• Etiboringiz uchun raxmat!!!
  • E. M. Gofung (1946) bo‘yicha periodont yorig‘i




    Download 0,5 Mb.
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #146198
    Bog'liq
    Periodont (2)


    Periodont.Uning tuzilishi,vazilafalari.
    Yoshga xos o'zgarishlar.
    Perodont etiologiyasi, patogenezi.tasnifi.
    Periodont — bu ikki so‘z o‘zagi — peri atrof, yoni degan ma’noni, odont tish degan ma’noni bildirib, tish atrofidagi qo‘shuvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, u tishning ildiz qismidagi sement bilan jag‘lar suyaklar alveolyar o‘simtalarining ichki devorlari orasidagi periodopt bo‘shlig‘ini to'ldirib turadi.
    Periodont bo‘shlig‘i, yorig‘i alveola kompakt suyak
    plastinkasi, ildiz sementi va tish aylana boylamlari (lig. circularae dentis) bilan chegaralangan.
    Periodont yorig‘ining kengligi pastki va yuqori jag‘ tishlarida turlicha, lekin o‘rtacha kengligi 0,2—0,25 mm.Tish ildizining uchki qismida 1 mm gacha bo‘ladi.
    Antagonisti bo‘lmagan, tish qatorida turmagan tishlarda periodont to'qimasining qalinligi (yoki periodont yorig‘ining kengligi) qisqaradi — 0,1—0,15 mm ni tashkil etadi.
    E.M.Gofung (1946) bo‘yicha periodont yorig‘i
    pastki jag‘da 0,15—0,22mm ni, yuqori jag‘da esa ancha kengroq, 0,2—0,25 mm ni tashkil etadi.
    Periodont yorig‘i tish ildizining o‘rta qismida
    qisqarganroq, tish ildizining uchida hamma vaqt kengroq bo‘ladi.
    Periodont yorig‘i haddan tashqari bosim ostida
    xizmatini ado etish darajasiga va nihoyat,patalogik jarayonlarning kechishiga bog'liq.
    Periodont fibroz kollagen tolalaridan, yumshoq qo‘shuvchi to‘qima, hujayrali elementlar, ko‘p sonli qon, limfa tomirlari asab tolalaridan iborat.
    Asosiy hajmi kollagen tolalaridan iborat bo‘lsada,
    ba’zi mualliflar (A.I. Ribakov, E.M. Platonov, 1968) periodont tarkibida elastik tolalar ham borligi to‘g‘risida ma’lumot berishadi.
    Elastik tolalarning bir boshqa turi bu oksitalan fibrillari yoki tolalaridir. Oksitalan tolalar ham periodont t‘qimasining tish bo‘yin va ildiz cho‘qqisi atrofidagi qismlarida, xususan o‘ta tashqi ta’sirot ostidagi tish periodontlarida ko‘proq yig‘iladi. Oksitalan tolalar kislotalarga chidamliligi uchun bu nomni olganlar.
    Periodontda, shuningdek, argirofil tolalar, xususan ko‘p ildizli tishlarda bo‘ladi.Periodont to‘qimasi qo‘shuvchi to‘qimadan iborat bo‘lib,unda hujayralararo modda, fibroz kollagen tolalari va qo‘shuvchi to‘qima qavatlaridan o‘tgan qon va limfa tomirlari va asab tolalari mavjud.Periodontning fibroz tolalari qo‘shilib qalin tuguncha — boylam hosil qiladi (ular 5—10 mkm diametrli), bular bir uchi bilan ildiz sementiga va ikkinchi uchi bilan esa, alveola suyak to‘qimasiga kirib, suyakning go'vak qismigacha joylashadi. Kollagen tutamlarining alveola suyagiga va ildiz sementiga kirgan qismlari Sharpey tolalari degan nom bilan yuritiladi.
    Tish bo‘yin qismida fibroz tutamlari gorizontal yo‘nalishda joylashgan.Bu yerda ular alveola suyagi ustidan va milkdan keladigan tolalar bilan birlashib, tish aylana boylamini hosil qiladi. Tish aylanma boylami 3guruh tolalardan iborat: I guruh tolalarga milk cho‘ntagining ostidan sementga yopishadiganlar, II guruh-milk va milk so‘rg‘ichlaridan tish bo'yin qismiga yoyilib yo‘nalgan tolalar bo‘lib, ular milk qirralarini qattiq ushlab, xarakatsiz holatda saqlab, tishlarga yopishib turishini ta’minlaydi va nihoyat, III guruhga tishlar oralaridagi tolalar kirib, ular ikki yonma-
    yon tishlarni bir-biriga bog‘lab turadilar.
    Vazifalari
    • qo‘riqlash (ximoyalash)
    • ushlab turish(fiksatsiya),
    • oziqlantirish (trofika),
    • hosil qilish,
    • yaratuvchilik (plastika)
    • sezgirlik (sensor).
    • amotizatsiya

    • Eng muxim vazifasi himoya, qo‘riqlashdir. Bu periodont to‘qimasi- to‘suvchi (barer) to‘qima ekanligini, organizmni tashqi turli zararli narsalar-ta’sirotlardan ximoyalab turishidir.

    Periodontning ushlab turishi (fiksatsiya) deganda, tishlarni tish katakchalarida turish vazifasini tushunamiz.
    Periodontning oziklanishi va oziqlantirish (trofika) vazifasi unga kirgan va pulpa tomirlari bilan anastomozlashgan qon tomirlar orqali amalga oshadi. Periodont sement va tish ildiz dentinini hamda alveola suyagining kompakt plastinkasini oziqlantiradi.
    Plastik vazifasi esa periodontdagi sementoblastlar (ikkilamchi,hujayrali sement hosil qilish) va osteoblastlar (alveola suyagi qatlamlarini hosil qilish) orqali bajariladi.
    Periodontning amortizasiya vazifasi undagi katta miqdorli suyuqlikning (60% ga yaqin) to‘qimalararo joylashgan teshikchalar va
    hujayralar kolloidlari bilan tomirlar va tolalar hajmlarining o‘zgarishini muvofiqlashib, birga ta’sir etishi orqali amalga oshadi.
    Periodont sezgirlik vazifasini o‘zidagi boy innervasiya orqali bajaradi.
    Periodont to'qimasining yoshga xos o'zgarishlar Bu o‘zgarishlar 3 davrga bo‘linadi:
    1 davr 20—24 yosh. Periodont asosan shakllanadi,
    kollagen tolalar yetiladi va ular joylashgan joylarida anik shaklga ega bo'ladi.
    • davr 25—40 yosh. Periodont o‘z tuzilishi shakllanishida turg‘unlik bo‘lib, juda kam o‘zgaradi.
    • davr 40 yosh dan keyin turli destruktiv o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kollagen tolalarning ayrimlarida tarqoqlik, rang o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatiladi.

    Periodont to'qimasining yallig'lanishi---Periodontit deyiladi.
    Kelib chiqish sababiga ko'ra :
    • 1.Infeksion
    • 2.Travmatik yan'i jarohatli
    • 3.Medikamentoz

    • Infeksiyali periodontitlarda infeksiyaning to‘qimaga kiradigan yo‘llari turlicha. Infeksiya (mikroblar va ularning zaxarlari) asosan tish kanali (lari) orqali pulpit kasalligida, pulpa chiriganda (nekroz) yuz beradi. Mikroblardan eng ko‘p uchraydiganlari — nogemolitik, ko‘kimtir, gemolitik streptokklardir.
      Periodontga infeksiyaning tushishi (o‘tishi)
      patologik tish-milk cho‘ntagi orqali ham bo‘lishi mumkin.

    Jarohat orqali periodontitlar-o‘tkir (o‘ta bosim, urilish) jarohatlar ta'siri ostida tishlardagi tomir-asab tutamining ezilishi, uzilishi oqibatida,pulpa qon ta’minotining buzilishi va unda chirish (nekroz) jarayonining ketishi oqibatida o‘tkir yoki surunkali periodontitlar kelib chiqishi mumkin. Undan tashqari, pulpani ekstirpasiya-olib tashlash muolajasini qo'pol tarzda (pulp-ekstraktor, ildiz ignasini periodontga tikish) o‘tkazganda yoki plombaning haddan tashqari ko‘p ildizning periapikal qismiga chiqarish natijasida ham periodontit kelib chiqishi mumkin.
    Ba’zida noto‘g‘ri qo‘yilgan (chetlari milkni bosib
    turgan) plombalar,

    Medikamentoz (dorilar ta’sirida) periodontitlar eng avvalo pulpa yallig‘langanda olib borilishi zarur muolajalarni noto‘g‘ri, qo‘pol, tish anatomiyasi — endodental holatni xisobga olmay o‘tkazilishi oqibatida yuzaga keladi.

    Margimush kislotasi, formalin, trekrezolformalin,
    fenol, kumush va shunga o‘xshash kuchli kimyoviy preparat yoki dorivorlarni,ularning konsentratsiyasi, ta’sir etish muddatlarini va

    fosfat-sement, adgezor, rezorsin-formalin pastasi, shtiftlar va boshqa kanal plomba ashyolarini ildiz cho‘qqisidan o‘tkazib, periodont to'qimasiga kiritish kabi hollarda ham periodont to‘qimasining jarohatlanishi, kuyishi,yallig‘lanishi kuzatiladi.

    Patogenezi.
    Kallikning kelib chiqishi uch narsaga — organizmning umumiy holati, uning reaktivligi va qarshilik ko‘rsatish kuchi, tushadigan mikroblar soni va ularning chidamliligi, kuchliligiga bog‘liq. Birinchi davrlarda o‘tkazilgan mikrobiologik tekshiruvlar periodontitni chaqiruvchi mikroblar borligini aniqlashga yo‘naltirilgan. Lekin bu tadqiqotlar periodontitni chaqiruvchi spesifik-xos mikroblarning yo‘qligi, balki periodont to‘qimasining yallig‘lanishiga juda ko‘p mikroblar, zamburug‘lar va boshqalar sababchi
    bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
    Tasnifi.
    1.O'TKIR periodontit
    Kelib chiqish sabablariga ko‘ra:
    • Infeksiyali o‘tkir periodontit
    • Medikamentoz (toksik) periodontit
    • Jarohatdan-travmatik periodontit.

    Patologik jarayonning joylashgan joyiga ko‘ra:
    • O‘tkir marginal (tish bo‘yin qismi) periodontit (Per. acuta marginal is).
    • O‘tkir ildiz cho‘qqisidagi apikal periodontit (Per.

    • acuta, radialis apical is).
    • O‘tkir umumiy (total, tarkalgan) periodontit (Per. acuta total is).

    Ekssudat turiga kura:
    • O‘tkir zardobli periodontit (Periodontitis acuta’ serosa).
    • O‘tkir yiringli periodontit (Periodontitis asuta

    • purulenta).
    • Surunkali periodontitlar (Periodontitis chronica).
      • Surunkali fibrozli periodontit (Per. chronica fibrosa).
      • Surunkali granulematoz periodontit, granulema, . (per. chronica granulematosa, sev granuloma).
      • Surunkali granullashgan periodontit (Per. chronica

      • granu ans).
        III. Qaytalangan surunkali periodontit (Per. chronica exacer bata).

    E'tiboringiz uchun raxmat!!!


    Download 0,5 Mb.




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    E. M. Gofung (1946) bo‘yicha periodont yorig‘i

    Download 0,5 Mb.