Moliya bozorida nobank kredit institutlari




Download 48,29 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2024
Hajmi48,29 Kb.
#236829
  1   2
Bog'liq
MOLIYA BOZORIDA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI


MOLIYA BOZORIDA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI
Reja:

  1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki

  2. Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlari chiqarish.

  3. Aksiyadorik tijorat banklari aksiyalar emitenti sifatida

Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Zamonaviy moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit bozori, qimmatli qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz ichiga oladi hamda ularning har birida banklar ishtiroki kuzatiladi. Umumiy holda banklar moliya bozorida emitent, investor, investitsion vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda banklar depozitariy vazifasini ham bajaradi. Banklarning emitent sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar oʻrtasida joylashtirishi bilan izohlanadi. Shuningdek, “Markaziy bank davlatning qimmatli qogʻozlari, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin”.


Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish” kabilarni amalga oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin: - qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash;
- qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish;
- ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi asosida qimmatli qogʻozlarni boshqarish;
- qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz topshirigʻi asosida uning hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker vazifasini bajarish;
- qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi);
- investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar chiqarilishini tashkil etish;
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga kafolat berish. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirishdan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga koʻra sarflanadi.
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki tijorat banklari kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida chiqarilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda depozit sertifikati – bankka qoʻyilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻozdir. Veksellarni chiqarish esa qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda veksel beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi. Mamlakatimizda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega.
Ayni paytda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy baki tomonida “Kvars” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari joylashtirilayotganligi bunga yaqqol misol boʻladi. Shu oʻrinda “qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinganligini” taʼkidlash lozim.
Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega. Bunda banklar va investitsiya vositachilari emitentlar tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bunda emitent, shuningdek u bilan shartnomaga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlar joylashtirilishini amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur qimmatli qogʻozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar esa Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi. Moliya bozorida tijorat banklari kredit operatsiyalari orqali faol ishtirok etishi barchaga maʼlum holat. Shuningdek valyuta bozorida ham banklarning faolligi bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda «Yuridik va jismoniy shaxslarni umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini 2020-yilda 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish» borasida vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda nobank kredit tashkilotlari sirasiga kiruvchi mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan qarashlarni o’rganishga zaruriyat yaratmoqda. Shuningdek, nobank kredit tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorliklarini belgilovchi ko’rsatkichlar tizimini aniqlashga, ular orqali nobank kredit tashkilotlarining aholi farovonligini oshirishdagi o’rnini o’rganishga hamda mikromoliya tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga taʼsir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni jadallashtirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Nobank kredit tashkilotlari tijorat banklaridan farqli ravishda bank litsenziyasiga ega emaslar, lekin ular kredit va moliyaviy xizmatlarni ham ko‘rsatadilar. Nobank kredit tashkilotlarining banklardan asosiy farqi shundaki, birinchisida bank litsenziyalari yo'q. Bu shuni anglatadiki, ular mijozlardan depozitlarni qabul qila olmaydi. Nobank kredit tashkilotlari ko'pincha o'z faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslarga kreditlar berishga qaratilgan. Ular iste'mol, ipoteka, kichik va o'rta biznes va boshqalar kabi muayyan turdagi kreditlarga ixtisoslashgan bo'lishi mumkin. Nobank kredit tashkilotlari, odatda, asosan kredit berishga qaratilgan cheklangan miqdordagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etadilar. Ular omonat hisobvaraqlari, hisobvaraqlarni tekshirish va hokazo kabi to'liq bank xizmatlarini taqdim etmaydi. ankdan tashqari kredit tashkilotlari ko'pincha mijozlarning kredit kuchi va zaif kredit sharoitida mijozlarga kredit berish bo'yicha ko'proq moslashuvchan bo'lishi mumkin.
Kredit berishning yuqori xavfi tufayli, bankdan tashqari kreditorlar tijorat banklariga qaraganda yuqori foiz stavkalari bilan ishlaydilar. Ular, shuningdek, kredit ballari past yoki garovi bo'lmagan qarz oluvchilarga yaxshi shartlarni taklif qilishlari mumkin. Bankdan tashqari kreditorlar ko'pincha tijorat banklariga qaraganda kamroq qat'iy tartibga solish va nazoratga ega. Biroq, ular kredit faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar va qonunlarga ham rioya qilishni kutishadi. Bank litsenziyasi bilan bog'liq cheklovlarning kamayishi tufayli bankdan tashqari kredit bozori yanada raqobatbardosh shaklda bo’ladi. Material va metod. Nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy xizmatlari sifatini oshirish va uning faоliyati bо‘yicha kо‘рlab ilmiy ishlar qilingan, kitоblar yоzilgan va ta’riflar berilgan. Xususan, sо‘nggi yillarda nobank kredit tashkilotlarining nazariy va amaliy masalalari xоrijlik iqtisоdchi оlimlar tоmоnidan keng о‘rganilayоtgan dоlzarb mavzulardan biri bо‘lib kelmоqda. Bu borada amerikalik iqtisodchi olim Douglas W. Diamond moliya va bank ishi sohasidagi muhim tadqiqotlar muallifi bo‘lib, uning ishi nobank kredit institutlari va ularning moliya tizimidagi roli haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar beradi. Jumladan, bankdan tashqari kredit tashkilotlari qanday faoliyat ko'rsatayotgani, ular qanday xizmatlar ko'rsatayotgani va qanday xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligini hamda nobank kredit tashkilotlari faoliyati bilan bog'liq tizimli risklarni o’rganib chiqqan.
Taniqli frantsuz iqtisodchisi JanCharlz Rochening tadqiqotlari nobank kredit tashkilotlarini tartibga solishning roli va samaradorligini tahlil qilish hamda moliyaviy nazorat masalalari va muvofiqlik choralarini ko'rib chiqqan . Amerikalik iqtisodchi Duglas Arnold nobank kredit tashkilotlarining moliya tizimidagi o'rni va ularning iqtisodiyotga ta'sirini o'rgangan. Duglas Arnold bank bo'lmagan kreditorlar kichik biznes va kam ta'minlangan uy xo'jaliklari uchun kredit olish imkoniyatini qanday oshirishini tushunish uchun keng qamrovli tadqiqotlar o'tkazgan. U ushbu tashkilotlar aholining an'anaviy banklardan foydalanish imkoniyati bo'lmagan qatlamlariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatishda muhim rol o'ynashini aniqlagan. Shuningdek, nobank kredit institutlarining iqtisodiy o'sishga ta'sirini o'rganib, shunday xulosaga keldiki, bunday tashkilotlarning rivojlanishi korxonalarning kredit olish imkoniyatini oshirishga, kichik biznesning jadal rivojlanishiga yordam beradi. Duglas Arnold nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratishga faol yordam berdi. Ularning faoliyatini davlat qo‘llab-quvvatlashi, bu sohaning yuksalishi uchun sharoit yaratishi kerak, deb hisobladi. Shuningdek, u yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik va firibgarlikning oldini olish uchun nobank kredit tashkilotlarini tartibga solish va nazorat qilish muhimligini ta’kidladi.
Umuman olganda, Duglas Arnoldning tadqiqotlari nobank kredit institutlarining moliya tizimidagi o‘rni haqida tushunchani kengaytirishga va ularning rivojlanishining iqtisodiy o‘sishdagi ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishga yordam bergan. Richard Scott Beyker - Stenford universitetining iqtisod professori, u bankdan nobank kredit tashkilotlarining xatti-harakatlari, ularning raqobatbardoshligi va kredit bozoridagi roli bo'yicha tadqiqot olib borgan. Richard Skott Beyker bankdan tashqari kredit tashkilotlari faoliyatiga turlicha yondashadi. U ushbu tashkilotlar an'anaviy banklar tomonidan qaytarilishi mumkin bo'lganlarga kredit olish imkoniyatini berish orqali zamonaviy iqtisodiyotda muhim rol o'ynashini tan oladi. Beyker iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish va moliya tizimining barqarorligini ta'minlash uchun bank bo'lmagan kreditorlarni yanada ko'proq tartibga solishga chaqiradi. Bundan tashqari, an'anaviy banklar tomonidan ushbu xizmatlardan bosh tortganlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishning muqobil variantlarini ishlab chiqish zarurligini ta'kidlaydi. Beyker, shuningdek, bankdan tashqari kredit tashkilotlari bilan bog'liq bo'lgan yuqori foizli qarz olish muammosiga ham e'tibor qaratadi. U iste'molchilarni ushbu muassasalar tomonidan suiiste'mol qilishdan himoya qilish uchun foiz stavkalari va kredit shartlari bo'yicha qat'iy qoidalarni taklif qiladi .
Marlo Butcher - London Iqtisodiyot maktabining moliyaviy iqtisod professori bo‘lib, u bankdan tashqari kredit tashkilotlarini modellashtirish va ularning moliya tizimidagi rolini o‘rgangan.
Butcher nobank kredit tashkilotlari faoliyati bilan bog'liq ma'lum risklar mavjudligini ham tan oladi. Xususan, u ba'zilar yuqori foiz stavkalari va yashirin to'lovlarni taklif qilishi mumkinligini ta'kidlaydi, bu esa qarz oluvchilar uchun moliyaviy muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun u iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish uchun bunday tashkilotlarni to'g'ri tartibga solish va nazorat qilishni talab qiladi. Tadqiqot metadologiyasi ushbu maqolani tayyorlashda meʼyoriy-huquqiy xujjatlar, foydalanilgan adabiyotlar va internet maʼlumotlari rasmiyligi, undagi iqtisodchi olimlarning mavzuga oid ilmiynazariy qarashlarining qiyosiy va tanqidiy tahlil qilingan. Mavzuni oʼrganish davomida umumiqtisodiy usullar bilan bir qatorda tizimli tahlil, umumlashtirish, abstraktmantiqiy fikrlash, statistik usullaridan foydalanilgan. Natijalar. Nobank kredit tashkilotlari tashkiliy-huquqiy shakli va ixtisoslashuviga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin.
Quyida nobank kredit tashkilotlari turlariga alohida to’xtalib o’tamiz. Kredit uyushmalari: Bular o'z a'zolariga kreditlar va depozitlar kabi moliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun tuzilgan kooperativ tashkilotlardir. Kredit uyushmasining a'zolari uning egalari bo'lib, tashkilotni boshqarishda ishtirok etadilar. Mikromoliya tashkilotlari: Bular kichik tadbirkorlar va kam ta’minlangan guruhlarga kichik qarz kapitali va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi tashkilotlardir. Ular odatda mintaqaviy yoki mahalliy darajada ishlaydi. Investitsiya kompaniyalari: Bular mijozlarning pul mablag'larini qimmatli qog'ozlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositalarga investitsiya qiluvchi tashkilotlardir. Shuningdek, ular boylikni boshqarish, moliyaviy maslahat va boshqa investitsiya xizmatlarini taklif qilishlari mumkin.
Lombardlar: Bu zargarlik buyumlari, elektronika yoki avtomashinalar kabi qimmatbaho buyumlarga qarz beruvchi tashkilotlardir. Qarz oluvchi o'z mulkini garov sifatida qoldirib, kredit summasini oladi. Kredit byurolari: Bular jismoniy shaxslar va korxonalarning kredit tarixi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdigan va saqlaydigan tashkilotlardir. Ular ushbu ma'lumotni kreditorlarga kredit qarorlarini qabul qilishlari uchun taqdim etadilar. Faktoring kompaniyalari: Bu korxonalardan debitorlik qarzlarini chegirmali narxda sotib olib, keyin ularni undiruvchi tashkilotlardir. Ushbu xizmat kompaniyalarga o'z tovarlari yoki xizmatlari uchun mijozlardan to'lovni kutmasdan darhol pul olishga yordam beradi.
Kredit iste'mol kooperativlari: bu o'z a'zolariga tovar va xizmatlar sotib olish uchun kredit beradigan kooperativ tashkilotlardir. Ular o'zaro yordam va hamkorlik tamoyili asosida ishlaydi. Bu turli mamlakatlarda mavjud bo'lgan nobank kredit tashkilotlariining ayrim turlari. Ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga, huquqiy maqomga va tartibga solishga ega. Nobank kredit tashkilotlari kapitalining yetarliligini baholash, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kapital yetarliligining haqiqiy darajasini tahlil qilishga asoslanadi. Nobank kredit tashkilotlari turli mikromoliyaviy xizmatlarni taqdim etadilar, jumladan:
• mikrokreditlar: bular kichik yoki mikrobiznesning faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladigan kichik miqdordagi pul mablag‘laridir;
• mikro depozitlar: bu mijozlar o‘z jamg‘armalarini saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadida bankdan tashqari kredit muassasasida ochishlari mumkin bo‘lgan omonatdir;
• mikrosug‘urta: bu bankdan tashqari kredit tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta turi bo‘lib, mijozlarga o‘z mol-mulki, salomatligi yoki hayotini xavf-xatarlardan himoya qilish imkonini beradi;
• pul o'tkazmalari: ba'zi nobank kredit tashkilotlari bank hisob raqamini ochmasdan, mamlakat ichida yoki xalqaro miqyosda pul o'tkazish xizmatlarini ko'rsatadi;
• moliyaviy maslahat: bu xizmat mijozlarga moliyaviy rejalashtirish, qarzlarni boshqarish, investitsiyalar va shaxsiy yoki biznes moliyasining boshqa jihatlari bo'yicha maslahat va ko'rsatmalar berishni o'z ichiga oladi;
• boshqa xizmatlar: ayrim nobank kredit tashkilotlari tadbirkorlarni o‘qitish, treninglar va seminarlar tashkil etish, biznes rejalar va strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ham xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Yuqorida keltirilgan jadvalga qo’shimcha ravishda nobank kredit tashkilotlari afzalliklariga quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
• ko'proq moslashuvchan kreditlash shartlari: nobank kredit tashkilotlari ko'pincha past foiz stavkalari, garov yoki kafolatsiz kredit olish imkoniyati va noqulay kredit tarixiga ega bo'lgan qarz oluvchilar bilan ishlashga ko'proq tayyorlik kabi moslashuvchan kreditlash shartlarini taklif qiladilar;
• murojaatlarni tez ko‘rib chiqish: murojaatlarni ko‘rib chiqish va kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilish uzoq vaqt talab qiladigan banklardan farqli o‘laroq, nobank kredit tashkilotlari tez qaror qabul qilib, bir necha soat yoki kun ichida pul mablag‘larini berishlari mumkin;
• qulaylik: bankdan tashqari kreditorlar, ayniqsa, bankka kirish imkoniga ega bo'lmagan yoki muayyan moliyalashtirish ehtiyojlariga ega bo'lgan mijozlar uchun qulayroq va qulayroq bo'lishi mumkin. Nobank kredit tashkilotlarining kamchiliklari: • yuqori foiz stavkalari: Bankdan tashqari kreditorlar ko'pincha banklarga qaraganda yuqori foiz stavkalarini taklif qilishadi, ayniqsa kredit ballari past yoki noan'anaviy daromad manbalari bo'lgan qarz oluvchilar uchun;
• firibgarlik va adolatsiz amaliyotlar xavfi: Banklardan farqli o'laroq, bankdan tashqari kreditorlar firibgarlik va yashirin to'lovlar, oshirilgan foiz stavkalari yoki kredit shartlarini noto'g'ri ko'rsatish kabi adolatsiz amaliyotlar xavfiga ko'proq moyil bo'lishi mumkin;
• kreditlar hajmi va turlari bo'yicha cheklovlar: Ba'zi nobank kredit tashkilotlari o'zlari beradigan kreditlarning hajmi va turlari bo'yicha cheklovlarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, ular faqat ma'lum hajmdagi iste'mol yoki korporativ kreditlarni berishga ixtisoslashgan bo'lishi mumkin.

Download 48,29 Kb.
  1   2




Download 48,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliya bozorida nobank kredit institutlari

Download 48,29 Kb.