xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha raqobatustunligiga erishishga
olib kelmas ekan, u strategik xisoblanmaydi va unga mablag sarflashning foydasi yuq.
«Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni
pasayishiga olib keladiki,
unda ishlab
chiqarishning talab etiladigan xajmi shu darajada yuqori bo’ladiki,
u xuddi
ta’minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni ta’minlaydi.
«Oldinga» vertikal integratsiya xam ana shunday ildizlarga ega. Vertikal integratsiyaning
kamchiliklariga kuyidagilar kiradi:
1. Integrallashgan Korxonalar yangi texnologiyalarga sekin kunikish tendentsiyasiga ega
bo’ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan bog’liq.
2. Integratsiya ta’minotchilarni erkin tanlash xususida
Korxonaning imkoniyatlarini
cheklaydi.
3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi xar bir bosqichda kuvvatlarni balansligi
bilan bog’liq bo’lgan muammolarga olib keladi.
4. «Oldingi» yoki «orkaga» integratsiya turli malaka, maxorat va ishbop kobiliyatlarini
talab etadi. SHunday qilib, vertikal integratsiya strategiyasining xam kuchli, xam kuchsiz
tomonlari bo’lishi mumkin. Integratsiyaning kanday yunalish
va kanday mikyoslarini
tanlash kuyidagilarga bog’liq:
1. Integratsiya kompaniyaning strategik jixatdan muxim bo’lgan ish sohalari xarajatlarini
pasaytirish yoki tabaqalashtirishni chuqurlashtirish tomoniga yaxshilashga kodirmi?
2.
Kapital xarajatlar, javobiy reaktsiyaning
chapdastligi va tezligiga, ma’muriy
xarajatlarga kanday ta’sir ko’rsatadi?
3. Raqobat ustunligini yaratishga kodirmi?