|
8-Mavzu: Asosiy fondlarning tarkibi va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari. 1-topshiriq
|
bet | 1/5 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 140 Kb. | | #259078 |
Bog'liq 8-mavzu Asosiy fondlarning tarkibi va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari.
8-Mavzu: Asosiy fondlarning tarkibi va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari.
1-topshiriq
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishini “klaster”(shajarada) ifodalang?
Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan asosiy fondlarni “klaster” (shajarada) ifodalang? (bino va arxitektura-qurilish ob’ektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi).
Asosiy fondlar tuzilmasini “klaster” (shajarada) ifodalang? (tasviriy tuzilma, texnologik tuzilma, tarmoq tuzilmasi, hududiy tuzilma, takror ishlab chiqarish tuzilmasi).
2-topshiriqga oid ko’rsatma
Ehtiyot chorali rejali ta’mir sistemasi jihozlarning ish xalatini ta’minlash maqsadida avvaldan belgilangan reja asosida o’tkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar kompleksidir. Ta’mirlar joriy, o’rtacha, kapital ta’mirlarga bo’linadi.
Ta’mirlash muddati quyidagi formula asosida aniqlanadi.
A
Dt = ----------
Sm *N
Buy yerda, Dt – uskunani ta’mirlash davomiyligi
A – ta’mirlash uchun ketgan vakt
N – brigadadagi ta’mirlovchilar soni
Sm - Smena davomiyligi
Kapital ta’mirlanadigan mashinalar soni quyidagi formula asosida aniqlanadi.
Pk = M * 12 / ik
Bu yerda,
M – stanoklar soni
ik - kapital ta’mir davriyligi
Energetika xo’jaliklari korxonalarni energiyaning barcha turlari – elektr, issiklik, Bug, siqilgan havo va hokazolar bilan ta’minlaydi, energetika jihozlarini remont qilishni tashkil qiladi.
Xarakatga keltiruvchi energiyaga bo’lgan extiyoj quyidagi formula aniqlanadi.
ex = Dish * Sm *Ss * Ky * Dk
Bu yerda,
Dish - rejalashtiriladigan yildagi ish kunlari soni
Sm – Smena davomiyligi
Ss – Smenalar soni
Ky – elektr energiyasidan foydalanishda yuqotish koeffisienti
|
| |