1-laboratoriya ishi mavzu: Electronics Workbench, kombinatsion elementlarni o’rganish va ular asosida mantiqiy elementlarni loyixalashtirish Ishdan maqsad




Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana09.01.2024
Hajmi1,87 Mb.
#133335
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-laboratoriya ishi mavzu Electronics Workbench, kombinatsion e



1-LABORATORIYA ISHI 
Mavzu: Electronics Workbench, kombinatsion elementlarni o’rganish va ular 
asosida mantiqiy elementlarni loyixalashtirish 
Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarni loyihalashtirishda 
Electronics Workbench amaliy dasturiy paketi bilan ishlash ko‟nikmasini hosil 
qilash va HAM, YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI mantiqiy 
elementlari yordamida loyihalashtirishni o‟rganish.. 
Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishda mantiqiy elementlarning o„rni juda 
muhim. Ular boshqaruv tizimini ma‟lum ketma-ketlikdagi oddiy mantiqiy 
amallar(operatsiyalar) ko„rinishida ifodalash mumkin. Mantiqiy amallarni bajarish 
uchun mo„ljallangan elementlarga mantiqiy elementlar deyiladi. 
Mantiqiy amallarni bajarishga mo„ljallangan mantiqiy elementlar turli xildagi 
elektr sxemalarida har xil texnik vositalar: rele-kontaktli elektrik elementlar, 
kontaktsiz elementlar asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi. 
Mantiqiy elementlar boshqaruv ob‟ektining xolatini unga kelayotgan 
signallar ko„rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret (saqlab) 
o„zgartira oladigan moslamalar hisoblanadi. Sistema funksiyasini belgilab 
beradigan bunday shartlar mantiqiy boshqaruv algoritmi deyiladi. Mantiqiy 
elementlardan foydalanilgan har qanday holatda ob‟ektning holati uning ijrochi 
organlarini ulash eki o„chirish yo„li bilan diskret o„zgaradi. Ya‟ni har qanday 
mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni bajarish barobarida faqatgina ikkita 
holatda bo„lishi mumkin: “nol” - agarda ob‟ekt tarmoqqa ulanmagan bo„lsa (signal 
yo„q), “bir”- agar o‟ekt tarmoqqa ulangan bo„lsa (signal bor). 
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‟lgan, nol va bir yoki
“rost” va “yolg‟on” so‟zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‟llaniladi. Biror 
sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum
kombinasiyasi ko‟rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini
ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‟ladi. Bunday matematik
apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni Irland olimi D. Bul 
ishlab chiqqan.
Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х
1
, х
2
, х
3
, … х
n
mantiqiy o‟zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar 
mantiqiy o‟zgaruvchilar soni n bo‟lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2
n
ta


kombinatsiya hosil qilish mumkin. Masalan, n=1 bo‟lsa: x=0 va x=1; n=2 bo‟lsa: 
х 1 , х 2 =00,01,10,11 bo‟ladi.
Har bir o‟zgaruvchilar majmui uchun u 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin. 
Shuning uchun n ta o‟zgaruvchini turli mantiqiy funksiyalarga o‟zgartirish
mumkin, masalan, n=2 bo‟lsa 16, n=3 bo‟lsa 256, n=4 bo‟lsa 65536 
funktsiya.
n o‟zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini uchta asosiy 
amal yordamida hosil qilish mumkin:
- mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o‟zgaruvchi ustiga “–” belgi 
qo‟yish bilan amalga oshiriladi;
- mantiqiy qo‟shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo‟yish bilan amalga 
oshiriladi;
- mantiqiy ko‟paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo‟yish bilan 
amalga oshiriladi.
Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi qo‟yiladi.
Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo‟lishlari
mumkin: algebraik, jadval, so‟z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiy
funksiyalarni berish uchun mumkin bo‟lgan argumentlar majmuidan talab 
qilinayotgan mantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini
ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi.
Zamonaviy elektron hisoblash mashinalari va diskret avtomatika qurilmalarida 
axborotlarni qayta ishlash uchun ikkilik sanoq tizimsi ishlatiladi. Ikkilik sanoq 
tizimsi bo‘lmish “1” va “0” larni elektr zanjirlarda kuchlanishning potensiali bor 
yoki yo‘q orqali ifodalanadi. Odatda “1” yuqori qiymatdagi potensialga mos 
kelishi, “0” esa uning yo‘qligini (sxema kirishi yoki chiqishidagi kichik 
potensialni hisobga olmaslik mumkin). Axborot signallarini bunday ifodalanishini 
raqamli deb ham ataydilar. Raqamli texnika sxemasini qurishda XIX asr o‘
rtalarida ingliz matematigi Dj. Bul ishlab chiqqan, shu sababli bu usulni bul 
algebrasi deb yuritiladi.
Bul algebrasining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Bul algebrasida faqatgina 
ikkita tasdiqlangan fikrdan foydalaniladi: haqiqiy va xato. Haqiqiy fikrni 
tasdiqlashga mantiqiy 1, xatoga esa mantiqiy 0 raqami beriladi. Bunday holatda 
mantiqiy algebra qonunlari har qanday murakkablikdagi mantiqiy sxemani analizi 
va sintez talablariga to‘la javob beradi. 


Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan 
foydalanamiz. Mulohaza bu –narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak 
gapdir. 
Mulohazalar sodda va murakkab bo‟lishi mumkin. Odatda murakkab 
mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YOKI”, kabi bog‟lovchilar, “EMAS” 
shaklidagi ko‟makchilar yordamida tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi bilan belgilash qabul qilingan. Har bir 
mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolg‟on” mantiqiy qiymatga ega bo‟lishi 
mumkin. Qulaylik uchun “rost” ni 1 raqami bilan, “yolg‟on” ni esa, 0 raqami bilan 
belgilaymiz. 
Biror shart yoki usul bilan bog‟lanmagan hamda, faqat bir holatni 
ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida 
amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‟lgan ba‟zi amallar 
bilan tanishamiz. 

Download 1,87 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-laboratoriya ishi mavzu: Electronics Workbench, kombinatsion elementlarni o’rganish va ular asosida mantiqiy elementlarni loyixalashtirish Ishdan maqsad

Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish