• Пуск→Программы→Aскон→Компас-3DV20
  • 1-Ma’ruza. Kirish. Loyihalash tizimlari haqida tushuncha kirish «Kompyuterda loyihalash»




    Download 1.14 Mb.
    bet1/3
    Sana09.09.2022
    Hajmi1.14 Mb.
    #25729
      1   2   3
    Bog'liq
    1-ma\'ruza
    Taqdimot (3)

    1-Ma’ruza. Kirish. Loyihalash tizimlari haqida tushuncha
    KIRISH

    «Kompyuterda loyihalash» fani Vatanimiz ishlab-chiqarish texnik sohasining ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun asosiy fan hisoblanadi. Talabalar ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarida mustahkamlab boradi.


    Avtomobilsozlik va traktorsozlik, qishloq xoʻjalik mashinasozligi sohalari ishlab-chiqarishida zamonaviy loyihalash usullari va dasturlarini qoʻllashni talab qiladi. Shu sababli traktorlar, avtomobillar va qishloq xoʻjalik mashinalarini loyihalashda kompyuterli loyihalash (CAD,CAM,CAE) masalalari muhim oʻrin tutadi. Xozirgi kunda malakali mutaxassislar bilimini namoyish qila olishda kompyuterda loyihalash koʻnikmalari, СAD,CAM,CAE tizimlari asosida ishlaydigan dasturlarida ishlash qobiliyati asosiy oʻrin tutadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlarida ishlay olish malakali mutaxassislarnig bugungi kungi talabidir. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi loyihalash jarayonlari vaqtini qisqartiradi va ishlab-chiqarish samaradorligini oshiradi.
    САПР (Система Автоматизации Проектных Работ) (loyihalarni avtomatlashtirish tizimi) - loyihalash funktsiyalarini bajarish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadigan avtomatlashtirilgan tizim, loyihalash jarayonini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan, xodimlar va ularning faoliyatini avtomatlashtirishning texnik, dasturiy ta'minot va boshqa vositalari to'plamidan iborat tashkiliy-texnik tizim .
    CAD (Loyihani avtomatlashtirish tizimlari) - kompyuter yordamida loyihalash (сomputer-aided design) degan ma'noni anglatadi. Xususiyatlari va dizayn hujjatlarining to'liq to'plamini olish imkoniyati bilan uch o'lchovli ob'ektlarni yaratish uchun modullar to'plamiga ega dasturlar.
    CAM tizimlari - kompyuter yordamida ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash (computer-aided manufacturing) deb tarjima qilinadi. Loyihani amalga oshirish uchun amaliy dasturlar. Ularning yordami bilan RDB jihozlarning ishlash algoritmi belgilanadi. Asos sifatida SAPR standartlariga muvofiq tayyorlangan uch o'lchovli model ishlatiladi.
    CAE tizimlari - bu hisob-kitoblarni va muhandislik tahlillarini (computer-aided engineering) kompyuterda qo'llab-quvvatlash uchun mahsulotlar sinfidir. Qattiq modelni yaratish qobiliyatining paydo bo'lishi uning batafsil tavsifini, operatsion yuklarni, shu jumladan harorat ta'sirini, atrof-muhitga qarshilikni bashorat qilishni talab qildi.
    Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishi mahsulot konstruksiyasining murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot tez oʻzgaruvchanligi hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi bilan xarakterlanadi. Bunday sharotlarda ishlab chiqarishni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda mahsulot raqobatbardoshligini taʼminlash talab etiladi. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishda murakkab, yuqori mehnattalab bosqich bu loyihalash bosqichi hisoblanadi va yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etishdagi asosiy vaqt va material xarajatlari aynan loyihalash jarayoniga sarflanadi shuning uchun loyihalash jarayonini avtomatlashtirish yangi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida tez va sifatli ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining oʻrni beqiyosdir.

    Loyihalash jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - mashina tеxnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Avtomatlashtirish - mеhnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mеxnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun hizmat qiladi.
    Bugungi kunda kompyuterli loyihalash tizimi alohida fan sifatida o‘z yo‘nalishlariga ega. Bu fan loyihalarni avtomatlashtirish asoslari, loyihalarni bosqichlari, turlari, avtomatlashtirishning ta’minot vositari, mashina grafikasi va uning tuzilish tamoyillari bilan shug‘ullanadi.
    Hozirgi davrda fan tеxnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud tеxnika va tеxnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talablariga javob bеradigan tеxnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati tug‘ildi. Xorijiy mamalakatlardan kеltirilayotgan yangi tеxnika va tеxnologiyalarni o‘zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi.


    Bugungi kunda kompyuterli loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari asosida ishlaydigan dasturlarsiz tasavur qilib bolmaydi. Askon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan KOMPAS-3D dasturi avtomatlashtirilgan loyihalsh tizimlari asosida ishlash imkoniyatiga ega.


    KOMPAS-3D dasturini ishga tushirish barcha dasturlarni ish tushirish kabi amalga oshiriladi yani, Пуск→Программы→Aскон→Компас-3DV20 yoki ish stolidagi yorliqda sichqonchaning chap tomoni ikki marta bosiladi (1.1-rasm).


    Download 1.14 Mb.
      1   2   3




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza. Kirish. Loyihalash tizimlari haqida tushuncha kirish «Kompyuterda loyihalash»

    Download 1.14 Mb.