Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan “Toza
havo” oyligi doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar,
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, shuningdek,
shahar va viloyatlar
hokimliklarini barcha xodimlarni chaqirdi. 10-may, har juma kuni “Avtomobilsiz
kun” oʻtkazilishi e’lon qilindi.
“Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga
ta’sirini
kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan
foydalanishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28 aprel kuni
“Avtomobilsiz kun” o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.
Shaxsiy avtomobillarda
sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish
afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilindi.
Savollar:
1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari
qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga
harakat qiling.
2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo'lsa, unda bu faktni nazariy jihatlarga
ko'ra tasniflashga harakat qiling.
3. Buni huquqning tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi?
Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr
yuriting.
4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting.
Yuqorida berilgan kazusimizga davlat va huquq nazariyasi nuqtai nazaridan
hamda amaldagi qonunchilikdagi normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanib
huquqiy yechim berishga harakat qilamiz.
Demak, birinchi savolga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, bir oy muddatga
chaqiriq e’lon qilishga tabiat resurslari vazirligining shu kabi vakolatlari qaysi
huquqiy hujjatda mavjudligini amaldagi qonunchilikdagi hujjatlardan aniqlashga
urinib ko`ramiz.
Biz
bilamizki, respublikamiz hududida har yili ikki bosqichda “Toza havo”
tadbiri oʻtkaziladi. Shuningdek ,joriy yilning 10-apreldan boshlangan mazkur tadbir
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan
hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad
avtotransport vositalaridan atrof-muhitga yetkazilayotgan zararli taʼsirlarni
kamaytirishga, shuningdek atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan
qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yoʻnaltirilgan. Buning ustiga shuni
ta'kidlash kerakki, soʻnggi yillarda ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillar
sonining koʻpayishi atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar miqdorining sezilarli
ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa o‘z
navbatida respublikamizda, ayniqsa,
Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi oshishiga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida avtotransport vositalaridan tashlanayotgan zararli gazlarning
toksiklik darajasi va tutun qalinligi bevosita maxsus asboblardan foydalanilgan
holda oʻlchash yoʻli bilan nazoratdan oʻtkaziladi.
Endilikda esa kazusning birinchi savolining asosiy mohiyatini ochib beradigan
bo`lsak, tabiat resurslari vazirligining vakolat va vazifalari quyidagilardan iboratdir;
– Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat boshqaruvi;
– Atrof muhitning maqbul ekologik holatini,
ekologik tizimlarni, tabiiy
komplekslarni va alohida ob’ektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni
yaxshilash;
– Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar,
o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va ulardan foydalanish
sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘tkazish,
atmosfera havosini muhofaza qilish;
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish,
yagona ekologik va resurslarni tejash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda
idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
– Chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish,
joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish,
mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini
yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar, zoologiya va botanika
kollektsiyalarini ko‘paytirish va parvarish qilish uchun pitomniklarni davlat
ro‘yxatiga olish;
–Va boshqalar;
1
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga
ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan
foydalanishdan iborat bo`lganligi sababli tadbirni tashkillashtirish va uning ijrosini
ta`minlash Tabiat resurslari vazirligining aynan atrof muhit bilan aloqador dolzarb
vazifasidir.