• Nazorat uchun savollar
  •  Ishlab chiqarish turini aniqlash




    Download 15.01 Kb.
    bet3/3
    Sana13.11.2023
    Hajmi15.01 Kb.
    #98060
    1   2   3
    Bog'liq
    2-ma‘ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja-hozir.org
    referat kripto
    3. Ishlab chiqarish turini aniqlash
    Turli texnologik amallar soni O-ni, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida
    bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni I-ga nisbati amallar bog’lanish
    koеffisienti К
    bk
    deb ataladi.
    К
    bk
    = O / I
    j
    Amallar bog’lanish koеffisienti ishlab chiqarish tipining asosiy tavsiflaridan
    biridir (GOST 3.1121-84). Yuqoridagi GOST ga binoan: К
    bk
    = 1- ommaviy
    (ko’plab) ishlab chiqarish uchun; 2 = К
    bk
    < 10 - yirik seriyalab ishlab chiqarish
    uchun; 10 <К
    bk
    <20 -o’rta seriyalab ishlab chiqarish uchun; 20 < К
    bk
    < 40 - mayda
    seriyalab ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun
    belgilanmagan.
    Yuqoridan aniq bo’ldiki, ishlab chiqarish turiga beshta tipdagi ishlab
    chiqarishlar kirar еkan: yakka, mayda seriyali, seriyali, yirik seriyali va ommaviy
    (yalpi).
    Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli
    (patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab
    chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va
    mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish
    usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u,
    quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar;
    to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab
    chiqarishlarga bo’linadi.
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli
    ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik
    liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi.
    To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-
    uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-
    ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, zagotovkalarni bitta ishchi joydan
    boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va
    yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va
    qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa


    ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda


    zagotovkalar zahirasi tashkil etiladi.
    Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik
    konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu
    liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi.
    Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida zagotovkalar yoki
    qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab
    chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
    t
    ich
    = 60·F
    x
    ·m / N, min.
    Bu erda: F
    x
    - rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy
    vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish
    dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).
    Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
    x
    , nominal
    F
    n
    dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan
    kichikdir, va h.k.
    F
    x
    = F
    n
    · n , soat,
    bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti.
    Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir
    smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch
    smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt
    yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi.
    Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka
    ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi
    bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va
    seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi.

    Nazorat uchun savollar 

    1. Mashinasozlik zavodining strukturaviy asosiga nimalar kiradi?


    2. Ishchi joy tushunchasini izohlab bering?
    3. Ishlab chiqarish turi qanday aniqlanadi?
    4. Ishlab chiqarish turlariga (tiplariga) qanday ICh-lar kiradi?
    5. Yakka ICh-ni tavsiflab bering?
    6. Seriyalab ICh qanday turlarga ajratiladi? Tavsiflab bering.
    7. Ommaviy ICh-ni tavsiflab bering?
    8. ICh-larda ishni tashkil qilish shakllari qanaqa ekanligini izohlab bering?

    http://hozir.org



    Download 15.01 Kb.
    1   2   3




    Download 15.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ishlab chiqarish turini aniqlash

    Download 15.01 Kb.