|
Mikronaychalar va sentriolaning tuzilishi asosiy maqsad: Mitoxondriya tuzilishi to’g’risida to’liq ma’lumotga EGA bo’lish Vazifalar
|
bet | 1/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #121924 |
Bog'liq Lab Mitoxondriya (1)
MAVZU: MITОXОNDRIYANING TUZILISHI. MIKRONAYCHALAR VA SENTRIOLANING TUZILISHI
Asosiy maqsad: Mitoxondriya tuzilishi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish
Vazifalar: Mitoxondrya membranasining tuzilishini boshq hujayra organoidlar membranasi tuzilishi bilan farqlash
Nazariy tushuncha: Mitoxondriya hayvonlar va ayrim o‘simliklar hujayrasida uchraydigan organella bolib, diametri 0,2-1 mkm ga teng. Shakli har xil: yumaloq, ovalsimon, tayoqchasimon va ipsimon boladi. Mitoxondriyalarning soni har xil hujayralarda turlicha: 1 donadan 100 ming donagacha bolishi mumkin. Masalan, sutemizuvchilar jigarning bitta hujayrasida 2500 ta mitoxondriya boladi. Ularning vazifasi o‘zgarishi bilan soni ham o‘zgaradi, ya’ni hujayraning vazifasi oshganda mitoxondriyalarning soni ham ortadi. Bunda faqat soni o‘zgarmay, balki shakli ham o‘zgaradi.
Mitoxondriyaning nozik tuzilishini elektron mikroskopda yaxshi ko‘rish mumkin. Obyektiv kattalashtirib ko‘rilganda esa uning devori ikki qavatdan iborat ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Uning tashqi qavati tekis, ichki qavatidan bo‘shliq tomon o‘simtalar o‘sib chiqqan boladi. Bu o‘simtalarga kriptalar deyiladi. Ularning soni ham har xil boiadi. Bo‘shliq qismida yarim suyuq holdagi modda bolib, unga matriks deyiladi. Matriks takibida DNK, maxsus RNK va ribosomalar boladi.
Ichki membranasi asosan oqsillardan (70%), fosfolipidlardan (20%) va boshqa moddalardan tashkil topgan. Tashqi membranasi 15% oqsil va 85% fosfolipidlardan iborat. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi energiya hosil qilishdan iborat. Masalan, hujayralardagi energiyaning 95% ini mitoxond- riyalar hosil qiladi. Bu ularda uglevodlar, aminokislotalar, yog‘larning oksidlanishi hisobiga ro‘y beradi. Oksidlanish bilan kechadigan fosforlanish jarayonida makroenergiyaning asosiy manbai - ATF sintezlanadi. ATF sintezi mitoxondriyalarning asosiy vazifasiga kiradi. Mitoxondriyalarda ATFdan tashqari, oqsillar ham sintezlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mikronaychalar va sentriolaning tuzilishi asosiy maqsad: Mitoxondriya tuzilishi to’g’risida to’liq ma’lumotga EGA bo’lish Vazifalar
|