Strategiya va raqobat ustunligi.
Reja:
5.1. Strategik menejmentda
raqobat strategiyasi
5.2. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanish
5.3.Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish
5.4.Vertikal integratsiya strategiyasi va
raqobat ustunligi
5.5.Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari
Tayanch iboralar: raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi, raqobat ustunligi, hujumkorlik
strategiyasi,
mudofaa strategiyalari, vertikal integratsiya strategiya,
Boshlovchilik,
ustunliklar, kamchiliklar.
5.1. Strategik menejmentda raqobat strategiyasi
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga
qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib
boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu
urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin.
Bunda faqat eng yaxshi
strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa
xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va o’zoq muddatli xarakatlarni o’z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va
ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin,
ularning
o’xshashliklari topiladi.
Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo’lib ular quyida
keltirilgan:
1. Xarajatlar bo’yicha ilgorlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda tula
xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli xaridorni jalb qiladi.
2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga
raqobatchi Korxonalar
tovarlaridan fark qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga karatilgan. Bu xam
xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar
va mahsulotni keng
tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini beradi.
Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past
baholarni ta’minlashdan iboratdir.
4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo’lib,
xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda Korxona o’z raqobatchilaridan ancha
past baholar xisobiga utib ketadi.
5. Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi
strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini
ularning did va
talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.