• 2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi. 3. Ishlab chiqarish turini aniqlash. Tayanch so’zlar
  • 1. Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari
  • 2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja: Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari




    Download 15.01 Kb.
    bet1/3
    Sana13.11.2023
    Hajmi15.01 Kb.
    #98060
      1   2   3
    Bog'liq
    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja-hozir.org
    referat kripto

    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja




    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari 

    Reja: 

    1. Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari. 
    2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi.
    3. Ishlab chiqarish turini aniqlash. 
    Tayanch so’zlar:
    ishchi joy, yakka ishlab chiqarish, seriyali ishlab
    chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish, potok. Material, detal, asbob, sozlovchi,
    usullar, xujjatlar, chizma, maxsus, moslama, zagotovka, transport, nazorat, amal.
    1. Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari 

    Mahsulot ishlab chiqarishda aksariyat mashinasozlik texnologiyasi


    usullaridan foydalanuvchi ishlab chiqarishga mashinasozlik deb ataladi.
    Mashinasozlik strukturaviy asosini ishlab chiqarish uchastkalari yig’indisidan
    iborat bo’lgan sexlar tashkil qiladi. Ishlab chiqarish uchastkalari еsa: predmetli,
    texnologiyali yoki predmetli texnologiyali tamoyillar asosida uyushtirilgan ishchi
    joylar guruhlarini birlashtiradi.
    Yakka ishlab chiqarish, qoida bo’yicha qayta tayyorlash ko’zda tutilmagan
    kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish
    shakli potoksiz bo’lib, zagotovkalarga ishlov berish nomlari (tipi) bir xilda
    bo’lgan universal dastgohlardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu
    uchastkalarga: tokarlik dastgohlar uchastkasi; frezerlik dastgohlari uchastkasi va
    boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning
    soni bitta-beshtadan ko’p bo’lmaganligi sababli, detal homaki zagotovkalari chiviq
    po’lat prokatlardan, bolg’alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz erga quyilgan
    chushkalardan olinadi. Bunday zagotovkalarga ishlov berib detal shakliga
    keltirguncha juda ko’p miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish
    koeffisienti yuqori bo’ladi.
    Qo’llaniluvchi moslamalar, o’lchagich asboblar ko’pincha universal bo’ladi
    va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilarning malakasi esa yuqori bo’ladi.
    Tayyorlangan mahsulot, qism va detallarning tannarhi juda ham qimmat bo’ladi.
    Seriyalab ishlab chiqarish deb, mahsulotlarni, detallarni periodik ravishda
    qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlashga yoki ta’mirlashga tushuniladi.
    Seriyalab ishlab chiqarish, mahsulotlarni yoki detallarni ishlab chiqarish hajmiga,
    murakkabligiga va og’irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o’rta
    seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga farqlanadi.



    TJ larni loyihalash bosqichida ishlab chiqarish turini faqat tahminiy aniqlash


    mumkin. Detallarni tayyorlash mehanika sehlarini va uchastkalarini loyihalashda
    2.1 jadvalda berilganlardan foydalanish mumkin. Detalni chizmasida bir yil ichida
    tayyorlanuvchi detallar soni ma’lum bo’lsa, mahsulotning o’lchami baholanadi va
    jadvaldagi sonlar bilan tahmiy solishtirib, berilgan mahsulotni ishlab chiqarish turi
    tanlab olinadi.
    Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og’ir mashinasozlik ishlab
    chiqarishga taalluqli bo’lib, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo’ladi, ishlab
    chiqariluvchi mahsulotlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin,
    soni esa juda ham kam miqdorda bo’ladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda
    dasturli dastgohlar ham qo’llaniladi. Ishchilar malakasi yakkalabdagiday juda
    yuqori bo’ladi.



    Download 15.01 Kb.
      1   2   3




    Download 15.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja: Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari

    Download 15.01 Kb.