4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab
o‘ting.
Jamiyatda jamoat transportidan foydalanish bir qator huquqiy
afzalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, aholining shunday toifasi borki,
ularga jamoat transportidan foydalanishda bir qancha
huquqiy afzalliklarga
ega. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul
yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish
yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma‘muriy reglamentini
tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qarorida qariyalar va nogironlar kabi aholining
himoyaga muhtoj qismi uchun jamoat transportlaridan tekin foydalanish
huquqi kafolatlangan.
Bundan tashqari, talabalar uchun ham huquqiy
afzalliklar mavjud. Masalan, respublika miqyosidagi bayram ta’tillarida OTM
talabalari viloyatlararo poyezd va avtobuslardan 50 foiz chegirmadagi
chiptalarni xarid qilishlari mumkin.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Vazirlar Mahkamasi
tarkibiga kiruvchi
Tabiiy resurslar vazirligi o‘z vakolatlaridan kelib chiqqan holda barcha
vazirlik, korxona va tashkilot, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirklar
Kengashi hamda viloyat va shaharlar hokimlilari xodimlarini “Toza havo”
oyligi doirasida chaqirishga vakolatlidir. Biroq, ushbu kazus bo‘yicha olib
qaraydigan bo‘lsak, vazirlikning xabari huquqiy normada aks etmagani bois
yuridik fakt hisoblanmaydi. Shuningdek, ushbu xabarni huquqni tartibga
solish funksiyasi deb bo‘lmaydi, chunki huquqni tartibga solish funksiyasini
amalga oshirish uchun vazirlik xabari huquqiy
norma mustahkamlanishi
kerak. Bundan tashqari, jamoat transportidan foydalanishning huquqiy
afzalliklari
masalasiga kelsak, jamiyatda aholining ba’zi toifalari jamoat
9
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. 2009;
2. Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. 2018.
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” gi Qonuni.
Foydalanilgan
internet manbalari
:
1.
www.lex.uz
2.
www.norma.uz