Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi




Download 3,28 Mb.
bet9/18
Sana07.02.2024
Hajmi3,28 Mb.
#152897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
PKJ maruza matni №1-16

5-MA’RUZA
POYABZAL VA CHARM ATTORLIK SANOATI MASHINALARINI ISHLATISH SHAROITI VA SOZLASH YO‘LLARI. POYABZAL VA CHARM ATTORLIK SANOATI ASOSIY JIHOZLARINING ISHLASH SHAROITI. ISHCHI ORGANLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA MEXANIZM DETALLARINI, HAMDA ZVENOLARINI TAYYORLASH UCHUN MATERIALLAR TANLASH. POYABZAL VA CHARM ATTORLIK SANOATI MASHINALARINI ISHLATISH SHAROITI VA SOZLASH YO‘LLARI. QO‘LLANILAYOTGAN MATERIALLARNING QISQACHA FIZIK-MEXANIK TA’RIFI. DETAL VA BO‘G‘IMLARNING EMIRILISHI, HAMDA NUQSONLARI. MASHINALARNING ISHLASH PUXTALIGINI VA MUDDATINI OSHIRISH YO‘LLARI.
POYABZAL VA CHARM ATTORLIK SANOATI MASHINALARINI ISHLATISH SHAROITI VA SOZLASH YO‘LLARI. POYABZAL VA CHARM ATTORLIK KORXONALARIDA MASHINALARNI ISHLATISH VA SOZLASH XIZMATINI TASHKIL QILISH. TA’MIRLASH TIZIMI VA UNING TUZILISHI. MASHINILARNI SOZLASH, ULARNI TOZALASH VA MOYLASH YO‘LLARI.
Texnik xizmat ko’rsatish tizimi va jixozlarni ta'mirlash.
Texnologik jixozlar loyixalanadi va o’zini ma'lum funktsional vazifasini bajara oladigan ma'lum texnik ko’rsatgichlari bilan ishlab chiqiladi. Uzoq muddat yoki noto’gri ishlatish jarayonida, xamda mashinaga texnik xizmat ko’rsatilishi buzulganda uni texnik xolati yomonlashadi va shu bilan birga funktsional ko’rsatgichlari yomonlashadi. Birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan maxsulot soni va sifati, ishlab-chiqarish unumdorligi pasayadi. Agar mashinani texnik parametrlari o’zgarishi imkon darajadan ko’paysa, mashina ishlay olmas darajada deb xisoblanadi. Mashinalarni ishlatishda ularni o’z vaqtida tozalash va moylash katta axamiyatga ega. Barcha mashinalarda ishqalanuvchi juftlar mavjud. Ishqalanishdagi ish konstruktsiya elementlarini yeyilishiga sarflanadi. Yeyilishni kamaytirish uchun moylash qo’llaniladi.
Moylashda ishqalanuvchi yuzalardagi quruq ishqalanish suyuq moyli ishqalanishga almashtiriladi. Shunda kuch moylangan yuzalarni sirpanishiga va moyni ichki ishqalanishiga sarflanadi. Moylashni xar-xil usullari mavjud, ular qo’llaniladigan moylovchi materiallar bilan, moylovchi moslamalarni konstruktsiyasi bilan, moyni uzatish usuli bilan farqlanadi. Ikki xil moylovchi materiallar qo’llaniladi: suyuq va quyuq (mazlar). Suyuq moylar bilan moylashda qovushqoqligi katta bo’lmagan mineral moylardan foydalaniladi. Ishlatish sharoitida temperatura past yoki o’rtacha bo’lsa suyuq moylar qo’llaniladi, shunda ishqalanish koeffitsenti, ishqalanish juftlarni yeyilishi kamayadi. Biroq suyuq moylar qo’llanganda ishonchli zichlagichlar, birikmalarda kichik tirqishlar, ishqalanuvchi juftlar yuzasiga ishlov berish tozaligi va uzoq vaqt davom etadigan moslashishni talab etadi. Konsistent moylar - mazlar
(quyuq moylar) ishlatish sharoitida temperatura o’rtacha yoki yuqori bo’lishi
mumkin. Bunday moylar zarbalarni yumshatadi, sachratmaydi, ishqalanuvchi juftlarda kattaroq tirqishlarni va aniqligi yuqori darajada bo’lmagan ishqalanuvchi yuzali detallarni qo’llashga imkon beradi. Moylovchi moslamalarni konstruktsiyalari individual yoki markazlashgan, davriy yoki uzluksiz, bosm ostida va bosimsiz moylashni ta'minlaydi.
Mashinalarni ta'mirlash markazlashtirilgan va markazlashtirilmaganga bo’linadi. Markazlashtirilgan ta'mirlashda mashina poydevoridan olinib ta'mirlovchi korxonaga (tsexga, bo’limga) jo’natiladi.
Markazlashtirilmagan ta'mirlashda mashinani ishlash joyida yoki fabrikaning maxsus sexlaridagi stendlarda tuzatiladi.
Jixozlarni ta'mirlashning barcha turlarini, nazoratini, qarab turilishidagi tashkiliy texnik tadbirlarni qamrab oladigan ogoxlantiruvchi majmua - rejali ogoxlantiruv ta'mir tizimi (POTT) bo’ladi. POTT tizimi oldindan tuzilgan reja (grafik) asosida, belgilangan ketma ketliklda amalga oshiriladi. Ta'mir turlari bajariladigan ishlar xajmi, ta'mirlashlar orasidagi muddatlar bilan farqlanadi.
Joriy va o’rta ta'mir asosiy turlar deb xisoblanadi. Ularni o’z vaqtida yuqori sifatli bajarilishi, jixozlarni ishlash ishonchliligini va uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.
Ta'mirlar orasidagi davrda joriy ta'mir va xizmat ko’rsatish quyidagilarni ko’zlaydi: jixozlarni artish, yuvish va tozalash, moylovchi moslamalarni ishlab turishini, ishqalanuvchi juftlarni xolatini (podshipniklar, vtulkalar va x.k) va xarakatlanuvchi elementlarni, asbob- uskunalar xolatini nazorat qilish.
O’rta ta'mirda quyidagilar bajariladi: mashinani qisman qisimlarga ajratish; navbatdagi kapital ta'mirgacha ishlay olmaydigan detal va mexanizmlarni almashtirish; mashinani tekshirish, nazorat qilish, sozlash.
Kapital ta'mir o’z ichiga quyidagilarni oladi: mashina to’liq qism va detallarga ajratiladi; mexanizm va detallar tozalaniladi, yuviladi; barcha nosoz detallar almashtiriladi, konstruktiv razmer va ularni biriktirilishi tiklanadi; mexanizm va detallar muvozanatlanadi; sozlangan xolda barcha mexanizmlar va mashina yigiladi. Kapital ta'mirlash davrida bir yo’la mashinani modernizatsiyasi, detal va mexanizmlarni unifikatsiyasi bajariladi. Kapital ta'mirdan so’ng mashina yangisidan farq qilmasligi lozim.
Mashina detallarini tayyorlash uchunishlatiladigan materiallar.
Mashina detallarini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar ish jarayoni davomida ta'mirlanmasdan ishonchli ishlashi xamda tan narxi arzon, ularni tayyorlashda texnologik jarayoni oson bo’lishi kerak.
Mashina tan narxini asosiy qismini unga sarf qilingan materiallar tashkil etadi. Detallarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarni tanlash unga qoyilgan talablarga boglik bo’ladi. Masalan, detallarni o’lchamlari uning mustaxkamligi bilan belgilansa, bu detallarni mexanik xarakteristikalari yuqori bo’lgan (termik qayta ishlash, ya'ni materialni xususiyatini yaxshilash, toblash yo’li bilan erishilgan) po’lat yoki choyan materiallaridan tayyorlash tavsiya etiladi. Detallarning o’lchamlari uning bikirligi bilan belgilansa, bunday detallarni elastiklik moduli yuqori bo’lgan termik qayta ishlanmagan po’lat va choyan materiallardan tayyorlash kerak.
Ishlash jarayonida detallarda kontakt kuchlanish xodisasi, xamda shu o’zaro ilashgan yuzalarda sirpanish natijasida yeyilish xodisasi roy beradi, bu detallarni qattikligi yuqori bo’lgan, ya'ni toblangan materiallardan tayyorlash tavsiya etiladi.
Ilashishda sirpanish, ya'ni detallarning o’zaro yeyilishini kamaytirish uchun detallar yeyilishga chidamli materiallardan tayyornlanishi kerak. Bunda ishlayotgan detallar antifriktsion juft (podshipniklar) xosil qilish uchun antifriktsion (bronza, antifriktsion plastmassa) materiallardan, friktsion juftlarda (mufta, tormoz, friktsion uzatma) esa friktsion materiallar ishlatilishi kerak.
Antifriktsion materiallarda ishqalanish koeffitsent qiymati kichik, yeyilishga chidamli. Friktsion materiallarni (metall-keramika, asbest asosidagi plastmassa) ishqalanish koeffitsent kiymati nisbatan katta, yeyilishga, issiqlikka chidamli bo’ladi.
Mashina detallari asosan qora rangli va metallemas materiallardan tayyorlanadi.
Choyan. Kulrang va oq choyanlar xossalariga ko’ra bir-biridan keskin
farqlanadi. Oq choyan juda qattiq va mo’rt bo’lib, unga asbob bilan ishlov berish qiyin, asosan po’lat eritish uchun ishlatiladi, shuning uchun xam qayta ishlanuvchi choyan deb ataladi. Kulrang choyan yaxshi quyiladi, nisbatan yumshoq asboblar bilan oson ishlov berish mumkin, yeyilishga yaxshi qarshilik ko’rsata oladi. Sanoatda ishlatiladigan asosiy kulrang choyanlarni SCh(seriy chugun) shartli belgi bo’lib, xarfdan keyingi raqami choyanning mustaxkamlik chegarasini (kgs/mm2) bildiradi (SCh10, SCh15, SCh20, SCh25, SCh30, SCh35).
Po’lat materiallar. Mashinasozlikda ishlatiladigan po’lat uglerodli va legirlangan po’latlarga ajratiladi. Tarkibida ko’pi bilan 0,6% (ayrim xollar 0,85% gacha yetadi) uglerod bo’lgan po’latlarga konstruktsion uglerodli po’latlar deyiladi. Konstruktsion uglerodli po’latlar sifatiga ko’ra oddiy sifatli va sifatli po’latlar gruppalariga bo’linadi. Oddiy sifatli po’latlar muxim bo’lmagan qurilish konstruktsiyalarini, maxkamlash detallarni, parchin, mixlar, relslar, vallar, kulachoklar va x.k. tayyorlashda ishlatiladi.
Oddiy sifatli konstruktsion uglerodli po’latlar ishlab chiqarilib A,B,V gruppalarga bo’linadi. Korxonalarga A gruppadagi po’latlar mexanik xarakateristikasi boyicha, B gruppalilar kimyoviy tarkibi boyicha, V gruppadagilar xam kimyoviy tarkibi, xam mexanik xossalari boyicha yetkazib beriladi.
Standartga asosan sifatli po’latlarning quyidagi markalari belgilangan: 25, 30, 35, 40, 45, 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 85, 60G, 65G, 70G. Po’lat markasidagi ikkita raqam uglerodning foiz miqdorining yuzga bo’lib olingan o’rtacha qiymatini, G xarfi marganets miqdori ko’p 0,91,2% gacha ekanligini (normal po’lat marganets 0,350,8% bo’ladi) bildiradi.
Sifatli konstruktsion po’lat materiallar texnikada ko’p ishlatiladi. U oddiy po’latdan mustaxkamligi kattaligi xamda zarbiy kuchlarga chidamliligi bilan farq qiladi. Agar oddiy sifatli po’latlarning eng katta mustaxkamligi 700MPa ga teng bo’lsa, sifatli po’latlarda bu ko’rsatgich 11001150MPa ni tashkil etadi, qattiqligi esa 185HVga teng. Po’latning 25, 30, 35 markalari maxsus ishlovdan so’ng valiklar, shaybalar, o’qlar, muftalar, boltlar va gaykalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu po’lat materiallarning mustaxkamligi 280320MPa ga teng.
O’rtacha uglerodli po’latlar 40, 45, 50 markali po’lat materiallari kiradi. Bunday po’latlar mustaxkamligi yoki sirtining qattiqligi yuqori bo’lgan, shuningdek o’rtacha yuklangan, lekin ishqalanib yeyiladigan detallar tayyorlash uchun mo’ljallangan. Toblangandan so’ng uning mustaxkamligi 580600MPa gacha ortadi. Bunday po’latlardan tirsakli vallar, vtulkalar, porshen xalqalari yasaladi.
Yuqori uglerodli po’latning 55, 60, 70, 75, 80, 85 markalari mustaxkamligi va qattiqligi yuqorililigi bilan ajralib turadi va prokat stanlarining vallarini, tros simlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Marganets miqdori ko’p bo’lgan 60G, 65G, 70G markali po’latlar chuqurroq toblanadi, yeyilishga chidamli, prujina, ressorlar tayyorlashda ishlatiladi.
Ligirlangan po’latlar. Bu po’latlar tarkibida odatdagi aralashmalardan tashqari uning xossalarini belgilovchi legirlovchi elementlar xam bo’ladi. Legirlovchi elementlarga xrom, volfram, vanadiy, molibden, nikel, shuningdek kremniy va marganets kabi elementlar kiradi. Legirlangan po’latlardan foydalanish material sarfini kamaytirib, buyumning puxtaligini va uzoq muddat ishlashini ta'minlaydi.
Konstruktsion legirlangan po’latlarning sifatli, yuqori sifatli va juda yuqori sifatli xillari bo’ladi. Yuqori sifatli po’latlar markasining oxiriga A xarfi, juda yuqori sifatli po’lat markasining oxiriga defis orqali Sh xarfi qoyiladi. Masalan, 12XN3A po’lat yuqori sifatli, 30XGS-Sh po’lat juda yuqori sifalidur.
Xrom-nikelli, xrom-nikel-molibdenli po’latlarning 40XN, 2MA, 13X3NFA va boshqa markalari mashinasozlikda muxim rol oynaydi. Bu materiallar mashinalarning tishli gildiraklari, turbina detallari tayyorlashda ishlatiladi. Ularni yeyilishiga chidamliligi yuqori.
Legirlangan konstruktsion po’latlarga shartli podshipnikbop po’latlar xam kiradi. Bu po’latning Shx6, Shx15, Shx15GS markalari mavjud. Raqam xromning miqdorini foizining o’ndan bir ulushida ko’rsatiladi. Xarflar - legirlovchi elementlar sonini, xarflardan keyin keluvchi raqamlar esa bu elementlarning po’latdagi foizli miqdorini ko’rsatadi. Agar qaysidir xarfdan so’ng raqam bo’lmasa, unda po’latdagi legirlovchi element miqdori 1,5% dan oshmasligini bildiradi. Masalan. 35X markasi tarkibida 0,35 % ga yaqin uglerod va 1% xrom bo’lgan xromli po’latni bildiradi; 35XG2 markasi tarkibida 0,35 % uglerod, 1 % xrom, 2 % marganets bo’lgan xromli po’latni bildiradi.
15X, 20X, 40X, 50X markali konstruktsion xromli po’latlar o’qlar, vallar, shesternyalar tayyorlash uchun, 25N, 30N, 13N markali nikelli po’latlar esa mashinasozlikda ishlatiladi.
Asbobsozlik legirlangan po’latlari xam konstruktsion legirlangan po’latlar kabi markalanadi, faqat birinchi raqam foizning o’ndan bir ulushida uglerod miqdorini ko’rsatadi. Agar raqam ko’rsatilmagan bo’lsa, unda po’lat tarkibida 1 dan 1,5% gacha uglerod bo’ladi.

Download 3,28 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 3,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi

Download 3,28 Mb.