1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot almashinish mexanizmi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari




Download 13,38 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2024
Hajmi13,38 Kb.
#231346
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot Mavzu Axborot almashinish mexanizmi. Kompyu-fayllar.org


1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot almashinish mexanizmi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari




1-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Axborot almashinish mexanizmi.
Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari 
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash
texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida
foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani
bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari
har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va
kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa
muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif
qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga
о'tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini
beradigan Internet tarmog'igacha.
Kо'pincha ―mahalliy tarmoqlar‖ (lokalniye seti, LAN, Local Area Network)
atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan
kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi
mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq
emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba‘zi bir lokal tarmoqlar bir
necha kilometr yoki bir necha о'n kilometr masofadan oson aloqani ta‘minlay olish
imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin
joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о'lchamdir. Boshqa
bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network
yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi
kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir
bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita
yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel
yordamida bog'lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham



kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq


deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bо'lib, kо'p
bо'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq kо'p hollarda
ikkitadan to bir necha о'nlab kompyuterlarni о'z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir
mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bо'lib,
abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq
deb atash balki notо'g'ridir.
Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «kо'p kompyuterlarni uzviy bog'lovchi
tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga
vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi.
Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap
yuritib bо'lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va
shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni
«vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy
tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yо'naltirgichlar marshrutizatori) va
kо'priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan
axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi
yoki yо'qmi?, unchalik tushunarli emas.Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini
his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bо'lar. Mahalliy
tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari
hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bо'lishi kerak bо'lib, alohida olingan
kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bо'lmasligi lozim. Bu holda
qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bо'lish, ilovalar
orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga
oshirilishidir.Bunday ta‘rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga
oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga
tо'g'ri kelmaydi. Bunday ta‘rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning
tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta
oshishi kerak.



Agar yaqin о'tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s yetarli deb


hisoblangan bо'lsa, hozirda esa о'rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda
axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda
axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda
aloqa о'rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini
pasaytiradi.Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan
asosiy farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bо'lib
qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.Masalan, axborotlarni
uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish
bema‘nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish kerak bо'ladi va shuning uchun
mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan
foydalaniladi.Yana tarmoqning asosiy texnik kо'rsatgichlaridan biri katta yuklamada
ishlash imkoniyatidir, ya‘ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib
aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qо'llanilayotgan axborot almashinuvini
boshqaruvchi mexanizm unumli bо'lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish
uchun kо'p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan sо'ng katta tezlikda
va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq
resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga tо'g'ri keladi.Har qanday
axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun,
oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bо'lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma‘lum
bо'lishi kerak. Rejalashtirilganidan kо'p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi,
yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham
axborotlarni uzatishga ulgira olmay qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu
sо'zning tub ma‘nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini tushunish kerakki, u
mahalliy bir-necha о'nlab kompyuterlarni birlashtirgan bо'lishi lozim.
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini
shakllantirish mumkin bо'ladi:



· axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda о'tkazish imkoniyati mavjud


bо'lishi;
· uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar).
Axborotlarni uzatishda mumkin bо'lgan xatolik ehtimoli 10-7 – 10-8 darajada
bо'lishi;
· axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bо'lishi;
· tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bо'lishi kerak.
Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar
bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mо'ljallangan va sifatli bо'lmagan
kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam,
axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bо'yicha kafolatlanmagandir.
Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
Kо'pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi - shaxar tarmog'i (MAN, 



Download 13,38 Kb.
  1   2




Download 13,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot almashinish mexanizmi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Download 13,38 Kb.