1
Kazus
Tabiiy resurslar vazirligi 10-apreldan 10-maygacha davom etadigan “Toza
havo” oyligi
doirasida barcha vazirliklar, idoralar,
korxona va tashkilotlar,
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi,
shuningdek, shahar va viloyatlar
hokimliklarining barcha xodimlarini chaqirdi. 10-may, har juma kuni “Avtomobilsiz
kun” o‘tkazilishi e’lon qilindi.
“Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad taraqqiyot vositalarining atrof-muhitga
ta’sirini
kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush
tarzi uchun velosipeddan
foydalanishdan iborat”,- deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28-aprel kuni
“Avtomobilsiz kun” o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi. Shaxsiy avtomobillarda
sayohat qilishni qisqartirish,
jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish
afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilindi.
SAVOLLAR:
1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi
vakolatlari qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan
aniqlashga harakat qiling.
2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo‘lsa, unda bu faktni nazariy
jihatlarga ko‘ra tasniflashga harakat qiling.
3. Buni huquqni tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi?
Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr
yuriting.
4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab
o‘ting.