10.1-Rasm. Mitoxondriyani elektron-mikroskopda ko’rinishi
Mitoxondriya tuzilishi (sxema). a-uzunasiga kesim;
b-mitoxondriyaning ichki tuzilishi;
d-mitoxondriya kristlari
Mitoxondriya hujayra nafas olishi kechadigan asosiy tuzilma bolib, oksidlanish-fosforlanish natijasida ATF hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham mitoxondriya hujayraning energetik markazi deyiladi.
Zaruriy ashyolar: hayvon jigari, ustara, mikroskop, buyum va qoplag’ich oyna, rasm daftar, qalam va ruchka
Vosita, jihoz, qurilma: mitoxondriyaning rasmi, plakatlar, vaqtinchalik va doimiy preparatlar
Ishni bajarilishi: 1. Mitoxondriya membranasini farqlang. 2. Doimiy preparatlarda va vaqtinchalik preparatlarda mikroskopda mitoxondriya tuzilishini kuzating. 3. Kuzatganlaringizni rasm daftarga tushiring. 4. Hulosalaringizni qayd qiling.
Jigar hujayrasini mikroskop ostida kuzatamiz,ozgina kattalashtrib ko’rilganda hujayralari bir biriga yopishgan holatda aylana yoki noto’g’ri ko’rinishga ega bo’ladi.Ularning atrofida qon tomirlari joylashgan.Hujayra chegaralari aniq ko’rinadigan bir bo’lagini tanlab olamiz va mikroskop obektivining katta o’lchamida,jigar hujayraralarini kuzatamiz. Jigar hujayraralari chegaralari sitoplazmatik membrana bilan qoplangan.Sitoplazma eozin bilan bo’yalganda pushti rang hosil bo’ladi.Donachali tuzilishga ega bo’lgan vakuolalarni ham ko’ramiz.
Hujayra yadrolari sharsimon yoki elipsimon shakilda jigar hujayralari qon tomirlari atrofida joylashgan.Ularning devorlari yassi qatlam bilan o’ralgan.
Qon tomirlari oralig’ida qonning shakilli elementlaridan eritrotsitlarni uchratish mumkin.Bazan esa qon tomirlar atrofida leykotsitlar joylashadi. Inversion obektivli mikroskopda kuzatganimizda yadro sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadi.Karioplazmada xar xil kattalikdagi xromatin parchalari joylashgan.Ular spiralsimon xromasoma bo’lakchalaridir va jigar hujayralarida yadrochalarni ham ko’rish mumkin.Ular yadroda joylashgan bo’lib, eozin bilan pushti ranga bo’yaladi.
_1____________________________________2_______________________________3____________________________________4_______________________________5____________________________________6_______________________________7____________________________________8_______________________________9____________________________________10______________________________11___________________________________12___________________________
MIKRONAYCHA LAR
Mikronaychalar uzunligi 2,5 mkm, diametri 20-30 nm ga teng shoxlanmagan ichi bo‘sh naychalar bo‘lib, asosan, oqsillardan tarkib topgan xivchinlar hamda kiprikchalardan iborat. Sitoplazmada joylashgan sentriola hamda bazal tanachalar ham shu mikronaychalardan tashkil topgan. Ular, odatda, tayanch hamda shaklni belgilash vazifasini bajaradi. Aksariyat hayvonlar hujayrasidan olingan mikronaychalarning kimyoviy tuzilishi deyarli bir xil boiib, asosan, o‘ziga xos tubulin oqsildan tarkib topgan.
Sentriola- Sentriola tuzilmasi 1875 yilda V.Flemming 1876 yilda Z.Beneden tomonidan topligan. Hayvon hujayralari uchun hos. Bo’linayotgan hujayralarda bo’linish dukini hosil qilishda ishtirok etadi. Sentriolani hosil qilishda aylana boylab joylashgan mikronaychalarning 9 ta tripleti ishtirok etadi. Tripletning birinchi mikronaychasi (A) 13 globulyar subbirliklardan tuzilgan. 2-ch va 3-ch mikronaychalar (B,C) A mikronaychadan to’liqmasligi bilan ajralib 11 globulyar birlikdan tuzilgan. S-laning mikronaychalari tizimi (9+3)+0.Interfaza hujayralarida ikkita yonma-yon joylashgan sentriolalar bo’lib, ular diplosoma deyilada. Ularning biri ona ikkinchisi qiz sentriola deb ataladi. Sentriolalar soning oshishi duplikasiya deyiladi.
|