|
Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanishBog'liq 5-tema uz5.2.Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanish
Raqobat ustunligiga deyarli xar doim muvaffakiyatli xujumkor strategik xarakatlar
xisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta’minlash uchun muvaffakiyatli xujumkor
strategiyaga qancha vakt talab etilishi tarmoqdagi raqobat tavsifiga bog’liq. Ustunlikni
ta’minlash vakti kiska bo’lishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi kabi, murakkab texnologik
jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha davomli bo’lishi xam mumkin.
Ideal darajada sozlangan xarakatlar mikyosi ancha katta bo’lgan ( masalan, yangi
kimmatbaho dorining patentiga farmatsevtikada ega bo’lish sezilarli ustunlikni
ta’minlaydi) yoki uncha katta bo’lmagan (masalan, tikuvchilik sanoatida. Bunda
kiyimlarning yangi modadagi fasonlari osongina o’zlashtirilishi mumkin, nusxa kuchirish
orkali) raqobat ustunligini yaratishi mumkin. Muvaffakiyatli xujumdan sung
«mevalarning samarasini» kurish davri keladi. Bu davrning davomiyligi esa rakiblarga
yuqotilgan pozitsiyalarni qaytarib olish uchun xujumga utishga qancha vakt kerak
bo’lishiga bog’liqdir. Rakiblar Korxona yaratgan ustunlikka karshi jiddiy karshi xujum
boshlashlari bilan uning yemirilishi boshlanadi. Egallangan mavkeini saklab kolish uchun
Korxona ikkinchi strategik xujumni amalga oshirishi kerak. Uning fundamentini esa
raqobatchi ustunlikka erishish maqsadida kurashni kuchaytirgan paytlarida xujumga
utishga tayyor turish uchun «mevalarni samarasini» kurish davrida ko’rib kuyish kerak
bo’ladi. Raqobat ustunligini saklab turish uchun Korxona rakiblardan bir bosh baland
bo’lishi kerak. Bozordagi o’zining pozitsiyasini mustaxkamlash uchun ketma-ket
strategik xujumlar uyushtirishi va xaridorlarning moyilligini saklab turishi lozim.
Xujumkor strategiyaning oltita asosiy turi ajratiladi.
1. Raqobatchining kuchli tomonlariga qarshilik ko’rsatish yoki ulardan o’zib ketishga
qaratilgan xarakatlar.
2. Raqobatchining zaif tomonlaridan foydalanishga qaratilgan xarakatlar.
3. Bir nechta frontlarda bir vaqtda xujumga o’tish.
4. Egallanmagan bushliqlarni egallash.
5. Partizan urushi.
6. Zarbalar.
|
| |