• Zamonaviy elektronika tarixi, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari. Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik talablar.
  • 1-mavzu. Kirish. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja




    Download 26.18 Kb.
    bet1/4
    Sana26.12.2023
    Hajmi26.18 Kb.
    #128522
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1 - mavzu
    Веб дастурлашга кириш узб, Razzoqov Jasurning 2-Mustaqil ishi, Tizimlar va signallarni, Saparbaev Sherzod 2b MI, 21 Мустақил таълим инновацион (2), Apple Wine Processing with Different Nitrogen Cont, Kompazitsion materiallarga ishlov berish texnologiyasi, 2-lab, Test savollari va javoblari-fayllar.org, назорат (2), @uzbgmat, Excel dasturida matematik masalalar yechish, 1, Fizika 1- amaliy topshiriq, 9-MUSTAQIL ISH.205-guruh talabasi Eshboyev Asadbek

    1-mavzu. Kirish. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.

    Reja

    1. Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishining tarixiy davrlari va rivojlanishi istiqbollari

    2. Zamonaviy elektronika tarixi, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari.

    3. Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik talablar.

    1.1 Elektronika va sxemalar 1 fanining o’rni va ahamiyati. Hozirgi zamon axborot- kommunikatsiya texnologiyalari soxasidagi yetuk olimlarning qo’shgan hissalari


    Hozirgi zamon elektroenergetikasi — mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o'ynaydi.
    Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
    a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
    b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
    v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
    g) turli quwatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin;
    d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o'zgartirish sodda;
    e) signallami uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, radioaloqa).
    Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalami yangi sifat darajaga ko’tarishga imkon berdi.
    Elektronika va sxemalar1 fanining zamirida elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi,
    Elektronika va sxemalar1ning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog'liq.
    Qadim o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog' rudalarining parchalari temir jismlami tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.
    Miletlik Fales eramizdan awalgi VIII—VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo'lishini ta’kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to'g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o'rganishga bag’ishlangan
    M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Elektr va magnit hodisalarni o’zaro bog'langanligini rus olimi F. Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan.
    1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan.
    Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o ’tkazgari va u elektroximiyaniing asoschisi hisoblanadi.
    Magnit strelkaga tokning ta'siri X, Ersted tomonidan 1819 yilda, toklaming o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda o ’rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish terminlarni kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o'tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio — Savar — Laplas qonuni).
    Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalami fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit may donning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.
    1782 y. Laplas o'z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og'irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo'llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo'li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o'rgangan. Rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akadernigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan.
    Elektromagnit o’lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831 — 1833 yillari yaratdilar.
    Tokning issiqlik ta'siri — Joul — Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842 yilda ta'riflab berishgan. 1844 yil E. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim qonunga ta’rif bergan.
    Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasmi kiritdi, hamda uni nomi bilan ataladigan o'zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini yaratdi. Bundan faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etdi.
    Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Rus injeneri F. Pirotskiy 1875 yilda quvvati 4,4 kVt o'zgarmas tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o'tkazgan.
    Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A Lodigin tomonidan kashf etilgan. 1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan.
    1889 yil rus injeneri M.O. Dolivo — Dobrovolskiy elektr energiyaning uch fazali tizimi qismlari (generator, transformator)ni ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo’lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan.
    1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda birinchi bo'lib A.Popov radio aloqani amalga oshirgan, 1887 — 88 yillarda nemis olimi G.Gers elektromagnit to'lqinlami mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi. Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905— 1908 yillarda G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq.
    O’ta o’tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan. "Elektronika va sxemalarning nazariy asoslari" faniga bevosita aloqasi bo'lgan matematik va umumnazariy ishlar to'g'risida quyidagi ma'lumotlami berish mumkin.
    Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Benullilar bilan birgalikda to’lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematika fizika asoslarini yaratishdi.
    Laplasning to'g'ri o'zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga o'zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda bergan. Differensial tenglamalami operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vashenko — Zaxarchenko taklif etgan. O'rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma'lum harakatning turg'unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektronika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892 — 1912 yillarda tadbiq etilgan.
    Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi. Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin o'zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander —Pol taklif etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. Puankare taklif etgan. Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil
    amalga oshirdilar. Nochiziq zanjirlarni cbastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo'lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus olimlari S. Yevlanov (1937 y) hamda B.V. Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan asosladilar.
    Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N. Petrov (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan. Maydon nazariyasi masalalarini yechishda integral tenglamalami qo'llashni rus olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, E.V. Kotelnikovlar (1948 y.) taklif etdilar, 1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F. Mitkevich "Elektr va magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda Moskva Bauman oliy texnologiya o'quv yurtida professor K.A Krug "O'zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma'ruzalar o'qidi.
    O'zbekistonda energetika va elektrotexnika fanlarini o’rganish va rivojlantirish XX —asrning 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi energetika va eiektrotexnikaning asosiy ilmiy yo'nalishlari N. Shcherdin va akademik X. Fozilov rahbarligida belgilandi va elektr stansiyalar elektr tizimi va jihozlarmi takomillashtirish, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko’tarishga qaratildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham usullari (X.Fozilov, K.R. Allayev, T.X. Nosirov, 1960 - 70 yillar) taklif etildi.
    Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o’lchamli nochiziq tenglamalami yechish (S. Solihov) masalalari tadqiq qilindi. An'anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan kompleks foydalanish (R.A. Zoxidov) masalalari xalq xo’jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
    1970 —1980 yillarda akademik J .Abdullayev tomonidan energetika tizimlarida o'lchash texnikasi aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish bo'yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirildi.
    Shu yillarda o'zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjayev, M.Xusanov, O.O.Xoshimov, K.Mo'minov) avtomatlashgan. elektr yuritmalarning yangi avlodini hamda ko'p rotorli asinxron motorlami (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Elektr tarmoqlari optimal rejimlarini boshqarish asoslari (E. Payziyev) yaratildi.
    Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjirlari va tizimlari nazariyasi (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda avtoparametrik tebranishlar zanjirlarida o'zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o'zgartirish nazariyasi (A.S.Karimov, M.I. Ibodullayev) takomillashtirildi.
    Tarqoq parametrli zanjirlar nazariyasi va ular asosida elektrotexnik hamda elektr o'lchash o'zgaitkichlarini takornillashtirish (M.F. Zaripov) yo'nalishlarida ijobiy natijalarga erishildi. Elektr o'lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi o'zgaruvchan o'zgartgiclilar va o'lchash ko'priklari nazariyasi Sh Sh. Zoxidov tomonidan takomillashtirildi


    Download 26.18 Kb.
      1   2   3   4




    Download 26.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Kirish. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja

    Download 26.18 Kb.