• 1-AMALIY ISH Mavzu: AVTOMATLASHTIRISHNING PNEVMATIK TEXNIK VOSITALARINI TADQIQ ETISH. AVTOMATLASHTIRISHNING GIDRAVLIK TEXNIK VOSITALARINI TADQIQ ETISH.
  • 1-amaliy ish mavzu: avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalarini tadqiq etish. Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalarini tadqiq etish




    Download 1.43 Mb.
    bet1/9
    Sana16.09.2023
    Hajmi1.43 Mb.
    #82124
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-amaliy ish mavzu avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vosit-fayllar.org
    m noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasi, Filologiya93adоллл, титул сам.раб, 8-M Mobil ilovalarni yaratishda Layouts & Drawable Resources

    1-amaliy ish mavzu: avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalarini tadqiq etish. Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalarini tadqiq etish

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


    FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

    <> Fakulteti
    <> Kafedrasi
    <> Fanidan
    AMALIY ISH
    Bajardi: 32-16 guruh talabasi
    Ortig’aliyev R

    Qabul qildi: Sotvoldiyev X


    Farg`ona 2020
    1-AMALIY ISH

    Mavzu: AVTOMATLASHTIRISHNING PNEVMATIK TEXNIK VOSITALARINI TADQIQ ETISH. AVTOMATLASHTIRISHNING GIDRAVLIK TEXNIK VOSITALARINI TADQIQ ETISH.
    Reja:

    1. Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalarini tadqiq etish.


    2. Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalarini tadqiq etish.
    Pnevmatik qurilmalar mashinasozlikda texnologik jihozlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning effektiv vositalari bo`lib hisoblanadi.
    Bu ularning o`ziga hos prinsipial afzalliklaridan kelib chiqadi. Ushbu afzalliklar detallarni qisish va qayd etish jarayonini bajarishda, chiziqli o`lchamlarini nazorat qilishda, detallarni qirrasi bo`ylab burishda, yig`uv jarayonini bajarishda, yuklarni transportlarda tashish, detall va instrument asosiy ishlov berish sirtini tozalashda, sanoat robortlari harakatini amalga oshirishda namoyon bo`ladi. Pnevmatik qurilmalarning bunday prinsipial afzalliklariga quyidagilar kiradi:
     Tuzilishi va hizmat ko`rsatishining soddaligi;
     Yuqori buzilmay ishlash hususiyati mavjudligi;
     Harorat, namlik va changlikning keng diapazonida ishlash ishlash hususiyatini saqlab qolishi;
     Alohida pnevmatik qurilmalar uchun 10…20.000 soatga etadigan katta ishlash vaqti;
     Chiziqli harakat uchun 15m/s, aylanuvchi harakat uchun 20.000 ayl/daq. ga etadigan ijro mexanizmlar siljishining yuqori tezligi;
     Energiyatashuvchi (siqilgan havo)ni uzoq masofalarga uzatishini oddiyligi;
     Energiya ishlab chiqarishni markazlashgan manbai (odatda zavodning compressor tarmog`i);
     Mexanizmning shikastlanishsiz to`xtash va tormozlanish imkoniyati.

    Pnevmatik qurilmalar quyidagi kamchiliklarga ega:


     Boshqaruvchi signallarni uzatish tezligining yuqori emasligi;

    Yuklama tebranganda ishchi organlarning ravon siljishini ta’minlashning qiyinligi;


     Siqilgan havoni ishlab chiqish narhining birmuncha qimmmatligi.
    Stanoksozlikda va umuman mashinasozlikda pnevmatik texnika bosimning uch xil sathida ishlatiladi: yuqori sath (0.2 … 1.0MPa), o`rta sath (0.1 … 0.25MPa) va quyi sath (0.001 … 0.01MPa).
    Gidravlik texnik vositalar asosini gidroyuritmalar tashkil etadi.
    Gidroyuritma gidrodvigatel chiqish qismining harakat tezligini rostlash va yo`nalishini o`zgartirish funksiyasini baravar bajarish bilan bosim ostidagi ishchi suyuqlik vositasida mexanizm va mashinalarni harakatga keltirishga mo`ljallangan qurilmalar majmuyi hisoblanadi.
    Gidroyuritmalar ikki tipli bo`ladi: gidrodinamik va hajmiy. Gidrodinamik yuritmalarda asosan suyuqlik oqimining kinetik energiyasi ishlatiladi. Hajmiy gidroyuritmalarda ishchi suyuqlik bosimining potensial energiyasi ishlatiladi.

    Hajmiy gidroyuritmalar gidrouzatmadan, boshqarish qurilmalaridan, yordamchi qurilmalar va gidroliniyalardan tarkib topgan (1-rasm).




    Gidroyuritmaning kuch qismi hisoblangan hajmiy gidrouzatma hajmiy nasos(yetaklovchi dvigatelning mexanik energiyasini ishchi suyuqlik oqimi energiyasiga o`zgartirgich) va hajmiy gidrodvigatel(ishchi suyuqlik oqimi energiyasini chiqish qismining mexanik energiyasiga o`zgartirgich)dan iborat.
    Ba’zi hajmiy gidrouzatmalar tarkibiga gidroakkumulyator ham kiradi. Gidroakkumulyator bu gidrodvigatelni ishga tushirish uchun keyingi safar foydalanish maqsadida bosim ostidagi ishchi suyuqlik energiyasini to`plash uchun mo`ljallangan. Bundan tashqari, hajmiy gidrouzatmalar tarkibiga gidroo`zgartirgichlarni ham kiritish mumkin. Gidroo`zgartirgichlar P bosim va Q sarf qiymatga ega ishchi suyuqlik oqimi energiyasini boshqa P va Q qiymatga ega boshqa oqim energiyasiga o`zgartirib beruvchi hajmiy gidromashinalar hisoblanadi.
    Boshqarish qurilmalari oqim yoki boshqa gidroyuritma qurilmalari orqali boshqarish uchun mo`ljallangan. Bunda oqim bilan boshqarishda gidrotizimdagi bosim va sarfni o`zgartirish yoki ma’lum sathda saqlash, shuningdek, ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish tushiniladi.
    Boshqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
    1) Ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish, gidrodvigatelni ishga tushirishning talab qilingan ketma-ketligini ta’minlash, chiqish qismlarning harakat yo`nalishini o`zgartirish va shu kabilar uchun hizmat qiluvchi gidrotaqsimlagichlar;
    2) Gidrotizimdagi ishchi suyuqlik bosimini rostlash uchun mo`ljallangan bosim rostlagichlari(saqlagichli, reduksion, qayta quyuvchi va boshqa klapanlar);
    3) Ishchi suyuqlik oqimi bilan boshqarish yordamida sarfni rostlagich(oqimlarni bo`lgich va yig`gichlar, oqim drossellari va rostlagichlari, yo`naltiruvchi klapanlar);
    4) Nasoslar, gidrodvigatekllar yoki boshqarish signali quvvatini baravar kuchaytirish bilan ishchi suyuqlik vositasida boshqarishning boshqa qurilmalar ishlashi orqali boshqarish uchun zaruriy gidravlik kuchaytirgichlar.
    Xulosa
    Men ushbu amaliy mashg`ulotda AVTOMATLASHTIRISHNING PNEVMATIK TEXNIK VOSITALARINI TADQIQ ETISNI VA AVTOMATLASHTIRISHNING GIDRAVLIK TEXNIK VOSITALARINI TADQIQ ETISH HAQIDA KO`PLAB MA`LUMOTLARGA EGA BO`LDIM.



    Download 1.43 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy ish mavzu: avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalarini tadqiq etish. Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalarini tadqiq etish

    Download 1.43 Mb.