1-Mavzu: Payvandlash ishlarining mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Reja:
1. Mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va texnologik jarayon tushunchalari.
2.Payvandlash
robotlarini
avtomatlashtirishning
bosqichlari.
3. Avtomat va avtomatik liniyalar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Tayanch iboralar: Sensor - avtomatik tizimning sezgir
elementi,avtomatik tizim-
qurilmalar majmuyi, avtomatlashtirilgan sex, avtomatlashtirilgan mexnat qurollari
Mexanizatsiyalashtirish,avtomatlashtirish va texnologik jarayon
tushunchalari
Jarayonning ma’lum qismida odamning og‘ir qo‘l mehnatini mashina mehnati
bilan almashtirishga mexanizatsiyalashtirish deyiladi.
Bu bosqichda ishchining
vazifasi mashinalarni boshqarish, ularni ishga sozlash hamda tayyorlangan mahsulot
sifatini
nazorat
qilishdan
iborat.
Mexanik
harakatlarni
boshqarishni
avtomatlashtirish – bu harakat parametrlarini boshqarish jarayonini
avtomatlashtirishdir. Ya’ni shunday mehnat qurollarini ishlab chiqish kerakki,
ular xom ashyoni qayta ishlash davomida texnologik
parametrlarni optimal
qiymatlarda saqlasin. Hozirgi zamonda bunday mehnat qurollari elektronika,
elektrotexnika va komputer texnologiyalaridan foydalangan holdagina ishlab
chiqarilishi mumkin. Shulardan foydalangan holda
ishlab chiqilgan mehnat
qurollari avtomatlashtirilgan mehnat qurollari deb ataladi. Texnologik jarayonlar
miqyosida texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi
deyiladi (TJABS). TJABSning asosiy vazifasi – bu texnologik operatsiyalarni va
o‘tishlarni avtomatlashtirishdan iborat.
Ishlab chiqarish sexi bir yoki bir nechta texnologik jarayonlarni o‘z ichiga
oladi. Ishlab chiqarish sexi miqyosida sexning avtomatlashtirilgan boshqarish
sistemasi (TABS) deyiladi. TJABSning asosiy vazifalari:
- sexdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
- sexdagi informatsion jarayonlarni (saqlash,
qayta ishlash, uzatish)
avtomatlashtirishdan iborat.
Ma’lumki ishlab chiqarish korxonasi bir yoki bir nechta sexlar, bo‘limlar,
yordamchi bo‘linmalardan tashqil topgan bo‘ladi.
Korxona miqyosida esa ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqarish
sistemasi (IChABS) deyiladi. IChABSning asosiy vazifalari:
- Korxona sexlaridagi, bo‘lim va yordamchi bo‘linmalardagi
texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
-
Korxona sexlaridagi, bo‘lim va yordamchi bo‘linmalardagi informatsion
jarayonlarni (saqlash, qayta ishlash, uzatish) avtomatlashtirishdan iborat.
- Korxona sexlaridagi, bo‘lim va yordamchi bo‘linmalardagi informatsion
va texnologik jarayonlarni boshqarish sistemasini yagona maqsad asosida
o‘zaro moslashtirishdan iborat.
Demak ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish uch
bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda
texnologik jarayonlarni
boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda sexlarni
boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda korxonani
boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi.
Jarayonni inson ishtirokisiz amalga oshirishga va ularni boshqarishga imkon
beradigan texnik va tashkiliy chora tadbirlar majmuiga avtomatlashtirish deb ataladi.
Payvandlashni avtomatlashtirishning to‘rtta bosqichi mavjud.