5
masjidda ham nikoh o‘qish fakti (urf-odati) ham mavjud. Biroq bu qonunda nazarda
tutilmagani uchun yuridik fakt bo‘la olmaydi.
Yuridik
faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi.
Yuridik faktlar ular keltirib chiqaruvchi oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi,
huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi.
Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida
ham huquqni yaratuvchi, ham
huquqni o‘zgartiruvchi ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Masalan,
insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib chiqishiga sabab
bo‘la oladi, huquqiy munosabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi.
(ya’ni, o‘lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat,
nafaqa) huquqiy munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi.
Mazkur fikr mulohazalardan shu narsa anglashiladiki, Tabiiiy resurslarining
ushbu xabari hech qanday yuridik
faktni yuzaga keltirmaydi, chunki yuridik fakt
bo‘lishi huquq normalarida aks ettiriladi hamda mustahkamlanadi.
Vazirlikning
xabari esa biror qonunchilik hujjatida aks ettirilmaganini inobatga olsak, u yuridik
fakt hisoblanmaydi.