Siz - yelimlanish yuzasi (izining yuzasi)
Yoki Ppr - quyidagicha topiladi
bu yerda K=0,5-0,9 - press gidrosistemasidagi yo’qolishlarning umumlashgan
koeffitsiyenti
ps - press gidrosistemasidagi zarur bo’lgan bosim
Syu - press gidrosistemasidagi porshenni ishchi yuzasi.
10-ma’ruza
NAMLIK VA ISSIQLIK BILAN ISHLOV BERISHDA TEXNOLOGIK KO‘RSATKICHLAR. XAR XIL USULLAR BILAN NAMLASH VA QURITISH JIHOZLARI. ISSIQLIK VA NAMLIK BILAN ISHLOV BERISH MASHINA VA JIHOZLARINING ISH BAJARUVCHI ORGANLARI. POYABZAL USTKI DETALLARI BERILGAN SHAKILNI SAQLASHDA NAM-ISSIQLIK BILAN ISHLOV BERISH. ISSIQLIK VA NAMLIK BILAN ISHLOV BERISHNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARINI BOSHQARISHDA AVTOMATIK MOSLAMALAR.
Poyabzal va uni detallariga gidrotermik ishlov berishda namlash, quritish va shaklini termofiksatsiya qilish jarayonlari kiradi. Mazkur jarayonlar apparatlarda xar-xil usullarda amalga oshiriladi. Poyabzal texnologiyasida turli gidrotermik ishlov berish usullarini qo’llanilishi xilma-xil apparatlarni yaratishga olib keldi, ular konstruktsiyasi va boshqa ko’rsatgichlari bilan farqlanadi. Poyabzalni detal va uzellarini namlash apparatlarini uch pog’ona boyicha klassifikatsiya qilish mumkin. Birinchi pog’onada - namlash usuli boyicha: suyuq fazada - blok 1 (rasm. 30), nam - xavo muxitda - blok 2 va termodiffuziya bilan (kontakt usulda) - blok 3; nam sharoitdagi bosim boyicha: bosim ostida - blok 4, atmosfera bosimida - blok 5 va vakuumda - blok 6.
Nam xavodagi namlikni tortish yo’li bilan namlash usuli keng tarqalgan - blok 2 - sifatli va samaraliligi tufayli, asosan shuning uchun klassiffikatsiya daraxti (shajara) shu usul uchun rivojlanmoqda.
Bosim ostida namlash - blok 4 - ishlab - chiqarish sharoitida jarayonni ta'minlashni murakkabligi tufayli qo’llanilmadi. Usulning fizikaviy mazmuni shundaki, suv bosim ostida bo’shliqlarga va material kappilyarlariga tez katta chuqurlikka o’tadi, undagi xavoni siqadi. Bunda namlik kappilyarlar yuzasiga shimiladi. Bosimni yo’qotgandan keyin siqilgan xavo kengayadi va ortiqcha suvni chiqarib tashlaydi. Bunda namlangan detallar ortiqcha namlanmaydi. Bunday voqea jarayonni faqat ayrim optimal jarayonlarida kuzatiladi: namlash vaqti 20-60sek va bosim 30 MPa.
Rasm 30. Poyabzal detallarini namlovchi
apparatlarini klassifikatsiyasi
Bu tartib buzilsa samara buziladi, bosim yoki vaqt oshsa material bo’shliqlaridagi xavo xaydab chiqariladi, namlik chuquroqqa o’tadi va ortiqcha namlikni xosil qiladi. Shunda samarani teskarisi sodir bo’ladi.
Vakuumda namlash - blok - 6 tezlashtiruvchi jarayonlarga taaluqli. Usulni mazmuni shundaki, charm materiallarni kapillyar va bo’shliklaridan vakuum yordamida xavo chiqariladi (u namlik o’tishga qarshilik ko’rsatadi). Keyin namlanadigan material namlashga qoyiladi (suv yoki nam xavo ), va u tezda xavo o’rnini to’ldiradi. Ishlab-chiqarish sharoitda bu usul xali keng tarqalmagan. Chet elda bu usul qo’llaniladi.
Apparatlar klassifikatsiyasining ikkinchi pog’onasi ularni konstruktsiyasini bildiradi (rotorli - blok 7, elevatorli - blok 8, kamerali - blok 9) va ishlash printsipini xarakterlaydi (to’xtovsiz xarakatlanuvchi - blok 10 yoki vaqti - vaqti bilan - blok 11) xamda nam muxitni xarakatiga qarab (retsirkulyatsiya bilan - blok 12 yoki retsiruklyatsiyasiz - blok 13).
Uchinchi pog’ona nam xavoni yaratish usulini ko’rsatadi: nam bug’ bilan - blok 14, purkalgan suv bilan nam bug’ aralashmasi bilan - blok 15, tuman bilan - blok 16, iliq suvni erkin bug’lanishi bilan - blok 17).
Eng samarali usul va eng yaxshi konstruktsiya bu nam xavo muxit bilan namlash usuli. Bu usulda purkalgan suv nam bug’ bilan elevator tipidagi to’xtovsiz ishlaydigan nam muxitni retsirkulyatsiya qila oladigan namlash moslamada bajariladi (bu yo’nalish rasm 2.22a qalin chiziq bilan ko’rsatilgan).
To’xtovsiz xarakatda ishlaydigan elevator tipidagi apparatlar vertikal korpus 1ga ega, u ishchi kamera bo’lib xizmat qiladi, uning ichida elevator 2 va undagi ko’tarma plastinalar 3 mavjud (rasm 31). Detallarni plastinalarga tuynuk 4 orqali yuklanadi. Bug’ va xavo aralashmasi forsunka 9 dan purkalanadigan suv bilan bug’ aralashtiriladi (bug’ korpus ichi pastidagi idish 7dagi suvdan o’tkaziladi). Purkalgan suv xavo oqimi bilan olib ketiladi. Xavo oqimi ventilyator 11 dan, truba 11 boyicha tomchilarni ajratuvchi 8 ga yo’naltiriladi. Bug’ truba 6 orqali zmeyevik 6 ga keltiriladi, zmeyevik korpus ichi pasti 7da joylashgan. Zmeyevikda teshiklar ochilgan, ular orqali bug’ suvga o’tadi va nam bilan toydirilib, tepaga ko’tariladi va suv bilan toyingan rastrub 10dan chiquvchi xavo oqimi bilan olib ketadi. Ortiqcha suvni qaytaruvchi truba 5 korpus ichi tagi 7dagi suv satxini saqlab turadi. Apparat xajmi – 200-250 juft tanavorlar. Ishchi kameradagi xarorat – 35-380C, xavo xarakati tezligi 0,5-lm/s, namlash muddati - 1,5-2,5 soat.
Rasm 31. Xavo va bug’ aralashmasi Rasm 32. Xavo va bug’ bilan
bilan to’xtovsiz namlovchi elevator namlaydigan rotor tipidagi apparat
tipidagi apparat
Apparat afzalliklari: xarakat to’xtovsizligida, namlash sifati yaxshiligida, namlik namlanayotgan materialda saqlanishini barqarorligida.
Rotor tipidagi apparat (rasm 31) bu silindr shaklidagi korpus 6 dan tashkil topgan idish. Uni ichida erkin aylanadigan parraklar 7 va unga maxkamlangan qoziqchalar 14 bor. Bu qoziqchalarga namlanadigan tanavorlar ilinadi. Parraklar tagi 8 to’rsimon. Ishchi idsh tagida suv bilan vanna 10 joylashtirilgan, undan zmeyevik 13 teshiklaridan chiqadigan bug’ o’tadi. Ishchi kamerada xavo aylanishi ventilyator 4 yordamida bajariladi, u xavo oqimini truba 1ga yo’naltiradi va truba tag uchi tirqishlar 12 bilan tugallanadi, xamda retsirkulyatsiya trubasi 5 mavjud. Ventilyator 4 orqali xavo oqimi namlovchi kamera 2 dan o’tadi, u yerda forsunka 3 bilan issiq (t0 = 600C) suv purkalanadi va xavo namlanadi. Xavo suv bilan toyingan bo’lib, truba 1 da pastga tushadi, uchlik 12 ni tirqishlaridan chiqib suvdan o’tkazilgan bug’ bilan aralashib xavo bilan bug’ qorishmasini xosil qilib, va tepaga ko’tarilayotganda tanavorni namlaydi. Parraklar 7 sakkizta sektsiyaga ega. Tanavorlar yuklovchi darcha 15 orqali yuklanadi. Truba 9 vannadagi belgilangan suv satxini ushlab turish uchun xizmat qiladi, truba 11 esa - kondensatni chiqarib yuborish uchun. Ishchi kameradagi xavo xarorati 35-380C, namlash vaqti - 1,5 soat.
Apparat uchta rejimda ishlaydi: avtomatik, yarimavtomatik va qo’lli. Uning kamchiligi xar xil balandlikda joylashtirilgan tanavorni bir tekisda namlamasligi. Pastki qavatlarda joylashgan tanavorlar namlanishi yuqori (4-6% yuqori bo’ladi tepadagi qavatda joylashganlarga nisbatan) bo’ladi.
Davriy xarakat qiluvchi kamera tipidagi apparatlar taglik charm detallarini nam bug’ bilan namlashda qo’llaniladi. Apparat quyidagicha tuzilgan. Namlovchi kamera 3 (rasm 32), uni ichida sektsiyaviy panjarali konteyner 5 joylashtirilgan. Kamera tagida vanna 8 suv bilan o’rnatilgan, undan zmeyevik 7 dan chikuvchi bug’ o’tkaziladi. Zmeyevikga bug’ truba 4 orqali yetkaziladi. Zmeyevik kamera 3 ni tepa qismidan o’tadi va xavoni isitadi. Xavo va bug’ sirkulyatsiyasi. Ventilyator 2 bilan
bajariladi, ventilyator xavoni kameraga truba 6 orqali keltiradi va xavoni kameradan kanal 1 orqali tortib oladi. Tagliklar konteyner kassetalariga qirra bilan vertikal xolda o’rnatiladi, shunda tagliklarga nam xavo ko’proq ishlov beradi. Ishchi kameradagi xarorat 25-400C, vannadagi suv temperaturasi – 70-75oC, namlash vaqti – 2-2,5soat.
|