• Qisqacha nazariy ma’lumot.
  • 1-laboratoriya ishi transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari, sxemalari va asosiy parametrlarini o`rganish ishdan maqsad




    Download 132.04 Kb.
    bet1/3
    Sana24.04.2024
    Hajmi132.04 Kb.
    #205974
      1   2   3
    Bog'liq
    1-MAVZU TAJRIBA
    Mustaqil ish AX fan (1), Мавзу-1 (3), 1-guruh savollari, linux-commands-cheat-sheet-new, Algoritm amaliy 3, Algoritm 1 mustaqil ishi

    1-LABORATORIYA ISHI


    TRANSFORMATOR CHULG‘AMLARINING ULANISH GURUHLARI, SXEMALARI VA ASOSIY PARAMETRLARINI O`RGANISH


    Ishdan maqsad: Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari va sxemalarini aniqlash usullarini o‘rganish.
    Qisqacha nazariy ma’lumot. Transformatorlarning chulg‘amlari, odatda, yulduz Y, chiqarilgan neytralli yulduz Yo va uchburchak Δ ko‘rinishidagi sxemalar bo‘yicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning EYUK lari (E1 va E2) orasidagi fazalar siljishini shartli ravishda ulanishlar guruhi bilan ifodalash qabul qilingan.
    Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini turlicha ulash yo‘li bilan ulanishlarning o‘n ikkita turli guruhini olish mumkin, bunda chulg‘amlarni yulduz-yulduz sxemasida ulashda istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruhni, yulduz-uchburchak yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 tok guruhni hosil qilinadi.
    Chulg‘amning ulanish sxemasi belgisining o‘ng tomoniga uning ulanish guruhi yoziladi.
    Chulg‘amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg‘am neytrali yerga tutashtirilishi zarur bo‘lgan holda qo‘llaniladi. YUK chulg‘ami 330 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar va hamma avtotransformatorlarda YUK chulg‘amlari neytralini yerga samarali tutashtirnsh shart. 110, 150 va 220 kV li tizimlar ham neytrali yerga samarali tutashtirilgan holda ishlaydi, biroq bir fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun transformatorlar neytralining bir qismi yerga ulanmaydi. Chunki, chiqarilgan nol simlar izolyasiyasi, odatda, to‘la kuchlanishga hisoblanmaydi, shuning uchun neytrali yerga ulanmagan ish rejimida hosil bo‘lishi ehtimoli bor o‘takuchlanishlarni transformatorning nol nuqtasiga ventilli razryadniklarni biriktirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Shuningdek, to‘rt simli 380/220 va 220/127 V tarmoqlarni ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amidagi neytral ham yerga tutashtiriladi. 10-35 kV li kuchlanishdagi chulg‘amlar neytrali yerga ulanmaydi yoki sig‘im toklarini kompensatsiya kilish uchun yoy so‘ndiruvchi g‘altak orqali yerga ulanadi.



    Download 132.04 Kb.
      1   2   3




    Download 132.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-laboratoriya ishi transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari, sxemalari va asosiy parametrlarini o`rganish ishdan maqsad

    Download 132.04 Kb.