6-MA’RUZA
TAYYORLOV SEXINING MASHINA-USKUNALARI. POYABZAL ISHLAB CHIQARISH SANOATI TAYYORLOV-BICHUV JARAYONLARINING MARKAZLASHTIRILGAN STRUKTURASI.
TAYYORLOV SEXINING MASHINA-USKUNALARI. TAYYORLOV UCHASTKASIDAGI JIHOZLARNING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPLARI. MATERIALLARNI BICHISH VA KESISH UCHUN QО‘LLANILADIGAN MASHINALAR. USTKI VA TAGLIK DETALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK OPERATSIYALARDA QО‘LLANILADIGAN JIHOZLARNI TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI.
Poyabzal ishlab-chiqarish korxonalarning birlashmasini strukturasi
Poyabzal korxonalaridagi ishlab-chiqarish jarayonlari asosiy, yordamchi va ikkinchi darajalilarga bo’linadi.
Asosiylarga poyabzalni tayyorlash jarayonlarini kiritish mumkin. Bu jarayonlarni uch guruxga bo’lish mumkin: ustki detallarni tayyorlash, tag detallarni tayyorlash va poyabzalni yig’ish. Poyabzal va uni detallari asosiy va yordamchi ishlab-chiqarish sexlarida tayyorlanadi. Poyabzal korxonasida tayyorlov oqimlari (potoklari) ikkita variant boyicha joylashtirilgan:
1) poyabzal tanavorini qoliplash, tag detallarini biriktirish va pardozlash jarayonlari bitta potokda bajariladi (zallar boyicha joylashtirish)
2) tanavor va poyabzalni yig’ish mustaqil markazlashgan sexlarda tayyorlanadi.
Yordamchi ishlab-chiqarish jarayonlariga jixozlarni va qoliplarni ta'mirlash, keskichlarni, pressformalarni (quyish uchun qolip), yelimlarni, kraskalarni, appreturalarni tayyorlash va x.k.
Chiqindilardan buyumlar (poyabzal emas) tayyorlash jarayonlari ikkinchi darajali ishlab-chiqarish jarayonlariga tegishli bo’ladi.
Asosiy ishlab-chiqarish sexlaridan tashqari, poyabzal korxonalarida, odatda, yordamchi - qo’shimcha sexlar mavjud: tajribaviy, kimyoviy, ta'mirlash - mexanika, chiqindilarni qayta ishlash sexi (shirpotreb sexi ) va skladlar. Tanavor taglik materiallari, yordamchi material va furnituralar, tayyor maxsulot, kimyo moddalari, qoliplarni ta'mirlash skladlardagi jixoz va uskunalar ishlab - chiqarish strukturasiga kiritilgan.
Korxonaga keltirilgan xom ashyo tayyorlov sexida oldin poyabzalni ustki detallari va tagliklarga bichiladi: poyabzal tag detallari - kesish sexlarida, ustki detallar - bichish sexlarida. Shu sexlarda ustki va tag detallarga dastlabki ishlov beriladi. Barcha texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashgan (bashang poyabzal uchun materillarni bichishdan tashqari). Tayyorlov sexlarining asossiy maqsadi tayyorlov va yig’uv sexlarni poyabzal detallar to’plami (komplekt) bilan ta'minlash.
Kichik korxonalarga nisbatan yiriklarida ishlab chiqarish unumdorligi ikki marta yuqoriroq. Ishlab - chiqarish bir yerga to’plansa va korxonalar ixtisoslashsa bunday korxonalarning samaradorligi yuqori bo’ladi. Ishlab chiqarish bir yerga to’planishi (kontsentratsiya)ning samaradorligi, korxonaning kattalashishidan emas, uning potoklari quvvatini oshirish bilan erishiladi, xususan markazlashgan tayyorlov va yig’uv sexlarda.
Poyabzal soxasini yoki korxonani ixtisoslanishining maqsadi - bir korxonada chiqarilayotgan maxsulotlar bir xil, yoki o’xshash bo’lishda (misol uchun quyma taglik, aksessuar, blochkalar, qoliplar keskichlar va x.k.)
Poyabzal materiallarini bichishdagi mashina va agregatlari
Poyabzal ishlab-chiqarishda materialni bichishning an'anaviy va asosiy usuli bu kesish presslari yoki press-avtomatlaridagi qo’zg’almas tayanchda keskich bilan kesish. Usulning tub ma'nosi tayyorlanayotgan detalni konturiga mos maxsus tayyorlangan asbob - keskich bilan tayanchda kesish. Keskich (rasm 6a,b) tayanch 4ga joylashtirilgan (pressning stol yoki plitasi) bichilanayotgan material 3ga o’rnatiladi. Press ishlab boshlaganda zarbdor 1 faqat pastga xarakatlanganda keskichni bosadi va detalni butun sirti boyicha kesish jarayoni bajariladi. Mazkur usul boshqalarga nisbatan yuqori unumli (maxsuldor) bo’ladi. Zarbdorni xarakatlanishiga va keskichni joylantirish usuliga qarab bichish sxemalari turlicha bo’ladi. Misol uchun keskich 2 (rasm 6a) materialga qo’l bilan o’rnatiladi, zarbdor 1 faqat pastga xarakatlanadi (zarba uchun) va tepaga dastlabki xolatga, yoki zarbdor 1 (rasm 6b) pastga (zarba uchun) va tepaga xarakatlanishdan tashqari keskich ustiga joylashtirish uchun qo’shimcha gorizontal xarakat oladi. Bunday bichish sxemasi pressda ishlash xafsizligini ta'minlaydi, chunki zarbdor ishchi zonadan chetlashtiriladi va ishchiga keskichni boshqa joyga o’rnatish
Rasm 6. Poyabzal materiallarini zamonaviy bichishning printsipial sxemalari
uchun imkon beradi. Ammo bunday sxemada foydasiz vaqt ko’payadi va ishlab-chiqarish unumdorligi kamayadi. Agar PVG-8-0 va PVG-18-0 mashinada zarba 1 sekundda bajarilsa, POTG-20-0 va POTG-40-0 traversali presslarda 4 sekund davomida. Ishlab-chiqarish unumdorligini pasayishini o’rnini to’ldirish (kompensatsiya qilish) materillarni ko’p qavatli qilib bichish yo’li bilan to’ldiriladi. Avtomatlashtirilgan bichishda keskich 2 (rasm 6 v) zarbdor 1ga qotirilgan va u bilan birga tayanch 4ga yoyilgan bichilayotgan material 3 ustida xarakatlanadi. Mazkur bichish usulining kamchiliklariga doim yangi assortimentga qarab keskichlarni tayyorlash, keskichlar doim charxlanishi va ta'mirlanishidir.
Sanoatda sintetik materiallar va yuqori chastotali tok (Yucht) bilan materiallarni payvandlash usuli qo’llanishi, bir vaqtning o’zida bichish bilan detallarni kesilgan sirti boyicha payvandlash boshlanadi. Bunday jarayonni amalga oshiradigan asbobda elektrod keskich bilan birlashtirilgan. Elektrod 4 (rasm 6 g) keskich 2 korpusiga o’rnatilgan. Elektrod va keskich orasiga prujinalar 3 o’rnatilgan, bu kesish davrida keskichni elektrodga nisbatan siljishini ta'minlaydi. Zarbdor 1 pastga xarakatlanganda oldin tayanch 6 da yotgan material 5 bilan elektrod 4 bir-biriga tegadi va payvadlash bo’ladi, keyinchalik keskich 2 materialga botadi va payvadlangan chok boyicha qirg’oqlarni kesadi. Elektrodlar yuqori elektr o’tkazgich metallardan tayyorlanadi (latun, alyumin qotishmalari). Elektr yoyi va material kuyishi bo’lmasligini oldini olish uchun elektrodni ishchi qirg’oqlari yumoloqlanishi lozim.
Bichishni kontaktsiz usul bilan amalga oshirishda ingichga suyuqlik yoki gaz oqimining energiyasidan, xamda lazer nuridan foydalanish mumkin. Ingichka suyuqlik oqimining gidravlik energiyasi bilan bichish jarayonini moxiyati shundaki, suyuqlik katta bosim ostida (100 MPa gacha va yuqoriroq ) va katta tezlik bilan diametri 1 millimetrdan kam bo’lgan naycha 1dan uzatiladi (rasm 6 d).
Stol 3 da yotgan material 2 ga suv oqimi tushib, uni kesadi va stoldagi teshikdan chikib ketadi. Lazer nuri bilan bichish jarayonida nur tarqatgichdan chikkan nur buradigan oyna 1ga tushadi, undan qaytib, linza yordamida fokuslanib, 3 tayanchda yotgan bichilayotgan material 2 (rasm 6 ye)ga tushadi. Bichishni kontaktsiz usullari poyabzal sanoatida o’zining kamchiliklari tufayli qo’llannilmayapti. Ularni ishlab-chiqarish unumdorligi past va ko’p qavatli materiallarni bichishda ishlatib bo’lmasligi. “Shyon” Germaniya firmasining ma'lumotlariga qaraganda materiallar gidrooqim moslamalarida bichilganiga nisbatan press-avtomatlarda, keskichlar yordamida bichish unumdorligi o’n marta ko’proq bo’ladi, moslamalar esa juda qimmat. Lazer nuri bilan bichishda ko’p qavatli materiallarni chetlari payvandlanib qoladi.
Poyabzal korxonalaridagi ishlab-chiqarish jarayonlari asosiy, yordamchi va ikkinchi darajalilarga bo’linadi.
Asosiylarga poyabzalni tayyorlash jarayonlarini kiritish mumkin. Bu jarayonlarni uch guruxga bo’lish mumkin: ustki detallarni tayyorlash, tag detallarni tayyorlash va poyabzalni yig’ish. Poyabzal va uni detallari asosiy va yordamchi ishlab-chiqarish sexlarida tayyorlanadi. Poyabzal korxonasida tayyorlov oqimlari (potoklari) ikkita variant boyicha joylashtirilgan:
1) poyabzal tanavorini qoliplash, tag detallarini biriktirish va pardozlash jarayonlari bitta potokda bajariladi (zallar boyicha joylashtirish)
2) tanavor va poyabzalni yig’ish mustaqil markazlashgan sexlarda tayyorlanadi.
Yordamchi ishlab-chiqarish jarayonlariga jixozlarni va qoliplarni ta'mirlash, keskichlarni, pressformalarni (quyish uchun qolip), yelimlarni, kraskalarni, appreturalarni tayyorlash va x.k.
Chiqindilardan buyumlar (poyabzal emas) tayyorlash jarayonlari ikkinchi
darajali ishlab-chiqarish jarayonlariga tegishli bo’ladi.
Asosiy ishlab-chiqarish sexlaridan tashqari, poyabzal korxonalarida, odatda, yordamchi - qo’shimcha sexlar mavjud: tajribaviy, kimyoviy, ta'mirlash - mexanika, chiqindilarni qayta ishlash sexi (shirpotreb sexi ) va skladlar. Tanavor taglik materiallari, yordamchi material va furnituralar, tayyor maxsulot, kimyo moddalari, qoliplarni ta'mirlash skladlardagi jixoz va uskunalar ishlab - chiqarish strukturasiga kiritilgan.
Korxonaga keltirilgan xom ashyo tayyorlov sexida oldin poyabzalni ustki detallari va tagliklarga bichiladi: poyabzal tag detallari - kesish sexlarida, ustki detallar - bichish sexlarida. Shu sexlarda ustki va tag detallarga dastlabki ishlov beriladi. Barcha texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashgan (bashang poyabzal uchun materillarni bichishdan tashqari). Tayyorlov sexlarining asossiy maqsadi tayyorlov va yig’uv sexlarni poyabzal detallar to’plami (komplekt) bilan ta'minlash.
Kichik korxonalarga nisbatan yiriklarida ishlab chiqarish unumdorligi ikki marta yuqoriroq. Ishlab - chiqarish bir yerga to’plansa va korxonalar ixtisoslashsa bunday korxonalarning samaradorligi yuqori bo’ladi. Ishlab chiqarish bir yerga to’planishi (kontsentratsiya)ning samaradorligi, korxonaning kattalashishidan emas, uning potoklari quvvatini oshirish bilan erishiladi, xususan markazlashgan tayyorlov va yig’uv sexlarda.
Poyabzal soxasini yoki korxonani ixtisoslanishining maqsadi - bir korxonada chiqarilayotgan maxsulotlar bir xil, yoki o’xshash bo’lishda (misol uchun quyma taglik, aksessuar, blochkalar, qoliplar keskichlar va x.k.)
7-MA’RUZA
MATERIALLARNI BICHISHDAGI MASHINA VA JIHOZLAR. TAYYORLOV-BICHUV UCHASTKASINING JIHOZLARI. DETALLARNI CHOPISH JARAYONINING NAZARIY ASOSLARI, YUKLANISH CHIZIG‘INI QURISH. POYABZAL USTKI VA TAG DETALLARI UCHUN MATERIALLARNI BICHISH VA QIRQISH UCHUN QO‘LLANILADIGAN PRESSLAR. PRESSLARNING KONSTRUKSIYASI VA ISHLASH XUSUSIYATLARI. BICHISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH. DETALLARGA QIRQISH BILAN ISHLOV BERADIGAN MASHINA VA JIHOZLAR. MASHINALARNING ASOSIY TURLARI, MASHINA USKUNALARI BILAN MATERIALNING O‘ZARO XARAKATLANISH XUSUSIYATLARI. DETALLARNI IKKIGA BO‘LISHDA, FREZERLASHDA, SAYQALLASHDA VA JILVIRLASHDA QO‘LLANILADIGAN JIHOZLAR. BIRIKTIRILMAGAN TAGLIK VA PATAKLARGA ISHLOV BERISH MASHINA VA JIHOZLARI.
Poyabzal materiallarini bichishdagi mashina va agregatlari
Poyabzal ishlab-chiqarishda materialni bichishning an'anaviy va asosiy usuli bu kesish presslari yoki press-avtomatlaridagi qo’zg’almas tayanchda keskich bilan kesish. Usulning tub ma'nosi tayyorlanayotgan detalni konturiga mos maxsus tayyorlangan asbob - keskich bilan tayanchda kesish. Keskich (rasm 7 a,b) tayanch 4ga joylashtirilgan (pressning stol yoki plitasi) bichilanayotgan material 3ga o’rnatiladi. Press ishlab boshlaganda zarbdor 1 faqat pastga xarakatlanganda keskichni bosadi va detalni butun sirti boyicha kesish jarayoni bajariladi. Mazkur usul boshqalarga nisbatan yuqori unumli (maxsuldor) bo’ladi. Zarbdorni xarakatlanishiga va keskichni joylantirish usuliga qarab bichish sxemalari turlicha bo’ladi. Misol uchun keskich 2 (rasm 7 a) materialga qo’l bilan o’rnatiladi, zarbdor 1 faqat pastga xarakatlanadi (zarba uchun) va tepaga dastlabki xolatga, yoki zarbdor 1 (rasm 7 b) pastga (zarba uchun) va tepaga xarakatlanishdan tashqari keskich ustiga joylashtirish uchun qo’shimcha gorizontal xarakat oladi. Bunday bichish sxemasi pressda ishlash xafsizligini ta'minlaydi, chunki zarbdor ishchi zonadan chetlashtiriladi va ishchiga keskichni boshqa joyga o’rnatish
Rasm 7. Poyabzal materiallarini zamonaviy bichishning printsipial sxemalari
uchun imkon beradi. Ammo bunday sxemada foydasiz vaqt ko’payadi va ishlab-chiqarish unumdorligi kamayadi. Agar PVG-8-0 va PVG-18-0 mashinada zarba 1 sekundda bajarilsa, POTG-20-0 va POTG-40-0 traversali presslarda 4 sekund davomida. Ishlab-chiqarish unumdorligini pasayishini o’rnini to’ldirish (kompensatsiya qilish) materillarni ko’p qavatli qilib bichish yo’li bilan to’ldiriladi. Avtomatlashtirilgan bichishda keskich 2 (rasm 7 v) zarbdor 1ga qotirilgan va u bilan birga tayanch 4ga yoyilgan bichilayotgan material 3 ustida xarakatlanadi. Mazkur bichish usulining kamchiliklariga doim yangi assortimentga qarab keskichlarni tayyorlash, keskichlar doim charxlanishi va ta'mirlanishidir.
Sanoatda sintetik materiallar va yuqori chastotali tok (Yucht) bilan materiallarni payvandlash usuli qo’llanishi, bir vaqtning o’zida bichish bilan detallarni kesilgan sirti boyicha payvandlash boshlanadi. Bunday jarayonni amalga oshiradigan asbobda elektrod keskich bilan birlashtirilgan. Elektrod 4 (rasm 7 g) keskich 2 korpusiga o’rnatilgan. Elektrod va keskich orasiga prujinalar 3 o’rnatilgan, bu kesish davrida keskichni elektrodga nisbatan siljishini ta'minlaydi. Zarbdor 1 pastga xarakatlanganda oldin tayanch 6 da yotgan material 5 bilan elektrod 4 bir-biriga tegadi va payvadlash bo’ladi, keyinchalik keskich 2 materialga botadi va payvadlangan chok boyicha qirg’oqlarni kesadi. Elektrodlar yuqori elektr o’tkazgich metallardan tayyorlanadi (latun, alyumin qotishmalari). Elektr yoyi va material kuyishi bo’lmasligini oldini olish uchun elektrodni ishchi qirg’oqlari yumoloqlanishi lozim.
Bichishni kontaktsiz usul bilan amalga oshirishda ingichga suyuqlik yoki gaz oqimining energiyasidan, xamda lazer nuridan foydalanish mumkin. Ingichka suyuqlik oqimining gidravlik energiyasi bilan bichish jarayonini moxiyati shundaki, suyuqlik katta bosim ostida (100 MPa gacha va yuqoriroq ) va katta tezlik bilan diametri 1 millimetrdan kam bo’lgan naycha 1dan uzatiladi (rasm 7 d).
Stol 3 da yotgan material 2 ga suv oqimi tushib, uni kesadi va stoldagi teshikdan chikib ketadi. Lazer nuri bilan bichish jarayonida nur tarqatgichdan chikkan nur buradigan oyna 1ga tushadi, undan qaytib, linza yordamida fokuslanib, 3 tayanchda yotgan bichilayotgan material 2 (rasm 7 ye)ga tushadi. Bichishni kontaktsiz usullari poyabzal sanoatida o’zining kamchiliklari tufayli qo’llannilmayapti. Ularni ishlab-chiqarish unumdorligi past va ko’p qavatli materiallarni bichishda ishlatib bo’lmasligi. “Shyon” Germaniya firmasining ma'lumotlariga qaraganda materiallar gidrooqim moslamalarida bichilganiga nisbatan press-avtomatlarda, keskichlar yordamida bichish unumdorligi o’n marta ko’proq bo’ladi, moslamalar esa juda qimmat. Lazer nuri bilan bichishda ko’p qavatli materiallarni chetlari payvandlanib qoladi.
Press va pres-avtomatlar konstruktsiyalarini umumiy tavsifi
Kesish uchun qo’llanilayotgan press va press-avtomatlar materiallarni barcha turlarini bichilishini ta'minlaydi: tabiiy charm, list va rulonli materiallarni (sun'iy charm, sintetik charm, to’qima, karton va x.k.). Bajaruvchi mexanizm konstruktsiyasiga qarab presslar uch turga bo’linadi: traversali, karetkali, konsolli. Xar turi o’zining konstruktiv qatoriga ega, qo’l bilan boshqaraladigan va keskich bilan materialni qo’l bilan uzatadigan oddiy pressdan to dasturli boshqariladigan va bichilayotgan materialni avtomatik uzatadigan press-avtomatlargacha (tabl.2).
|