• 2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi. Ishlab chiqarish turini aniqlash
  • 2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja: Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari




    Download 15.01 Kb.
    bet2/3
    Sana13.11.2023
    Hajmi15.01 Kb.
    #98060
    1   2   3
    Bog'liq
    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja-hozir.org
    referat kripto
    2.1. Jadval 
    Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda 
    tayyorlanuvchi bir hil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni 
    Ishlab chiqarish 
    turi 
    Og’ir mashina 
    sozlikning yirik 
    mahsulotiari 
    O’rtacha 
    o’lchamdagi 
    mahsulotlar 
    Mayda 
    mahsulotlar 
    Yakka
    Mayda seriyali
    O’rta seriyali
    Yirik seriyali
    Ommaviy (yalpi)
    < 5
    - 100
    - 300
    -1000
    1000
    < 10
    10 - 200
    200 - 500
    500- 5000
    5000
    < 100
    100- 500
    500 - 5000
    5000 - 50000
    50000


    2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi. Ishlab chiqarish turini 
    aniqlash 

    Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu, har bitta ishchi


    joyga zagotovkalar partiyalab keltirilishi va shu partiya zagotovkalarga sozlangan
    dastgohlarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli patokli ham
    patoksiz bo’lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko’pincha yakka
    ishlab chiqarishdagi kabi patoksiz ish tashkil qilish usuli qo’llaniladi.
    Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli
    ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan dastgohlar sehlarda
    zagotovkalarga ishlov berish texnologik marshruti bo’yicha joylashtiriladi.


    Universal dastgohlar bilan bir qatorda, maxsus-agregat dastgohlari, sonli-dasturli


    boshqariluvchi dastgohlar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi
    markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, moslashuvchan avtomatik
    ishlab chiqarish va boshqalar qo’llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda
    maxsus yig’ib-buzuluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig’iluvchan
    moslamalar qo’llaniladi.
    Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Zagotovkalar ko’pincha
    mahsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus
    qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda
    tayyorlangan bo’lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga
    qaraganda pastroq bo’ladi. Кo’pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va
    dastgohlarni asosiy ishchilarga sozlab beradi.
    Yirik seriyalab ishlab chiqarish mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha
    ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo’lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar
    texnologik marshrut-rejasi bo’yicha joylashtiriladi. Bu erda ham ishchilar malakasi
    past bo’lib, ko’pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita
    detallarni tayyorlash amalsini bajarish biriktirilgan bo’ladi. Amallar bog’lanish
    koeffisienti 2 - 10 oralig’ida bo’ladi.
    Mahsulotlarni katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda
    uzluksiz tayyorlanishini yoki taьmirlanishini ta’minlovchi ishlab chiqarishga
    ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning
    asosiy tavsiflaridan biri, bu bitta ishchiga bitta amalni bajarishni uzoq muddatga
    bog’lab qo’yilganligidadir.
    Ommaviy ishlab chiqarishda amallar bog’lanish koeffisienti К
    bk
    = 1 ga yaqin
    bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish undan tashqari quyidagi o’ziga xos
    xususiyatlarga ega: asbob-uskunalarning joylashishi, amallar bajarilishining ketma-
    ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikga ega bo’lgan asbob-uskunalar,
    maxsus dastgohlar, keskich asboblar va moslamalar qo’llaniladi; zagotovkalarni
    potokli liniyalar bo’ylab o’tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan
    keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish
    va boshqalar. Detallarning talab etilgan o’lcham aniqligi avtomatik ravishda
    sozlangan dastgohlarda olinadi.
    Ommaviy ishlab chiqarishda zagotovkalarni shakllari ishchi chizmada
    berilgan detal shakli va o’lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka
    ega bo’lgan zagotovkalar olish usullaridan foydalaniladi.
    Zagotovkalar ishlanuvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov
    berish uchun qo’shimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari esa ko’pincha
    zagotovka olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilarning malakasi
    seriyali ishlab chiqarishga qaraganda ham past bo’ladi, chunki u, oylab-yillab



    takrorlanuvchi bitta amalni bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko’pincha


    yuqori malakali sozlovchi-ishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar.
    Ommaviq ishlab chiqarishlarda tehnologik xujjatlar mukammal ishlab
    chiqiladi, tehnik meyorlar esa batafsil hisoblanib aloxida sinab ko’rilgandan
    keyingina amaliyotga tatbiq qilinadi.


    Download 15.01 Kb.
    1   2   3




    Download 15.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja: Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari

    Download 15.01 Kb.