3
- yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek
tabiiy ofatlarning oldini
olish va ularning oqibatlarini tugatish choralarini ko‘radi”
1
.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida” gi Farmonida Tabiiy resurslar vazirligining vakolatlari belgilangan
bo‘lib, bular:
- ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
- atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy
komplekslar va alohida ob’ektlar
muhofaza qilinishini, ekologik
sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash;
- chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka
rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish,
tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan
tizimni tashkil etish;
- yer, yerosti boyliklari, suv, o‘rmonlar,
muhofaza qilinadigan tabiiy
hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka
rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish,
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni
amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat kadastrini
yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni
1
O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” gi Qonuni. – 14-modda.
4
ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid
kollektsiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish;
-
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil etish
2
.
Ushbu qonunchilik hujjatlarida keltirilgan normalardan shu narsa
anglashiladiki, Vazirlar Mahkamasining, jumladan, uning tarkibiga kiruvchi Tabiiy
resurslar vazirligining “Toza havo” oyligi
doirasida barcha vazirliklar, idoralar,
korxona va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
shuningdek, shaharlar va viloyatlar hokimliklarini barcha xodimlarini chaqirish
vakolatiga.