|
Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi
|
bet | 2/18 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 3,28 Mb. | | #152897 |
Bog'liq PKJ maruza matni №1-16Yarim avtomat liniyada ayrim texnologik operatsiyalarda ishchilar ishtirok etishadi.
Poyabzal mashina va asbob-uskunalarni konstruktsiyalarini o’rganish ketma-ketligini, ularni funktsional maqsadi va texnologik ko’rsatkichlari boyicha klassifikatori asosida amalga oshirish lozim. Misol uchun poyabzalni tayyorlashda belgilangan texnologik jarayonda ketma-ket qo’llaniladigan mashina va asbob-uskunalar.
Mashinalarni xar guruxi o’zining asosiy konstruktsiyasiga ega. U asosiy bo’lib, ko’p yil ishlatilgan bo’lib, zamon texnika va texnologiyasi rivojlanib takomillashmoqda. Natijada mashinalarning yangi modellari yaratilmoqda. Ularni ishlatish va ta'mirlash sharoitlari xam takomillashmoqda.
Mashina sxemalarini strukturasi
Strukturali sxema bu buyumning asosiy funktsional qismlari, ularni maqsadi va boglanishini aniqlaydigan sxema. Strukturali sxemani bloklar birlashmasi va ular orasidagi boglanishlarni chiziq va strelkalar bilan ko’rsatish mumkin. Texnik tizimlarda blok tushunchasi to’grisida aloxida butun moslama funktsional tugallangan va rasmiylashtirilgan deb tushiniladi. Strukturali sxemaning xar bir blokini mustaqil moslama deb ko’rish mumkin. Texnologik mashinalar uchun bu mexanizm.
Misol uchun “texnologik mashina“ni strukturasini quyidagi (rasm 1.2) sxema boyicha tushunish mumkin. U uchta qismdan tuzilgan (2,3,4 bloklar) unga kiruvchi element-elektroyuritgich (1-blok), mustaqil moslama deb xisoblanadi -energetik mashina va chiquvchi element -mashinani ishchi organi (5-blok), ya'ni ishlov beriluvchi ob'yekt va ishchi organ o’zaro ta'sirga kirganda strukturali sxemani 230 sinf tikuv mashinaning igna mexanizmi misolida ko’rish mumkin. Uning kinematik sxemasi kinematik bo’ginlarning (zveno) o’zaro boglangan tuzilmasi bo’ladi:
Rasm 2. Texnologik mashinaning strukturaviy sxemasining umumiy ko’rinishi
bosh val 1 (rasm.1.3a), krivoship 2, shatun 3, ignayuritgich 4, rolik 5, yo’naltiruvchi 6, ekstsentrik 7, vilkasimon richag 8, o’q 9, richag 10, yo’naltiruvchi vtulka 11, igna 12. Strukturali sxemada (rasm 1.3b) barcha kinematik bo’ginlar boglovchi chiziqlar bilan ulangan va bloklar shaklida ko’rsatilgan. Iptortgich 13 aloxida blok ko’rinishida ko’rsatilgan, u o’z navbatida aloxida mexanizm bo’lib, bosh val 1dagi, krivoship 2dan xarakat oladi. Uni tashqi boglovchi chiziq bilan almashtirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi
|