Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi




Download 3.28 Mb.
bet14/18
Sana07.02.2024
Hajmi3.28 Mb.
#152897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
PKJ maruza matni №1-16
5-topshiriq dasturlash 1
Ptr = F2 - F1 =N( f2 - f1 ) (2.40)
Bu yerda F2 - materialni suruvchi reyka bilan ilashish kuchi
F1- materialni surilishiga qarshilik qiladigan tepki bilan
material orasidagi kuch.
N - tepkining prujinasi xosil qiladigan normal kuch
f1 - material bilan tepki orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti
( f1 =0,4 charm bilan polirovka qilingan tepki orasida);
f2 - material bilan reyka orasidagi ilashish koeffitsiyenti
( f2=1,2-1,4)

Rasm 16. Tikuv mashinaning turli tipdagi surgichlarning
materialni surish kuchini aniqlashdagi xisoblash sxemasi.

Bir tomondan surishda materialni bosib turuvchi rolikli jarayon uchun (rasm 2.43b) (2.40) tenglama quyidagicha bo’ladi


Ptr = F2 = N f2 (2.41)
Chunki sirpanish ishqalanishi yumalash ishqalanishga aylanganda f1 - judayam kam bo’ladi va uni O ga teng qilib olinadi.
Ikki tomondan surishda (rasm 2.43v)
Ptr = F2+F3 = N( f2 + f3 ) (2.42)
bu yerda F3 - kuch
f3 - material bilan ustki reyka orasidagi ilashish koeffitsiyenti.
Bir xil sifatli materiallar uchun f2 = f1 = f deb qabul qilinsa bo’ladi, unda (2.42) tenglama quyidagicha bo’ladi
Ptr = 2 N f (2.43)

O’zining funktsional tayinlanishiga qarab bu jixozlarni ikkita katta guruxlarga ajratish mumkin: poyabzal detal va uzellarini shakillantirish, ularni yig’ish va keyinchalik yig’ma birliklarga yetkazish jarayonlarini bajaruvchi mashinalar; shakillantirish va yig’ish jarayonlarini birlashtirgan mashinalar. Birinchi gurux mashinalar poyabzal detallarini dastlabki shakillantirishni bajaradi (taglik, patak, tumshuq osti, bikir dastak va boshqalar), poyabzal uzellari (tumshuq, tovon uzellari va b.) va taglikni qolipga tortilgan tanavor bilan. Dastlabki shakillash jarayoni asosan siquv deformatsiyani ishlatib, ba'zan cho’zilishini xam qo’llab amalga oshiriladi. Mazkur jarayonlar buyumni keyinchalik sifatli yig’ish (detallarini bir biriga zich joylashishi), yaxshi tashqi xaridorgir ko’rinishini va buyum sifatini ta'minlaydi. Ikkinchi mashinalar guruxi qoplama - tortish operatsiyalarni bajaradi - tanavorni qolipda shakillash va bir vaqtni o’zida tortish baxyasini patakka maxkamlash bilan. Bunda poyabzal ustini shakillash va uni yig’ish operatsiyalari qo’shiladi. Qoplama tortish operatsiyalari murakkab deformatsiyalar bilan qo’shilib boradi - cho’zilish va bir vaqtni o’zida egilish va siqilish bilan. Bunda cho’zilish deformatsiyasi ustunroq bo’ladi. Shunday mashinalar borki, tortishsiz usulda fazoviy yoki xajmiy shakildagi tanavorni shakillash jarayonni bajara oladigan (bir jarayonli yoki ichki shakillash deb nomlangan) cho’zuvchi kuchlarni ichki usul bilan ishlatadigan maxsus konstruktsiyali sirpanuvchi qolipda. Bunday usul shakillashda parallel usuli deb bilishadi. Bu usul yuqori texnik - iqtisodiy ko’rsatgichlarni ta'minlaydi: texnologik siklini qisqartiradi, ustki detallarni materialini tejaydi, yuqori ishlab - chiqarish unumdorlikni. Ammo u jiddiy kamchilikka ega - poyabzalga zarur bo’lgan shaklni saqlash qobiliyatini ta'minlab bera olmasligi. Shuning uchun bu usul shaklni saqlash qobiliyati axamiyatsiz bo’lgan poyabzallarga qo’llaniladi (go’daklarga, kichik yoshdagilarga, uyda kiyiladigan va boshqalar).


Yig’ishdan oldin detal va uzellarni dastlabki shakillash mashinalari asosan shakillashni press - formalarda parallel usulda ishlov berish bilan amalga oshiradi. Ba'zida shakillashni ketma - ket usulida ro’lik va valiklar bilan prokatka qilish bilan amalga oshirishadi. Shakillash jarayonini tezlashtirishda temperaturali rejim qo’llaniladi (issiq shakillash). Tebranish rejimini qo’llash xarakatlari bo’lgan (vibroshakillash). Issiq shakillash samaraliligi tufayli keng tarqalgan.
Siqish bilan shakillashda ochiq va yopiq tipdagi, qattiq va yarim qattiq press - formalar qo’llaniladi. Ochiq tipdagi press - formalar yassi detallarni (taglik, patak, tumshuq osti va b.) shakillashda yoki qolipga tortilgan tanavorni tagligini shakillashda qo’llaniladi. Mazkur presslarda bir o’qli shakillash amalga oshiriladi (kuch bir yo’nalishda beriladi), va shakillanayotgan detallar erkin ko’ndalangi yo’nalishda deformatsiyalanish mumkin. (yassi yuzali detallarga bunday deformatsiyalar juda kichkina bo’ladi). Qattiq press - formalarda 1 (rasm 17a) va puanson 2 metalldan tayorlanadi va ular birlashganda qattiq tutashadi. Yarim qattiq press-formada puanson 1 (rasm 17b) metalldan qilingan, matritsa 2 esa - elastik egiluvchan materialdan.

Rasm 17. Poyabzalni detal va qismlarini siqish bilan
shakillantiruvchi presslarning press-nuqtalarini turlari

Odatda bu rezinadan tayyorlangan yostiq yoki rezinali qobiq bilan tortilgan gidrokamera. Poyabzalni xajmiy detallari va uzellarini shakillashda xajmiy siqish (fliklardan terilgan poshnalar) xamda fazoviy shakildagi uzellar (tanavorning tovon uzeli) uchun yopiq tipdagi press-formalar ishlatiladi. Bunday press-formalarda ikki va uch o’qli shakillash ta'minlanadi. Shakillanayotgan detal yoki uzel shakillash paytida erkin siljimaydi, chunki ular asos 1 (rasm 17v) puanson 2 va yarim matritsalar 3 oraligida qisilgan. Natijada zich va monolit shakillash xosil bo’ladi. Poyabzalni ayrim qismlarini dastlabki shakillaydigan mashinalar keng tarqalgan, bunday yondoshish oldindan ishlov berilgan taglikni o’rniga joylashtirishda maxsulot sifatini ko’taradi. Bular jumlasida: qolipga tortilgan tanavorda taglikni issiq shakillash presslari; tovon uzelini avvaldan shakillash mashinalari; tumshuq va tovon uzellarini birdaniga shakillash mashinalari va boshqalar. Qolipga tortishdan oldin va undan keyin tortish operatsiyani bajarishda tovon uzelini dastlabki shakillash mashinalari ayniqsa keng tarqalgan.


Bikir dastakni shakillaydigan yarimavtomat 05335 (Chexiya) puansonda issiq shakillashni, charm va kartondan tayyorlangan ichki baxyali bikir dastakni dazmollashni amalga oshiradi (rasm 18). Pressning staninasi 5da sharnirli

Rasm 18. Bikr dastakni shakillantirish uchun yarimavtomatni umumiy ko’rinishi.

o’rnatilgan, aloxida modulli yuklovchilar shaklida bajarilgan, bikir dastaklarni shakillovchi 10 va 16 sektsiyaga avtomatik yuklovchi 3 va 4 moslamalar uzatadi. Boshqaruv pult 9 staninaning o’ng tamonida o’rnatilgan (ishchini o’ng qo’li tarafida). Staninada, shakillovchi sektsiyalar orasida, yarim-avtomatni avariya xolatida o’chiradigan 8 knopka joylashgan. Pressning past qismida uning chap va o’ng sektsiyalarini boshqaradigan 15 va 14, 13 va 12 dastalar joylashtirilgan. Dasta 11 yuklovchi modulni o’chirishga xizmat qiladi. Shakillovchi moslamani xolati 6 va7 maxoviklar bilan sozlanadi. Ishlov berilgan detallar qiya joylashgan lotok 1 ga avtomatik xolda tashlab yuboriladi, undan qabul qiluvchi qutiga sirpanib tushadi. Qo’l bilan ishlash rejimda yuklovchi modullar 2 va 3 (rasm 19) press 1 ga nisbatan 900 buriladi va zaschyolka 2 bilan fiksatsiyalanadi (rasm 2.9).



Rasm 19. Bikr dastakni shakillantiruvchi yarimavtomatni
yuklovchi modulini joylashtirish sxemasi:
a - ishchi xolati; b - ishdan tashqari xolati.
Xar bir shakillovchi sektsiya tarkibiga puanson 16 (rasm 20), press – formali shakillovchi matritsa 15 va bikir dastakni ichki baxyasini shakillash uchun dazmollovchi plastina 13 kiradi. Xar bir yuklovchi modul tarkibida 60ta bikir dastak sigadigan uzatuvchi moslamasi bilan idish 11 va unga kiruvchi ushlagich 10, qisqichli 7, golovka 8 bor. Yarimavtomatni ishlash printsipi quyidagicha. Kuchaytiradigan gidrotsilindr 12 dan xarakatni oluvchi ignali ushlagich 10, pastki bikir dastakni sanchib berib golovka 8 ga uzatadi to tayanch 9 ga taqalguncha. Bundan keyin silindr 6 pastki bo’shligiga moy yuboriladi, natijada richaglar xarakatida barmoqlar 7 burilib, bikir dastakni egadi va uni golovka 8 ga siqadi. Golovka 8 qisilgan bikir dastak bilan oldin pastga xarakatlanadi, keyin gorizontal yo’naltiruvchilar boyicha bikir dastakni shakillovchi sektsiyaga uzatadi, qo’zg’almas puanson 16 ga joylashtiradi va shakillovchi siquvchi matritsa 15 tushguncha ushlab turadi. Siquvchi matritsa 1 xarakatni gidrotsilindr 17 dan oladi. Matritsalar 15 bikir dastakni siqqanidan so’ng golovka 8 avvalgi xolatiga qaytadi, dazmollovchi plastinalar 13 gidrotsilindr 14 dan pastga tushishda bikir dastakni ichki baxyasini bukadi. Shakillash tugaganda shakillovchi sektsiyani ishchi organlari dastlabki xolatiga qaytadi, puanson 16 dagi ekstsentrik yordamida itarib chiqaruvchi detal bikir dastakni qiya joylashgan lotokka itarib chiqaradi.

Rasm 20. Bikr dastakni shakillantiruvchi
yarimavtomatni gidrokinematik sxemasi

Golovka 8 gidrotsilindr 1 kulisa 2 yordamida xarakatlanadi, bunda golovka rolik 5 lar yordamida gorizontal yo’naltiruvchilar boyicha siljiydi (puansonga yaqinlashadi yoki uzoqlashadi). Uzatuvchi golovkani navbatdagi bikir dastak bilan magazin 11 dan olib yuklash va shakillovchi sektsiyaga uzatib berish uchun uzatuvchi golovkani ko’tarilishi va pastga tushishi reyka 4 orqali 3 tishli sektor yordamida amalga oshiriladi. Yarimavtomatni xarakatlantiruvchisi shaxsiy va gidravlik, pressni va yuklovchi modullarni bajaruvchi mexanizmlarini boshqarish uchun ikkita mustaqil sistemalar mavjud. Gidrosistemalarini ishlashi, joylashgan, ikkita nasos yordamida amalga oshiriladi, nasos 27 shakillovchi sektsiyaning gidrosistemasini ta'minlaydi, nasos 29 esa yuklovchi modullarni. Yarimavtomat mexanizmlarini ishlashi gidrosistemalardagi xar xil bosimlar ta'sirida amalga oshiriladi. Yuklovchi modullar gidrosistemasi past bosimlarda (1,5÷3,0 MPa) past bosimli nasosdan ishlaydi. Press gidrosistemamasi yuqori bosimli nasos yordamida yuqori bosimda ishlaydi, shunda shakillovchi 15 matritsa 7,5 MPa bosim bilan ishlaydi, dazmollovchi plastinalar 13 esa - 3 MPa bosimda va bu bosim zolotnik 24 va reduktsion klapan 23 bilan boshqariladi. Gidrotsilindrlar ishini boshqarishini uchpozitsiyali zolotnik 31, 20, 18 (yuklovchi modullar uchun ) va 22, 19 (pressning shakillovchi sektsiyalarni)lar taqsimlovchi 21, valga o’rnatilgan tegishli mushtumchalardan xarakat oluvchi plunjerlar orqali amalga oshiriladi. Zolotnik 30 yuklovchi modullar sistemasini qo’l bilan ishga tushirish yoki to’xtatish uchun xizmat qiladi, zolotnik 25, nasos 27ni foydasiz xarakatga o’tkazadi. Dazmollovchi plastinalar 13ni pastga xarakatlanishi boshlanishidan oldin ikki pozitsiyali zolotnik 24 xarakati mushtumchalar bilan o’zgartiriladi va moyni keltiruvchi truba bilan past bosimga (3 MPa) sozlangan klapan 23 ni ulaydi. Yuklovchi modullar sistemasini bosimini (1,5÷3,0 MPa) klapan 28 chegaralaydi, 26 klapan esa shakillovchi matritsalar bosimini (7,5MPa). Yarimavtomatni ishlab - chiqarish unumdorligi - 500 juft/soatiga. Bikir dastakni shakillashdagi maksimal kuch - 170kN.


Qolipga tortilgan tanavorni tovon va tumshuq qismlarini shakillovchi press PFN -1-0. Bunda press - shakillarda issiq shakillash qo’llaniladi. Mazkur pressni tuzilishi va konstruktsiyasi taglikni yelim bilan yopishtiradigan press PPG-4-0ga o’xshaydi, shu konstruktsiya bazaviy (tayanch ) deb xisoblanadi, faqat PPG-4-0 yuritgichi gidravlik bo’lsa, PFN-1-0 da pnevmatik yuritgich. Press fabrikadagi siqilgan xavo tarmog’idan ishlaydi, shu sababli unga xizmat ko’rsatish qulay. Pressda ikkita press- sektsiyasi mavjud, ishlashda bir-biriga bog’liq joyi yo’q (chap va o’ng oyoq uchun). Xar bir sektsiya shakillovchi matritsali to’rt qirrali baraban 11ga (rasm 21) ega: tumshuq uchun 3 va tovon uchun 8, va tayanchlar: tumshuq 4 va tovon 6 qismi uchun. Sektsiyani barabani kronshteyn 2ga o’rnatilgan. Kronshteyn 2 barabanni vertikal xarakatlantiruvchi ishchi silindrni shtok 1ga maxkamlangan. Shtok 1 qolipni (shakillanuvchi tanavor bilan) pressning vertikal ustuni 7ga kronshteyn 5ga maxkamlangan, tumshuq va tovon tayanchlari bilan kuch bilan tutashtiradi. Press-forma 3 bilan press-forma 8 ni yaqinlashtiruvchi va unga gorizontal xarakat beradigan



Rasm 21. Qolipga tortilgan tanavor izini tovon va tumshuq
qismlarini shakillantiruvchi yarimavtomatni press-sektsiyasi

tsilindr 9 kronshteyn 2ga maxkamlangan. Baraban 11 ichida shakillovchi matritsalarni isitadigan trubkali isitgich o’rnatilgan. Bitta press-formada bir-biriga yaqin uchta razmerdagi poyabzalga ishlov berish mumkin. Boshqa razmerlarga o’tish uchun barabanni maxovik 10 bilan aylantirish kerak. Barabanni xolati fiksator bilan sozlanadi. Baraban to’rt qirrali bo’lganligi va xar tomonida press-formalar o’rnatilganligi tufayli, pressda bir vaqtda 12 xil razmerli poyabzallarga ishlov berish mumkin. Pressni ishga qoyganda avval shakillovchi matritsalar yaqinlashadi, shunda qolipni boylama siqadi, keyin qolip 4 va 6 tayanchlar bilan siqiladi. Bosim ostida turish davri vaqt relesi bilan sozlanadi. Avariya xolatida pressni to’xtatish va press-formalarini dastlabki xolatga qaytarish uchun boshqarish pultida tegishli knopkalar mavjud.


Poyabzalning tovon uzelini dastlab shakillaydigan mashinalarning konstruktsiyasi xar xil, ammo xarakat printsipi birxil bo’ladi. ZFP-0 mashinada ishchi organlari gorizontal tekislikda joylashgan, ZFP-1-0da esa vertikal tekislikda. ZFP-1-0 mashinada tanavorni barcha turlariga ishlov berish mumkin, shu jumladan termoplastikli bikir dastak bo’lsa xam, tanavrni tovon qismidagi tortish baxyasini patakka yelim bilan maxkamlab bo’ladi. ZFP-0 mashina-ikki sektsiyali gidravlik yuritgichli. Sektsiyalar aloxida - aloxida ishlaydi. Mashinada texnologik jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Tanavorni termoaktivatorga isitish uchun joylashtiriladi. Keyin tanavorni (rasm 22) puanson 4ga shunday joylashtiriladiki, axmi qismi oboyma 3 va yon tayanchlar 2 oraligida bo’lishi lozim. Orqa tashqi tasma xolati (yoki choki) yorug’lik chizig’i bilan nazorat qilinadi. Shakillash ikki taktda amalga oshiriladi. Sektsiyalardan birini chap pedaliga birinchi marta bosilganda yon tayanchlar 2 bir-biriga yaqinlashadi va tanavorni axm qismini ikkala tomondan oboyma 3 ga siqadi. Undan keyin oboyma yon tayanchlar bilan boylama yo’nalishda siljiydi, natijada tanavor cho’ziladi. Bir vaqtni o’zida siqadigan forma 1 ishchi xolatiga ko’tariladi. Pedalga ikkinchi bosishdan oldin operatsiyani ishchi tomonidan ko’z bilan tekshirish uchun pauza zarur bo’ladi. Nuqson, xatolar bo’lmasa, pedalni ikkinchi marta bosganda ikkinchi takt bajariladi. Puanson 4 oboyma 3 bilan ko’tariladi, to qolip tagi ustki tayanch 5 bilan tutashguncha va tanavorning tovon qismini qisuvchi shakilgacha siqadi. Qisuvchi shakil tanavorni tovon qismini qoplab (quchab) oladi va shakillab, uni puansonga taqaydi, keyin dazmollovchi plastinalar 6, qolip uzunasi boyicha siljib, tortish baxyasini puansonga bukadi. ZFP-1-0 mashinasi asosan o’xshash ishchi organlarga ega: puanson 6 (rasm 23), oboyma 6, yon tayanchlari 4, qisuvchi forma
2, dazmollovchi plastina 1 va orqa tirgovich 3. Pedalga bosganda yon tayanchlari
4 bir-biriga yaqinlashadi va tanavorni axmi qismini ikkala tomonini oboyma 5ga siqadi. Keyin oboyma 5 yon tayanchlar 4 bilan pastga tushib, puanson 6 da formalab tanavorni cho’zadi. Bundan keyin kaft knopkalarni bosganda shakillovchi mexanizm ishga tushiriladi, orqa tayanch 3 orqaga qaytadi, puanson oboyma va qisilgan tanavor bilan qisuvchi shakil 2 tagiga suriladi, va qisuvchi shakil


Rasm 22. ZFP-O mashinasining printsipial sxemasi

Rasm 23. ZFP-1-O mashinasining printsipial sxemasi

2 pastga tushib, tovon qismini qoplaydi va uni puansonga siqib shakil beradi. Keyin dazmollovchi plastinalar 1 pastga tushib tortish baxyasini bukadi, so’ng puanson uni plastinalarga qisib shakillaydi. Belgilangan vaqt o’tgandan keyin barcha ishchi organlar dastlabki xolatiga qaytadi.


ZFP-0 mashinasi quyidagicha ishlaydi. Gidrotsilindr 8 va 12 dan xarakat oladigan yon tayanchlar 13 (rasm 24), oboyma 14 bilan sudralgich
11 maxkamlangan va u gidrotsilindr10 ning shtoki bilan qattiq boqlangan bo’lib plita 9 ning yo’naltiruvchilarida siljishi mumkin. Chap pedal 43ga birinchi bosganda boshqaruvchi zolotnik 39 dan moy gidrotsilindr 8 va12 ga keladi, shunda yon tayanchlar 13 yaqinlashadi. Bundan keyin gidrotsilindr 10 ishga tushadi, polzun 11 oboyma 14, xamda yon tayanchlar 13 bilan puanson 15 dan siljib uzoqlashadi, shunda


Rasm. 24. ZFP-O mashinasining kinematik sxemasi

Rasm. 25. Qolipga tortilgan tanovorni cho’zish kuchini aniqlash sxemasi

tanovar taranglashadi. Pastgi tayanch 7 ko’taruvchi gidrotsilindr 4 ning shtoki bilan birlashgan va uni porsheni ostida qaytaruvchi prujina 3 joylashgan. Pastki qismda gidrotsilindr 4 korpusi ustun 2ga maxkamlangan va o’q 1ga sharnir yordamida o’rnatilgan. Pastki 7 ustunda rolik 5 o’rnatilgan. Silindr 4 korpusini tepa qismi sharnir yordamida burish gidrotsilindri 37 shtokini chap tomoni bilan ulangan. Dastlabki xolatda ustun ishchiga yaqin xolatda bo’ladi, prujina 3 esa pastdan rolik 5ni qo’zg’almas tayanch 6 ning turtib chiqqan joyiga taqab turadi va pastki ustun 2 ni tushib qolishiga yo’l bermaydi. Chap pedal 43 ni ikkinchi bosganda gidrotsilindr 37 ishga tushadi, va pastgi ustun ishchidan uzoqlashadi, shunda tanavorli puanson siquvchi 16 shakilga kiradi. Rolik 5 tayanch 6 ni turtib chiqqan joydan tushganda pastki ustun 7 ko’tariladi gidrotsilindr 4 yordamida, shunda puanson 15 ustki tayanch 22 ga taqaladi.


9-ma’ruza


POYABZAL TAGLIGINI IPLI VA ELIMLI USULDA BIRIKTIRISH MASHINA VA USKUNALARI. POYABZAL TAGLIGINI IPLI VA ELIMLI USULDA BIRIKTIRUVCHI MASHINA VA JIHOZLAR, HAMDA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR. ELIMLANADIGAN DETALLARNING KONTURIGA ELIM SURTISH UCHUN DETALLARNI AVTOMATIK ETKAZIB BERISH MEXANIZMLARINING KONSTRUKSIYASI VA ISHLASH PRINTSIPI.


Poyabzalni turi, vazifasi, ko’rinishga qarab poyabzal texnologiyasida taglikni biriktirishda turli usullar qo’llaniladi. Biriktirish usulini tanlash poyabzal detallarining materialiga va konstruktsiyasiga bog’liq. Bu usullar bo’linadi: mexanikaviy (ip, mix, va vintlar bilan) va fizika - kimyoviyga (taglik yelim bilan yopishtiriladi, rezinani issiq vulkanizatsiyalash bilan, bir vaqtni o’zida rezinali taglik xosil bo’ladi xamda termoplastik va boshqa sintetik materiallarni bosim osti quyish usuli - kablukli taglik).


Bu usullar turli jixozlarda amalga oshiriladi va ularning konstruktsiyasi anchagina farq qiladi. Bu mashinalar quyidagicha:
mexanikaviy usulda poyabzal tagligini maxkamlaydigan mashinalar (shpilka,
vint, mixlar bilan)
- mix yordamida biriktirish usuli
- tikma usul bilan biriktirish mashinalari (sport poyabzallari uchun)
- taglikni rant usulida biriktirish mashinalari.
Rant tikuvchi mashinalarning bajaruvchi mexanizmlari rantni tashqi bog’lanishli bir ipli zanjirsimon baxyani xosil qiladi. Mashina mexanikaviy yuritgichga ega va murakkab kinematik sxemaga ega.
Mashinaning ishchi organlari (rasm 26): egrichiziq, ko’ndalangi kesimi aylana shaklli va ilgakli igna 3 rant va patak labini teshadi; bosib va surib beruvchi tepki 1, patak labini ichki burchagiga yopishib turadi, ishchi ushlab turgan poyabzalni bitta chok uzunligiga suradi, va igna birlashuvchi detallarni teshayotganda tayanch vazifasini bajaradi; ishchi poyabzalni yon tomonini yon tayanch 5ga taqab turadi; rant surgich 6 rantni ushlab turishga yordam beradi va uni suradi; taranglatuvchi 9, tortuvchi 10 va yo’naltiruvchi 8 rolikalar,

Rasm 26. Rant tikuvchi mashina MVR-1ning ishchi


organlarini o’zaro ta'sir etishini printsipial sxemasi

ipni uzatib beradi va chokni ortiqcha ipini tortib oladi. Baxyani ortiqcha ipini tortib olishni prujina 7 bilan sozlanadi.


Mashinaning ishchi organlarini ishga tushish ketma - ketligi quyidagicha. Ishchi poyabzalni mashinaga shunday o’rnatadiki, poyabzalni yon tomoni yon tayanch 5 ga taqalsin, bosib turuvchi tepki 1 - patak labining ichki burchagiga. Ishchi pedalga bosib mashinani ishga tushiradi. Bosib turuvchi tepki 2 poyabzalni bitta chokini bir qadamiga suradi, igna 3 rant va patak labini teshadi, ip tashlagich 2 ilgak 4 yordamida ipni igna atrofida aylantirib beradi, igna o’z ilgagi bilan xosil bo’lgan xalqani ilib, orqaga qaytadi, shu ipni rant, patak labi va oldingi xalqadan o’tkazadi. Igna teshikka tushishi uchun va ip ignaning ilgagidan chiqib ketmasligi uchun, ilgak 4 doim ipni tarang xolda ushlab turadi. Shundan keyin tortib oluvchi roliklar tortib oladilar. Mashinaning jiddiy kamchiligi shundaki, jarayon tugagandan keyin rant va ipni kesib beruvchi pichoqlari yo’qligida. Poyabzalni mashinadan olish uchun ishchi rantni mashinadan tortib olishga majbur (taxminan 100mm) va qo’l bilan kesadi. Natijada (20%gacha) rant ortiqcha sarflanadi.
Poyabzal tagligini tanavorga tikib beruvchi mashinalarni ishlash printsipi rant tikuvchi mashinalarnikiga o’xshash va taglikni rantga ikki ipli ichki bog’lanishli mokili chok bilan amalga oshiradi. Mashina mexanik yuritgichli va murakkab kinematik sxemali. Mashinaning ishchi organlari (rasm 27) ishchi stolik 1ga

Rasm 27. Taglikni tikuvchi mashina SPR-1ning ishchi
organlarini o’zaro ta'sir etishning printsipial sxemasi

nisbatan joylashgan, unga birlashuvchi detallar joylashtiriladi (rant va patakka joylashtirilgan taglik), ustidan va ostidan. Ishchi stolik ustida moki 8, igna 10, igna yo’naltirgich 9, tepadagi ilgak11 va bosib turuvchi tepki 13, ariqchani oyib beruvchi pichoq 12 bilan. Ishchi stolik ostida bigiz-transportyor 2, ip tashlagich 6, pastdagi ilgak 7 va ip tortuvchi roliklar 3, 4, 5. Mashinada ishga tushirish pedali va bosib turuvchi tepki 13 ni ko’taruvchi pedal mavjud.


Mashinadagi bosh valning aylanish chastotasi 18-20 s-1.

Poyabzal tagligini fizika - kimyoviy usulda biriktirish mashinalari


Tagliklarni yelimlash presslarida ishchi organlari quyidagi sxemadan iborat: press-yostiqcha qolip tayanchlar. Qolipga tortilgan tanavorni taglikka qoyib va ularni press-yostiqchalarga o’rnatganda sistema pressni yuritgichi tomonidan yopiladi. Press - yostiqcha (rasm 2.46a) taglikni qolipga tortilgan tanavorga zichlik bilan yopishishini ta'minlaydi, qolip tayanchlari (qolipning tumshuq 2, tovon 4 va katta razmerlar uchun - cho’qqi 3 qismlari uchun) qolip uchun tayanch vazifasini bajaradi. Press-yostiqchalarning konstruktsiyasi turli bo’ladi: diafragmali (rasm 28 b), unda metalldan yasalgan rezervuar ichi siqilgan xavo yoki suyuqlik bilan to’ldirilgan bo’lib tortilgan rezinali diafragma orqali bosimni taglikka o’tkazadi; kamerali (rasm 28v), bu rezinadan yasalgan balon bo’lib ichi siqilgan xavo yoki suyuqlik bilan to’ldirilgan bosimni poyabzal tagligiga o’tkazib beradi; monolit (rasm 28 g), bu rezinali plastinadan yasalgan, bosim esa tashqaridan ta'sir etadi. Bunday yostiqchalarning ishlashdagi asosiy ko’rsatgichi bu poyabzal tagligining to’la yuzasi boyicha bosimni ta'minlash. Agar yostiqcha tekis bo’lsa (ishchi yuzasi), unda bu ko’rsatgich ta'minlamaydi. Shuning uchun yostiqchalar profilli qilinadi - ishchi yuzasi poyabzal tagligining formasiga mos bo’ladi.
Press - yostiqchalar ikki guruxga ajratilgan: maxsuslashgan va universal. Past poshnali poyabzalga (rasm 29a) va o’rta xamda baland poshnali
Rasm 27. Tagliklarni yelimlaydigan
preyeslarning ishchi organlari

Rasm 28. Profillangan press – yostiqchalarning turlari
krokulli poyabzalga (rasm 28b) o’zaro sozlanadigan ikki-uch qismdan tuzilgan maxsuslashgan yostiqchalar qo’llaniladi. Universal: sozlanadigan (rasm 28v) va o’zi moslashadigan (rasm 28g), krokulsiz va poshnaning turli balandlikdagi poyabzal uchun ishlatiladi. Presslarning asosiy konstruktsiyasi etib PPG-4-0 niki olingan. Bu press PP-1, PP-2, PP-3 (rasm 2.48) press yostiqchalari bilan komplektlangan.

Rasm 29. Press PPG-4-Oning press-yostiqchalarining
konstruktsiyalari: a-diafragmali PP-1; b-yaxlit PP-2;
v-poyabzal poshnasining balandligiga qarab rostlanuvchi PP-3.

Presslarda taglikni yelimlashning texnologik tartibi va uni yelimlangan chokning pishiqligiga ta'siri


Presslarda taglikni yelimlashning texnologik tartibiga uchta asosiy parametrlar tegishli: presslash bosimi, bosim ostida ushlab turish vaqti va yelim pardasini aktivlashish temperaturasi.
Birinchi ikkita parametr pressni o’zida yaratiladi. Uchinchi parametr pressdan tashqarida termoaktivatorda ta'minlanadi. Press bilvosita ta'sir ko’rsatadi, chunki u isitilgan yostiqchani sovutishi kerak. Mavjud usulda nairitli yelimlar uchun yelimli pardani aktivlashtirish temperaturasi 90 – 110oC ni tashkil etadi, shu sababli uzoq muddat ishlagan press - yostiqchalar tagliklardan issiqlikni o’ziga oladi va natijada 50–60oC gacha isiydi. Presslash bosimi qo’llanilayotgan yelim va yelimlanayotgan materialga bog’liq. Poyabzal materiallari NTB va LNTB yelimlar bilan yelimlanayotganda bosim (20-60)·104Pa tashkil etadi. Yelimlash vaqti – 30-60s. Yana bir muxim ko’rstgich mavjud - taglikni yelimlashda chokning butun yuzasi boyicha pishiqligi bir xil bo’lishi lozim. Poyabzalni ishlatishda chokning ayrim joylari ochilib ketishi va ayniqsa axm qismida tez-tez kuzatiladi. Sabablardan biri bu xosil qilinayotgan bosim bir tekislikda bo’lmasligi. Bosim bir tekisda taqsimlanmasligi quyidagilarga bog’liq:
- poyabzal tagligini shakliga press- yostiqchalarining tayanch yuzasi formasini
muvofiq emasligi;
- shakillanmagan tekis yuzali charm tagliklarni yelimlaganda, pressda
yelimlangandan keyin charmli taglik avvalgi tekis xoliga qaytishga
xarakatlanadi, shunda chokda ko’rinmas kuchlanishlar paydo bo’ladi, ayniqsa
tumshuq va axm qismlarida, shu sababli charmli taglikni yelimlash jarayoni
bilan birga qo’shish mumkin emas (yelimlash bilan presslashdagi bosimga
nisbatan charm taglikni shakllantirish uchun 20 barobar ortiq bosim kerak
bo’ladi, 400·104 Pa).
- yomon shakllangan taglikni yelimlanishda.
Demak, taglikni yelimlanish sifatini oshirilishi, chokning pishiqligi bir tekisda bo’lishligi uchun quyidagi qoidalarni amal qilish lozim:
- qoliplashdan keyin izini dastlabki shakllantirish operatsiyasini albatta amalga
oshirish;
- izini shakliga mos etib patak va taglikni dastlabki shakillantirish operatsiyasini
albatta amalga oshirish;
- faqat izini formasiga mos profillangan press - yostiqchalarni ishlatish;
- taglik materialini xususiyatlarini xisobga olib presslash bosimini to’g’ri tanlash.
Yelimlanayotgan paket: tortishdan keyingi poyabzalni izi, taglik va press - yostiqchaning ishchi yuzasi ekvidistant yuzalar deb ko’rinishi kerak. Shundagina qiyshaymasdan zich joylanishi ta'minlanadi va izni yuzasi boyicha bosim teng yoyilgan bo’ladi.
Qolip tayanchlari noto’g’ri joylansa, bunda qolip yorilishi mumkin, ayniqsa plastmassaligi, ularni xizmat muddati qisqaradi.
Presslarda taglikni yelimlashda presslash kuchini aniqlash. Presslarda taglikni yelimlashda press - yostiqchalar 1 (rasm 2.49) tomonidan poyabzal iziga bosadigan kuch quyidagi formuladan topiladi.
(2.44)
bu yerda piz- poyabzal iziga ta'sir etuvchi bosim

Download 3.28 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 3.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi

Download 3.28 Mb.