Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi




Download 3.28 Mb.
bet1/18
Sana07.02.2024
Hajmi3.28 Mb.
#152897
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
PKJ maruza matni №1-16
5-topshiriq dasturlash 1

KIRISH. TEXNOLOGIK MASHINA VA ASBOB-USKUNALAR. MASHINANING UMUMIY TA’RIFI. TEXNOLOGIK MASHINALAR VA ULARNI STRUKTURASI.
TEXNOLOGIK MASHINA VA ASBOB-USKUNALAR. ASOSIY VA QO‘SHIMCHA MEXANIZMLAR. TEXNOLOGIK USKUNALARNING XUSUSIYATLARI. MASHINA VA USKUNALARNING TEXNOLOGIK VA ISHCHI TSIKLI.
Umumiy tushunchalar
Poyabzalni ishlab-chiqarishda mexanikaviy va kimyoviy jarayonlar xar xil texnik darajadagi va avtomatlashtirish darajasidagi mashina va asbob-uskunalarda bajariladi.
Mashina va mexanizimlar nazariyasida “mashina” va “mashina mexanizmi” atamalarini tushunchasi ta'riflangan.
“Aqliy va jismoniy mexnatni almashtirish yoki yengillashtirish va insonni ba'zi bir fiziologik funktsiyalarini bajarish maqsadida energiyani, materiallarni va axborotlarni uzatish yoki o’zgartirish uchun qo’llanadigan mexanik xarakat qiluvchi sun'iy qurilma mashina deb ataladi.”
“Bitta yoki bir nechta jismlarni berilgan xarakatida qolgan jismlarni aniq xarakatlanishini ta'minlovchi jismlarning sun'iy sistemasi mexanizm deb ataladi”. Mexanizmlarni xosil qiluvchi qattiq jismlar bo’qinlar (zveno) deb ataladi”. Agar xarakatni o’zgartirishda suyuqlik yoki gazlar ishtirok etsa, mexanizm gidravlik yoki pnevmatik deb ataladi. Odatda mexanizmda kiruvchi zveno bo’ladi, u dvigateldan xarakat oladi, va chiquvchi zveno , u mashinaning ishchi organi bilan ulangan.
Mashinalar asosan ikki sinfga bo’linadi:
---mashina-yuritgich, unda bir turdagi energiya ishlatish uchun qulay boshqa turdagiga aylantiriladi, (misol uchun elektr yuritgich);
---ishchi (texnologik) mashinalar - ish qurollari, ular yordamida ishlash ob'yektiga ishlov beriladi, texnologik jarayon bajariladi;
Texnika rivojlanib ko’rsatilgan ikki sinf mashinalarga yana uchtasi qo’shildi:
---mashinalarda tashiladigan predmetlar, (detallar, yuklar, odamlar va x.k.), materiallar transport mashinalari deb xisoblanadi (transportyorlar, ko’taruvchi kranlar, liftlar, avtomobillar va x.k.);
---axborot mashinalari, ularda axborotlarni olishda, uzatishda yoki o’zgartirishda qo’llaniladi va nazorat-boshqarish va xisoblash turlariga bo’linadi;
---texnologik mashinalarda qayta ishlanuvchi materialning shakli, xususiyati va xolati o’zgartiriladi;
---energetik mashinalarda energiya bir turdan ikkinchisiga aylantiriladi. Ular mashina-yurituvchilar va mashina-generatorlarga bo’linadi.Mashina-yurituvchilar xar qanday energiyani mexanik energiyaga aylantiradi. Mashina-generatorlar mexanik energiyani boshqa tur energiyaga aylantiradi (rasm 1.1.).
---kibernetik mashinalar insonga yoki tabiatga xos mexanik, fiziologik va biologik jarayonlarni bajaradi yoki imitatsiya qiladi (sun'iy yurak, sun'iy buyrak, robotlar, manipulyatorlar va x.k.);
---robotlar va manipulyatorlar. Dastur bilan boshqariladigan kibernetik avtomatlar robotlar deb ataladi (odam uchun zararli bo’lgan sharoitlarda qo’llanilishi mumkin).
Texnologik mashinalar uchta asosiy gurux mexanizmlardan tuzilgan: yuritguvchi, uzatuvchi va bajaruvchi.
Texnologik mashinalarni asosi bajaruvchi mexanizmalardan tashkil topgan. Ular, tegishli xarakat olib, o’zining qurollari bilan (ishchi organlari bilan) avval qo’lda qilingan operatsiyalarni bajaradi. Shuning uchun bajaruvchi mexanizmlar va ularni ishchi organlari texnologik mashinalarning va korxonaning spetsifik xususiyatlarini ifodalaydi.
Yuritguvchi va uzatuvchi mexanizmlar bajaruvchi mexanizmlarga xarakatni uzatib berishni ta'minlaydi.

Texnologik jarayonini bajarish uchun barcha ishchi va yordamchi xarakatlarni mustaqil bajaruvchi ishchi mashina avtomat deb ataladi. U o’z navbatida jarayonni boshqarish, goxo avtomatik xolda nazorat qilishi mumkin. Dastur avtomat konstruktsiyasida bo’lishi yoki tashqaridan EXM yordamida keltirilishi mumkin.



Mashinalar





Rasm 1. Mashinalarning klassifikatsiyasi
Ishchi siklni mustaqil bajara oladigan va uni takrorlanishi uchun ishchini aralashishi zarur bo’lsa bunday mashina yarim avtomat deb ataladi.
Agregat bu bir-nechta turli mashinalar, moslamalar va asbob-uskunalarni bir butun konstruktsiyaga birlashishi. Bunday agregatlar ishlab-chiqarishda qo’llanilishi texnologik siklni va ishchilar sonini qisqarishiga olib kelib iqtisodiy samara beradi.
Apparat poyabzal sanoatida detallarga gidrotermik ishlov berish uchun qo’llaniladi (namlash, quritish, poyabzalga termik shakl berish).
Buyumlarga ishlov berishda, butun liniyaga tezlik va boshqarish mexanizmi bir bo’lgan, detallarni bir mashinadan boshqasiga uzatuvchi, avtomatik transport moslamalari bilan o’zaro boqlangan, texnologik ketma-ketligida operatsiyalarni avtomatik xolda bajarishdagi mashinalar avtomatik liniya bo’ladi.

Download 3.28 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 3.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi

Download 3.28 Mb.