|
1-amaliy mashgʻulot Mavzu: Harakatni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarini tahlil qilish Topshiriq
|
bet | 1/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 245,91 Kb. | | #229100 |
Bog'liq 1-amaliy ish.
1-amaliy mashgʻulot
Mavzu: Harakatni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarini tahlil qilish
Topshiriq. Talabalar berilgan topshiriqqa asosan harakatni tashkil etish boʻyicha avvalgi va hozirgi meʼyoriy hujjatlarni oʻzaro taqqoslashadi.
Nazariy qism.
Hozirgi kunda «Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (2013yil 15 aprelda qabul qilingan), harakat xavfsizligining huquqiy mezonini taʼminlovchi asosiy meʼyoriy hujjat boʻlib xizmat qiladi. Bu qonun yoʻl harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti, sogʻligi va mol-mulkini muhofaza etishni taʼminlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, atrof-muhitni himoya etishga qaratilgan.
Ishni bajarish tartibi
Guruh talabalari 4 ta jamoaga boʻlinadi va quyidagi 1.1-jadvalda keltirilgan meʼyoriy hujjatlarni har bir jamoaga bittadan taqsimlanadi. Eski meʼyoriy hujjatlarni, yangi meʼyoriy hujjatlarga oʻzaro solishtirib, taqqoslash jadvali(1.2-jadval) toʻldiriladi yaʼni oʻzgarish boʻlgan bandlari koʻrsatiladi.
1.1-jadval
t/r
|
Eski meʼyoriy hujjat raqami va nomi
|
Yangi meʼyoriy hujjat raqami va nomi
|
1
|
Oʻz DSt 3485:2020 “Yoʻl svetoforlari. Turlari va asosiy parametrlari. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari”
|
Oʻz DSt 3485:2022 “Yoʻl svetoforlari. Turlari va asosiy parametrlari. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari”
|
2
|
Oʻz DSt 3419:2019 Yoʻl chiziqlari. Tasniflash. Texnik talablar
|
Oʻz DSt 3419:2022 Yoʻl chiziqlari. Tasniflash. Texnik talablar
|
3
|
Oʻz DSt 3283:2019 Yoʻl belgilari. Texnikaviy shartlar
|
Oʻz DSt 3283:2022 Yoʻl belgilari. Umumiy texnikaviy shartlar
|
4
|
Oʻz DSt 3196:2017 Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalaridagi avtobus bekatlari. Umumiy texnik talablar
|
Oʻz DSt 3196:2022 Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalaridagi avtobus bekatlari. Umumiy texnik talablar
|
|
| |