1 - AMALIY MASHG’ULOT
EENHAT pog’onalaridagi iste’molini hisoblash va tahlil qilish. (2 soat).
Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash, yig‘ish va
qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va energiya
resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, iste’molchi tomonidan ham turli tarif
tizimlariga
ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimli
energiyani hisoblashdan foydalanishga asoslangan tizimlarni
tadbiq etishni talab
qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar hamda ta’minotchi korxonalar o‘z
obyektlarida EENHATni tashkil qiladilar.
EENHAT bu – nazorat-o‘lchov qurilmalari,
aloqa kommunikatsiya-lari
(ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT) dan tashkil topgan
energiya iste’moli jarayonini avtomatik boshqarish va avtomatik hisobga olishni
tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
EENHAT quyidagilarga imkon beradi:
- elektrenergiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar
almashinuvini
avtomatlashtirish;
- elektrenergiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni
avtomatlashtirish;
- elektrenergiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini oshirishga
erishish;
- elektrenergetik tizimlarning texnik holatlarining avtomatik nazorat qilinishini
ta’minlash;
- iste’molchilar o‘rtasida energiya va quvvat taqsimlanishining turli boshqarish
sxemalarini ishlatish;
korxonaning ish samaradorligini oshirish.
-
EENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi:
- elektrenergiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli,
interfeysli yoki impuls
chiqishli);
- ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, telesummatorlar
va boshqalar);
- kommunikatsiyalar (kommutatsiyalanadigan telefon kanallari,
ajratilgan
telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar);
- aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar,
multipleksorlar va
boshqalar);
- maxsus
DT
o‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan
ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa
korxonalar yoki elektr
energiyasini yetkazib beruvchi bilan o‘lchov ma’lumotlarini almashtirish uchun).