1-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi va tasnifi.
Ishning maqsadi
: O`zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat
siyosatining asosiy yo`nalishlari, amaldagi qonunlari.
Ishning vazifalari:
1.
Mamlakatimiz mustaqilligidan so’ng Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) sohasiga oid me’yoriy xujjatlar. (Qonun qaror farmoiyishlari
va x.k.).
2.
Iqtisodiyot sohasida AKTni joriy qilinishi xususiyatdagi me’yoriy
xujjatlar;
Nazariy qism:
Axborot ta’minoti
— axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini yaratish,
xujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni
kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar
yig‘indisidir.
Texnik ta’minot
- ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat kursatishi
uchun kullaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni
qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z
ichiga oladi. Bunday qurilmalarga
kompyuterlardan tashkari, atrof (periferiya)
texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari
xam kiradi.
Qabul kilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko‘p jixatdan
ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog‘liq.
Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash
tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy
ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy maxsulotlar
kiradi.
Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarni xal etishni
avtomatlashtirish uchun muljallangan dasturiy maxsulotlar yig‘indisini uzida
namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muxarrirlari, elektron jadvallar,
ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichiq
tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil obyektlar (iqtisodiy,
muxandislik, texnik va
boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti tarkibiga kuyidagilarni kiritish
mumkin:
-Ma’lumotlarni yig‘ish va kayd kilish vositalari;
-Ma’lumotlarni uzatish va kabul kilish vositalari:
-Datchiklardan ma’lumotlarni kabul kilish vositalari;
-Analog-rakamli va rakam-analogli uzgartirgichlar;
-Kommutatorlar va multipleksorlar;
-Tarmok adapterlari;
-Selektor va marshrutizatorlar;
-Ish stansiyalari va abonent punktlari;
-Serverlar;
-Ma’lumotlarni saklash vositalari (xotira kurilmalari);
-.Mini va mikro EHM
hamda mikroprotsessorlar; 12.Boshkaruvchi kompyuterlar;
-.Pechatlovchi kurilmalar va uskunalar;
-.Skanerlar;
-Plotterlar;
-kuzatuvchi videokurilmalar; .turli xil audio kurilmalar; .turli xil aloka vositalari;
nusxa oluvchi kurilmalar;
-turli xildagi ma’lumot
tashuvchilar; .ma’lumotlarni kiritish va chikarish
vositalari;
-.ups kurilmalari; elektrogeneratorlar (tashki tok manbai uzilib kolganda);
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi kurilmalar; .ximoya kurilmalari;kerakli
bo‘lgan dasturlar hamda kurilmalar bilan ta’minlangan shaxsiy kompyuterlar.
Ushbu texnik vositalar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
-Ishonchlilik;
-Resurslardan foydalanishning samaradorligi;
-Texnik kursatgichlar jixatidan bir-biriga mos kelishlik;
-Tarkibiylik va modellilik;
-Harajatlar
buyicha samaradorlilik;
-Foydalanuvchiga nisbatan dustonalik;
-Xozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan biri xususiy
yoki shaxsiy kompyuterlardir.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning asosiy turlari.
Dasturlarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri ma’lum bir
ishni bajarishga mo‘ljallangan. Lekin insonlarga o‘xshab, EHM lar ham qandaydir
ko‘rsatmalarga yoki dasturviy ta’minotga muhtoj bo‘ladi, chunki busiz ularning
ishini, ichki va tashqi hotiralar bilan ishlashni, qo‘shimcha qurilmalarga murojaat
qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining
bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas.
Kompyuter dasturlar ta’minotining to‘plami quyidagi guruhlarga ajraladi:
- tizimviy dasturlar – xilma-xil qo‘shimcha ishlarni bajarishga imkon
beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni
davomida nosoz qurilmalarni
diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qo‘yish,
kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish,
kompyuterni boshlang‘ich ishga tayyorlash va xakozolar;
- amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan ishlarni bajarishga
imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari,
jadval protsessorlari, rasmlar
chizishga imkon beruvchi dasturlar,
informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi
dasturlar va xokazolar.
Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud bo‘lib, ularga Fortran, Algol,
Kobol, Assembler, Paskal, Si, Beysik va boshqa ko‘pgina tillarni misol qilib
ko‘rsatish mumkin.
Foydalanuvchilar saviyasiga ko‘ra esa yuqori darajali
va quyi darajali tillarga
bo‘linadi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til
darajasi tushunchasi qo‘llaniladi.
Darajasi 0 bo‘lgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul
qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.