlash va nega shunday? Nima qilish kerak? – degan savollarga javob izlashdir. Hayotimizda, atrof-muhitdagi muammolarga loqayd kishilar hech qachon ixtirochi bo‘la olmaydi.
Quyidagi holatni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Respublikamizda paxta terish mashinasiga 1936 yilda asos solingan deb hisoblansa, hozirgacha uning shpindellarini yuvish jarayoni takomillashtirilmaganligi sababli har yili necha millionlab ortiqcha harajat mehnat sarflanayotganini ko‘rish mumkin. Taxminiy hisob kitoblarga qaraganda shu ishni to‘liq mexanizatsiyalashtirib, kabinadan tushmasdan yuvadigan qilinsa, mexanik haydovchining mashinani bir marta yuvish uchun o‘rindiqdan olti marta tushib chiqishi, og‘ir qo‘l mehnati va ortiqcha vaqt sarflashiga mutlaqo chek qo‘yiladigan birgina o‘sha samarasiz ketgan vaqtda sarflangan yonilg‘ining o‘zidan bir mavsumda respublikamiz bo‘yicha millionlab mablag‘ tejaladi.
Ixtirochi bo‘lishning ikkinchi sharti, mazkur kuzatilgan kamchiliklarning sababini aniqlash va bartaraf qilish bilan bog‘liq, kishida chuqur bilim, fikr ustunligi, yuqori malaka va ko‘plab boshqa sifatlarning bo‘lishi zarurligidir.
Xo‘sh, bizda respublikamiz jamoasi miqyosida ana shunday sifatlar etarlimi? Yo‘q albatta! Nega shunday? Nega shundayligining bosh sababi maktabdan tortib oliy ilm maskanlarigacha ixtirochilik faoliyatini o‘rgatish tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligidadir. O‘quvchi va talabalarning aksariyat qismi ixtiro haqidagi to‘g‘ri tushunchaga ega emaslar, ixtironi rasmiylashtirish va uni qanday manzilga jo‘natish to‘g‘risidagi savolga bo‘lsa oliy ma’lumotli mutaxassislarning ham ko‘pchiligi javob bera olmaydi. SHuningdek talaba va o‘quvchilar ixtironing davlatimiz ravnaqi va fan–texnika riaojida tutgan o‘rni haqida etarli tushunchaga ega emaslar.
Davrning xolisona tahlili ham rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o‘z mavqeiga faqatgina ilm–fan nufuzi, ixtiro va kashfiyotlar ahamiyatini yuksaltirish yo‘li bilan erishganligini ko‘rsatadi. Buni hozirgi dunyoda eng nufuzli Nobel mukofotining 186 tadan ko‘prog‘i AQSHga, 87 tasi Angliyaga, 67 tasi Olmoniyaga, 43 tasi Fransiyaga to‘g‘ri kelayotganligi bilan izohlash mumkin. Insoniyat tarixida eng ko‘p 1098 ta ixtiro qilgan Edison ham Amerika fuqarosi.
Mazkur mamlakatlarda ixtirochilik bilimlari ma’lum dasturda va hajmda asosiy fanlar qatori maktablardan boshlab o‘qitiladi. Hozirgi bizning yoshlarimizning va umuman fuqarolarimizning ixtirochilik sirlaridan bexabarligi sababini ham bunday tizimning bizda yo‘lga qo‘yilmaganligi bilan izohlanadi. Mustaqil davlatimiz ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda o‘quv yurtlarida ixtirochilik bilimlarini shakllantirish maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, shu asosda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, bu ishga malakali o‘qituvchilarni etkazib berish maqsadida oliy o‘quv yurtlarida sohani chuqurroq o‘rganadigan bo‘limlar ochish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi respublikamizning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, uni xorijiy davlatlarga sotish imkoniyatini ham yaratgan bo‘lar edi.
|
| |