6
Huquqiy tartibga solish jarayonini
4 ta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1. Ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaning yaratilish
bosqichi;
2. Huquqiy normaning amal qilish bosqichi;
3. Yuridik normada nazarda tutilgan holatla, huquq va majbuuriyatlar vujudga
kelganda subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarning amalga oshirilish bosqichi.
ko‘rsatilgan uch bosqichdan tashqari yana bog‘lovchi qo‘shimcha bosqich,
ya’ni huquqni qo‘llash haqida gapirish lozim.
Huquqiy tartibga solish funksiyasining uch bosqichiga uchta muhim element
muvofiq keladi:
a) huquq normalari;
b)
huquqiy munosabatlar;
c) subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshirish majburiyalari.
Yuqorida qayd etilgan qo‘shimcha bosqichga muvofiq tarzda huquqiy tartibga
solish mexanizmida qo‘shicha element – huquqni qo‘llash hujjatlari maydonga
chiqadi.
Huquqiy tartibga solish funksiyasi kishilarning xulq-atvori va ijtimoiy
munosabatlarga huquqiy vositalar yordamida maqsadli ta’sir etish hamdir. Huquqiy
tartibga solishning
muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat
ishtirokchilarining yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro‘yobga
chiqarilishini va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Ushbu mulohazalardan kelib chiqsak,
fikrimizcha, Tabiiy resurslar
vazirligining xabarini huquqni tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkin
emas, chunki huquqni tartibga solish funksiyasi yuridik normalar bilan belgilanadi
va mustahkamlanadi. Vazirlikning xabari hech
qaysi huquq normasida aks
7
ettirilmaganini inobatga olsak, uni huquqning tartibga solish funksiyasi deyish
haqiqatga mos emas.