JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–22_Issue-3_February_2023
19
ENERGETIKA SANOATI VA ATROF MUHIT.MUQOBIL
ENERGIYA MANBALARI
Mirzaliyev Yoqubbek Ikromjon o'g'li
Toshqo’ziyev Anvarjon Jo’rabek o’g’li
Mo’minov Oqilbek Azizbek o’g’li
Talaba,Farg'ona politexnika instituti,Farg'ona shahri
mirzaliyevyoqubbek911@gmail.com
Bizga maʼlum shu yaqin yillarda energetika sohasi jadal surʼatlarda rivojlanib
bormoqda bu esa oʻz navbatida tabiiy resurslardan koʻp miqdorda foydalanishga olib
keladi va shu bilan birga energetika sohasi asosan issiqlik elektr stansiyalari dan
iboratligi atrof tabiatga salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Shuning uchun biz bor
imkoniyatlarimizdan foydalanib muqobil qayta tiklanuvchan energiya manbalardan
foydalanishimiz zarur. Respublikamizda issiqlik elektr stansiyalarning (80-84) foizini
tashkil etadi .Nafaqat respublikamizda va yana barcha
davlatlarda bu ekologik
muammolarni keltirib chiqarmoqda energetika sohasida olib borilayotgan chora-
tadbirlarga qaramay atmosfera havosi kundan-kunga keraksiz chiqindilar bilan toʻlib
bormoqda.Aniq raqamlar shuni ko'rsatadiki hozirgi kunda atmosferaning sunʼiy
ifloslanishiga 40% transport vositalari 26% qishloq xojaligi , 20%
energetika
tarmoqlari,14% ishlab chiqarish tashkil etmoqda.O'zbekiston Respublikasi ekologiyani
muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari”
aksiyadorlik jamiyatining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish korxonalari
atrof-muhitning ifloslantirilganligi uchun har choraklik kompensatsion to‘lovlarni
amalga oshirishadi.
Atrof-muhitni
muhofaza qilish, barchamizga ma'lumki, eng muhim global
muammolardan biri. Biz muammoning faqat elektr stansiyasi bilan chambarchas
bog'liq bo'lgan qismiga to'xtalib o'tamiz. Har xil turdagi elektr stansiyalarining (issiqlik
elektr
stansiyalari, gidroelektrostantsiyalar, atom elektr stansiyalari) atrof-muhitga
ta'siri har xil, shuning uchun biz ushbu uchala holatning
har birini alohida-alohida
ko'rib chiqamiz.Energetika korxonalarining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri yoqilg'ini
kavlab olish va foydalanish, energiyani aylantirish va uzatishning barcha bosqichlarida
namoyon bo'ladi. Issiqlik elektr stantsiyasi havoni tinimsiz ravishda iste'mol qiladi.
Olingan yonuvchan mahsulotlar issiqlikning asosiy qismini elektr
Stantsiyasining ishchi qismiga o'tkazadi, issiqlikning bir ulushi atrof-muhitga
tarqaladi va bir ulushi yonish mahsulotlari bilan tuynuk orqali atmosferaga chiqariladi.
Atmosferaga chiqadigan yonish mahsulotlari tarkibida azot oksidlari, uglerod,
oltingugurt,
uglevodorodlar, suv bug'lari va qattiq, suyuq va gazsimon holatdagi
boshqa moddalar bor Energetika sohasida tinimsiz
izlanishlar olib borilmoqda
yangidan-yangi energiya samarador mashinalar ishlab chiqarilayapti. Respublikamizda
ham issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya ishlari olib borilmoqda buning ozi
bilan muammo hal boʻlmaydi lekin mamlakatimizda har yerda muqobil energiya olish
muammolari imkoniyatlari keng emasligi tufayli issiqlik elektr stansiyalari dan ham
birdaniga voz kechish imkoniyati yo’q respublikamizda daryo va o’zanlarning notekis