1-LABORATORIYA ISHI
TO‘QIMACHILIK TOLALARINI TUZILISHINI MIKROSKOP YORDAMIDA TEKSHIRISH
Ishning maqsadi: Mikroskop yordamida tabiiy va kimyoviy tolalarni tuzilishini o‘rganish.
Kerakli materiallari va jixozlar: Mikroskop, paxta, jun, ipak, sun`iy va sintetik tolalarni namunalari.
3. Tajriba ishini bajarish uchun topshiriqlar:
1. Biologik zarrabinlarning shakli chizilsin, tuzilishi qisqacha yozilsin.
2. To‘qimachilik tolalarini zarrabin yordamida tekshirilib, uning (qisqacha) tashqi ko‘rinishi chizilsin (1-rasm)
4. Asosiy ma`lumotlar
1. Tabiiy tola
1. O‘simliklardan olingan tolalar
2.1-rasm. Pishganlikdarajasi har xilpaxtatolasi
|
2.2-rasm. Zig`ir tolasining tashqi k´rinishi va ko`ndalang kesimyuzasi
|
1. Elementar tola
2.3-rasm. Zig`ir tolasining tashqi k´rinishi va ko`ndalang kesimyuzasi
|
|
2. Kompleks tola
Elementar zig`ir tolasini mikroskop ostiga qo`yib qarasak, o`rtasidagi tor kanali va yo`g`onlashgan tirsaksimon joylari bo`lgan o`simlik hujayrasini ko`ramiz.
Tolalarning uchi o`tkir kanali 2 tomondan berk. Zig`ir tolasining ko`ndalang kesimi o`rtasida kanali bor 5-6 yoqli ko`pburchakdan iborat.
Zig`ir tolasi tarkibini 80 foizini tsellyuloza va 20 foizini boshqa aralashmalar tashkil kiladi .
Kompleks zig`ir tolasi
Kompleks zig`ir tolalarining yo`g`onligi va dastalari soni bilan belgilanadi. Kompleks tolalarning uzunligi va ishlov berish jarayoni tolalarning ingichka tolalarga ajratilish darajasiga bog`liq bo`ladi. Kompleks tolalarning uzunligi o`rtacha 35-95sm, yo`g`onligi 10 teks bo`ladi.
2. Jonivorlardan olinadigan tolalar
Pillani iplari mikroskop ostiga qo`yib qaralsa, parallel yotgan ipak tolasi va notekis seritsin qatlami ko`rinadi. Ayrim ipak tolalarining ko`ndalang qismida dumaloq, ovalsimon uchta dumaloq yoqli yoki yassi lentasimon bo`lishi mumkin.
1. Qaynatilmagan pilla ipi 2. Qaynatilgan pilla ipi 3. Ipak xom-ashyosi
1 – fibroin
2 – seritsin
Pillp ipi oqstllardan fibroin 75 % va 25 % dan iborat seritsin bo`ladi.
B) jun
momiq o`tkinchi soch tuk o`lik soch
1 - tashqi qavat. 2 – keratin,3 - quvir
Pux – momiq ikkita qavatdan iborat: 1 – tangachasimon qavat, 2 – asosiy moddasi keratin. Jun tolalari ildiz va tana qismlardan iborat.
Ildiz – junning teri qatlami ostidagi tana qismi – teridan chiqib turgan va oqimlar keratinidan iborat bo`lgan qismi.
Momiq - mayin junli qo`ylarning butun jun qatlamini tashkil qiladigan va dag`al junli qo`ylarning terisiga yopishib yotadigan ingichka buromdor tolalar. Momiq ikki qatlamdan; tangachali qatlam odatda halqlar va yarim xalqalar shaklida bo`ladi. Oraliq tolalar – momiq bilan dag`al tuk o`rtasida oraliq holatni egallaydi. Oraliq tola uch qatlamdan tangachali, qobiq va uzik – uzik o`zak qatlamdan iborat. Dag`al tuk – momiqdan dag`alroq va yo`g`onroq tola bo`lib, deyarli buramdor bo`lmaydi, u yarim dag`al junli qo`ylardan jun qatlamiga kiradi. Uch qatlamdan iborat: plastinka simon tangachali qatlam, qobiq va yaxlit o`zak qatlamdan iborat.
O`lik tola – dag`al, to`g`ri qattiq tola bo`lib, yomon, bo`yaladi va qayta ishlash jarayonida sinib ketadi. U ba`zi dag`al junli qo`ylardan bo`ladi. o`lik tola ham uch qatlamdan iborat
5. Ishni bajarish tartibi. Paxta tolasini mikroskop ostiga qo`yib qarasak, pishmagan paxta tolalari yassi, lentasimon, yupqa devorli ekanligini ko`ramiz. Tolalar pishgan sari devorlariga tsellyuloza yig`iladi va devorlari qalinlashadi, kanali torayadi. Tolalar buralib ko`rinadi. Pishgan paxta tolasini ko`ndalang kesimi loviya shaklida bo`ladi.
1-oyog`i; 2-kolonkasi; 3-tubusi: 4-okulyari; 5 - revolrer: 6 - ob’ektivlar; 7 - buyum stolchasi; 8-preparat qisqichlari; 9- makrometrik vint; 10-.mikrometrik vint; 11 - kondensor; 12- kondensor vinti; 13 -diafragma; 14-oynacha.
Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta tolasining deyarli 95-97 foizini sof tsellyuloza tashkil qiladi. TSellyulozaning tashqi qatlami kutikula deyiladi.
b) zig`ir tolasi
Takrorlash uchun savollar.
Mikroskopiya deganda nimani tushinasiz?
Mikroskoplar necha turga bo‘linadi?
Na’munalarni qanday tayyorlanadi?
Nima maqsadda tolalar suvga to‘yintiriladi?
Tolalarni ko‘ndalang kesimini ko‘rishning necht ausullarini bilasiz?
|