va faollikni taqsimlash kabi bir qancha muammolar tufayli motorli transportga
bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Yo‘lovchining jamoat transport xizmatlari
sifatining eng muhim parametrlari orasida quyidagilar mavjud:
1. Xavfsizlik. Xizmat ko‘rsatishda haydovchi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i,
atrof-muhit uchun xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlaaydi . Ushbu holat
esa jamoat transportlarida xavfsizlik darajasini oshiradi.
2. O‘z vaqtida va tezlik. Haydovchi transportni belgilangan jadvalga, transport
shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalarining vaqt va tezligi bo‘yicha
boshqa talablarga muvofiq amalga oshiradi .
3.
Qulaylik, axloq va estetika. Transport xizmati ko‘rsatishda haydovchi
transport vositasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish shartlariga,
shuningdek,
dastlabki, oraliq va yakuniy kuzatuv punktlariga qo‘yiladigan talablarga rioya
etilishini ta’minlaydi.
4. Axborot va ishonchlilik. Xizmat ko‘rsatish jarayonida tashuvchi,
yo‘lovchilarni transport vositalarini jo‘natish (kelish), bagaj,
marshrut, yong‘in
o‘chiruvchi va birinchi yordam to‘plami joylashgan joylar, avariya chiqishlar
joylashgan joylar va ularni ochish usullari, ijrochi bilan aloqa qilish usullari haqida
to‘liq va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlanadi
4
.