Demak, yuridik faktlar – bu huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni
vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir.
Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim
rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan konkret
huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir
.
Oqibatlarining xususiyatiga ko‘ra
huquqni vujudga keltiruvchi, huquqqa
barham beruvchi va huquqni o‘zgartiruvchi faktlar farqlanadi. Iroda belgisiga ko‘ra
yuridik faktlar ikki guruhga - hodisalar va harakatlar (harakatsizliklar)ga bo‘linadi.
Yuridik faktlar xarakteriga ko’ra oddiy va murakkab yuridik faktlarga
bo’linadi. Oddiy yuridik faktga magazindan kerakli tovarlarni
sotish natijasida
haridor va sotuvchi o’rtsida huquqiy munosabatning paydo bo’lishini yaqqol
misol qilib ko`rsatsak bo`ladi. Murakkab yuridik faktlar esa aytib turilganidek
murakkab tarzda amalga oshiriladigan va bir necha
huquqiy munosabatlarning
ma’lum bir maqsad yuzasidan amalga oshirilishi bilan yuzaga keladi.
Demak , ushbu holatda ya`ni vazirlik tomonidan chiqarilgan xabar hech qanday
yuridik munosabat yoki oqibat keltirib chiqarmaydi . chunki yuqorida aytib
o`tganimizdek , vazirlik bergan xabar
huquqni tartibga solish mexanizmida muhim
rol o‘ynamaydi.
shuningdek , ushbu vaziyat yuzasidan chiqarilgan xabar uni
bajargangan holda ham bajarmagan holda biror bir javobgarlikka sabab bo`lmaydi.
Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni
yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan xabar esa na huquqni o`zgartirish , na uni bekor qilish va
na jamiyat uchun biror bir huquq yaratish imkoniyatiga ega. Shuningdek , ushbu
vaziyat yuzasidan chiqarilgan xabar uni bajargangan holda ham bajarmagan holda
biror bir javobgarlikka sabab bo`lmaydi
2
.
Demak yuqorida berib o`tilgan sabablar Tabiat resurslari vazirligining
10
apreldan 10 maygacha davom etadigan “Toza havo”
oyligi doirasidagi yuritgan
2
Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi.Darslik.-Toshkent:TDYU,2022. 142-bet
harakatlari va vaziyat yuzasidan chiqargan xabar va qarorlari ularning hech qanday
yuridik fakt bo`la olmasligiga yaqqol misol bo`la oladi.