1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]




Download 0.59 Mb.
bet1/4
Sana29.03.2024
Hajmi0.59 Mb.
#181713
  1   2   3   4
Bog'liq
250 28.04.2021
1066-qaror, file (33), Test uchun titul (6) (3) (2), Ethernet va Fast Ethernet tarmog\'i, countrystudy, maqola kuz, 1-oraliq nazorat savollari, Математик моделлаштириш ва сонли усуллар-fayllar.org, Tasdiqlayman” Toshkent viloyati axborot texnologiyalar texnikumi-fayllar.org, 42-Mavzu Amaliy mashg‘ulot №42 mavzu Majlis bayoni va majlis ba, Operatsion tizimlar, Yo\'ldosheva Zilola (1), Gigiyena (M.Azizov, S.Solixo\'jayev, Sh.Qambarova), Кейс Айланма маблаг



[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.02 Mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi;

2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu yo‘nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar bo‘yicha mutlaqo yangi — “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarliklarida 2021-yil 26-fevralda xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat organlarining mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning hayot va turmush sharoitidagi muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish, mutasaddilarning hisobdorligi va faoliyatini baholash tartibini belgilash yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi 152-son qarori bilan “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolari bo‘yicha “Temir daftar”ga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning farovonligini oshirish uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 1 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 09/22/145/0253-son)
a) “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bo‘yicha:
bandlikni ta’minlash;
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish;
tadbirkorlikka jalb qilish;
moddiy yordam hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 09/22/145/0253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
“Temir daftar”ni yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar bilan ishlash bo‘yicha tartibni, hisobot berish va ma’lumotlarni taqdim qilish shaklini amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rsin;
jamiyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka chuqur tushuntirish choralarini ko‘rsin, shuningdek, “Temir daftar” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq:
a) Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan:
turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, ularning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlar belgilanishi;
hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati muvofiqlashtirilishi, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashish;
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi;
b) Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan:
“Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda zo‘ravonlikka uchragan ayollar muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha mas’ul idora va rahbarlarning natijaga yo‘naltirilgan faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va muvofiqlashtirilishi;
sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan joylardagi xotin-qizlar muammolarini hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amalga oshirilishi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida har oyda hisobot berishini yo‘lga qo‘yish tashkil etilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Belgilab qo‘yilsinki, “Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Temir daftar”ning yuritilishi, ularga kiritilgan shaxslarning muammolarini hal etish, tizimli ko‘maklashish va ko‘rilayotgan choralar natijadorligini baholash yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etilsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
a) har oyda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
“Temir daftar”ning yuritilishi yuzasidan hududlar bo‘yicha hisobot va tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorovga kiritadi;
hududlar faoliyatiga baho berilishi, shuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etish bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topshiriq xatlari yuborilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov tomonidan “Temir daftar”ning yuritilishi va uning natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib boriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
v) har oyda hokimlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hisobot berib boradilar va ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan mahallabay “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi;
g) har chorakda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari joriy yil 20-iyul, 20-oktabr va 2022-yil 20-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tizimli va respublika darajasidagi muammolarni hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi;
d) 2022-yilda va kelgusi yillarda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar har yarim yillikda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilib boriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartiblarning amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilgan holda, ularni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
2021-yil 1-iyunga qadar tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning elektron tizimini takomillashtirish ishlarini yakunlasin hamda Axborot texnologiyalari vazirligining xulosasiga muvofiq axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridagi mavjud bo‘lgan axborot va ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yoki o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimini takomillashtirish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondiga tushgan qo‘shimcha homiylik mablag‘lari hisobidan aniq hisob-kitoblarga asosan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi hisobvarag‘iga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 8-yanvardagi 2-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-aprel,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga
1-ILOVA
“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
VAQTINChALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 0.59 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]

Download 0.59 Mb.