Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi




Download 3,28 Mb.
bet10/18
Sana07.02.2024
Hajmi3,28 Mb.
#152897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
PKJ maruza matni №1-16

Temir qotishmalar - bu temirning boshqa elementlar bilan qotishmalari bo’lib, asosan po’latni kislorodli tozalash va legirlash uchun qo’llaniladi. Ulardan eng muximi bo’lib ferrosilitsiy, ferroxrom, ferromarganets, ferrovolfram xisoblanadi.
Rangli metallar va ularning qotishmalari. Rangli metallar - mis, alyuminiy, titan, qo’rg’oshin, rux, qalay va boshqalar qimmatli xossalarga ega, shuning uchun ularni narxi qora metallga nisbatan yuqori bo’lishiga qaramasdan sanoatda keng qo’llaniladi. Biroq imkoni bo’lgan xollarda rangli metallar qora metall yoki metallmas materiallar bilan almashtiriladi.
Mis sanoatda qo’llanilishi boyicha rangli metallar orasida yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Yuqori plastiklik, elektr o’tkazuvchanlik, issiqlik o’tkazuvchanlik, korroziyaga yuqori chidamliligi - misning qimmatbaxo xossalaridandir. Mashina detallarini tayyorlashda sof mis deyarli qo’llanilmaydi, buning uchun qotishmalari - latun va bronza qo’llaniladi.
Latun - misning rux bilan qotishmasi bo’lib, sof misga nisbatan yuqori mustaxkamlikka, qattiqlikka, yaxshi suyuq oquvchanlikka va korroziyaga chidamlilikka ega. Latunlar juft va boshqa elementlar, ya'ni kremniy, qo’rg’oshin, marganets va xokazolar bilan legirlangan bo’ladi.
Juft latunlar faqat mis va ruxdan tashkil topgan. Latunlar L xarfi va qotishmadagi mis miqdorini ko’rsatuvchi son bilan markalanadi. Masalan, L96 markasi tarkibida 96% mis, qolgani esa rux bo’lgan latunni bildiradi. Juft latunlar sim, radiator quvurlari, kimyoviy apparatura va xokazolarni tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Legirlangan latunlar yuqori mexanik xossalarga ega. Latunga kiritilgan legirlovchi elementlar quyidagi xarflar bilan belgilanadi: A-alyuminiy, B-berilliy,
J-temir, K-kremniy, Mn-marganets, N-nikel, O-qalay, S-qo’rg’oshin, F-fosfor. Legirlangan latun markasida birinchi ikki raqam mis miqdorini foizlarda, bir-biridan defis bilan ajratilgan qolgan barcha raqamlar esa foizlarda legirlovchi elementlarning o’rtacha miqdorini ko’rsatadi. Bunda raqamlar qotishmada u yoki boshqa elementning ishtirokini ko’rsatuvchi xarflar kabi tartib bilan joylashtirilgan. Masalan, Lmi, J 52-4-1 tarkibida 52 % mis, 4 % marganets, 1 % temir va qolganlari rux bo’lgan marganets-temirli latunni bildiradi.
Bronza - bu misning ruxdan boshqa barcha elementlar bilan qotishmasidir. Odatda bronzaning nomlanishi kiritilgan elementdan bogliq bo’ladi: agar ikkinchi komponent qalay xisoblansa qalayli, agar ikkinchi komponent alyuminiy xisoblansa alyuminiyli deb yuritiladi va xokazo. Bronzalar Br xarflari bilan markalanadi va ulardan so’ng kiritilgan elementlar va foizlarda ularning miqdori ko’rsatiladi. Bronzalardan eng muximi bo’lib qalayli, alyuminiyli va kremniyli xisoblanadi.
Qalayli bronzalar yuqori sifatli xisoblanadi. Ular yuqori korroziyaga chidamlilikka ega, yaxshi quyiladi, yuqori antifriktsion xossalarga ega. Ulardan sirpanish podshipniklarining ichquymalari, suv armaturalari va xokazolar tayyorlanadi. Qalayli bronzalar BrO xarflari bilan markalanadi, raqam bilan qalay miqdori ko’rsatiladi. Keyingi xarf va raqamlar bronzadagi legirlovchi elementlar soni va miqdorini ko’rsatadi. Kiritilgan elementlarni belgilash uchun legirlangan latunni markalashda qo’llanilgan xarflardan foydalaniladi; bundan tashqari, rux S xarfi bilan belgilanadi. Masalan, BrOTsS6-6-3 markasi tarkibida 6 % qalay, 6 % rux, 3 % qo’rg’oshin va qolgani mis bo’lgan qalay-rux-qo’rg’oshinli bronzani bildiradi; BrOTsS5-5-5 markasi tarkibida 5 % qalay, 5 % rux,5 % qo’rg’oshin va qolgani mis bo’lgan qalay-rux-qo’rg’oshinli bronzani bildiradi.
Alyuminiyli, kremniyli, marganetsli va boshqa bronzalar qalayli bronzaning o’rindoshi xisoblanadi. Misning qalay, alyuminiy, nikel kabi elementlari bilan xosil qilgan qotishmasi bronza deb ataladi. Bronzalar quymakorlik xossalariga ega, bosim ostida va kesish bilan yaxshi ishlov berish mumkin. Ko’pgina bronzalar korroziyabardoshligining yaxshiligi bilan ajralib turadi, bundan tashqari ular antifriktsion qotishma sifatida xam keng ko’lamda ishlatiladi. Masalan: chervyakli g’ildirakning gardish materiali uning sirpanish tezligiga bog’liq bo’lib, asosan qalayli bronza, kamdan-kam xollarda esa qalaysiz bronza yoki choyandan xam tayyorlanishi mumkin. Bunda BrOF10-1, BrONF markali bronza materiallar yaxshi mexanik xarakteristikalarga ega, shuning uchun ularni uzatmalarni sirpanish tezligi 525m/s bo’lganda ishlatish tavsiya etiladi.Tezlik 5m/s dan kam bo’lmaganda chervyakli g’ildiraklarni qalaysiz bronza, masalan BrAJ 9-4 markali materiallardan tayyorlash tavsiya etiladi.

Download 3,28 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 3,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi

Download 3,28 Mb.