• Ishga yaroqliligi
  • Obyektni chegara xolati
  • Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi




    Download 3,28 Mb.
    bet6/18
    Sana07.02.2024
    Hajmi3,28 Mb.
    #152897
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    PKJ maruza matni №1-16

    Ishonchlilik uzoq davr ishlashi (uzoqqa chidash) va ta'mirlashga yaroqliligi bilan ta'riflanadi.
    Uzoq davr ishlashi bu belgilangan texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash tizimida ob'yektni (mashina, apparatni) ishchan xolatini saqlay olishi.
    Ob'yektni ishlash muddati bu ob'yektni ishlatilishini boshlanishdan to chekka xolatgacha bo’lgan kalendar davri.
    Ta'mirlashga yaroqliligi bu ob'yektni ishdan chiqqanligini, buzulganligini bilmoq yoki oldini olmoqlikda va uni ta'mirlash yullari bilan ishchan xolatini tiklash.
    Ishga yaroqliligi bu ob'yektni shunday xolatiki, unda u meyyoriy va konstruktorlik xujjatlar talablari asosida belgilangan funktsiyalarni bajara olishi.
    Nosoz xolat bu ob'yektni meyyoriy va konstruktorlik talablarini bo’lmaganida bittasiga javob beraolmasligi.
    Ishlamay qolish bu ob'yektni ishlash qobilyatini buzilishidir.
    Mashina ishlashini sifatli baxolash uchun «chegara xolati» tushunchasi kiritiladi, ya'ni bu mashinani shunaqa nosozligiki, uni bartaraf etmaguncha u o’z vazifasini bajara olmaydi. Sodir bo’lishiga qarab chegara xolati to’satdan va asta sekin bo’ladiganlarga bo’linadi. To’satdan bo’ladigan chegara xolati odatda mashinalarni ishlatish sharoitini keskin o’zgarishida (temperatura o’zgarishi, ortiqcha yuklanishi, titrashlar va x.k) xamda ishlab-chiqarish nuqsonlaridan. Asta sekin bo’ladigan chegara xolati, to’satdan bo’ladigandan farqi, mashina detallarini yeyilishi, charchash va qarishi, parametrlarini asta sekin o’zgarishi bilan. Asta sekin ishdan chiqishi muqarrar va konuniy. Ularni profilaktik tadbirlar bilan oldini olish mumkin.
    Ob'yektni chegara xolati (avariya xolati)da uni keyinchalik o’zini vazifasi boyicha ishlatish mumkin emas yoki maqsadsiz, yoki uni xolatini tiklash va ta'mirlash ilojisi yuqligida.
    Narabotka bu obektni ishlash muddati yoki miqdori. Obekt to’xtovsiz yoki to’xtab-to’xtab ishlashi mumkin. Narabotkani vaqt birligida yoki bajarilgan ish xajmida o’lchanadi (kg, metr, dona). Obektni narabotkasini uni ishlatib boshlaganidan to birinchi ishdan chiqquncha kuzatiladi. Ishdan chiqishni xar qanday turiga asosiy miqdoriy xarakteristika: ishdan chiqish λ o’rtacha chastotasi, ishdan chiqishlarni o’rtacha sonini mashinani normal ishlatish vaktiga bo’lgan kasrini kiymatiga teng. Ishdan chiquncha o’rtacha narabotka T=λ-1, ya'ni ishdan chiqishni o’rtacha chastotasiga teskari; ishdan chiqqandan keyin ishchan xolatini tiklashga moslanganligini ta'riflovchi mashinani remontga yaroqlilik koeffitsenti kp bu mashinani to’xtab turish vaqtini (ishdan chiqishi yoki rejali ta'mirlashga ketgan vaqti) normal ishlatishni umumiy vaqtiga bo’lgan nisbati.
    Mashina ishonchliligini sonli mezoni bu uni normal ishlatish davrida ishdan chiqmasdan ishlash extimoli Ho (misol uchun, profilaktik nazoratlar va ta'mirlashlar orasidagi vaqti). Ko’pincha Ho ishonchlilikni eksponentsial qonuni deb ataladi.
    (1.1)
    Bu yerda te - mashinani belgilangan to’xtovsiz normal xolda ishlatish davri.
    Tenglamadan ko’rinib turibdiki, agar te/T nisbati oshsa mashinani ishonchliligi keskin kamayadi.
    Ishonchlilik nuktaiy nazardan mashina elementlari ketma-ket va parallel ulanishlarga ajratiladi. Ketma-ket ulanganda birontasini ishlash qobiliyati buzilsa, mashina butunlay ishlay olmaslikka olib keladi. Parallel ulanganda barcha elementlari ishdan chiqqandagina mashinani ishdan chiqishi sodir bo’ladi. Elementlar ketma-ket ulanganda mashinaning ishonchliligi H, barcha ketma-ket ulangan elementlarni ishonchliligini Hi ko’paytirmasiga teng bo’ladi:
    (1.2.)
    Modomiki Hi <1, shunda mashinani ishonchliligi doim eng ishonchsiz elementni ishonchliligidan past bo’ladi.
    Elementlar parallel ulanganda mashinaning ishonchliligi
    (1.3)
    Bunday xolda mashinaning ishonchliligi doim eng ishonchli elementdan yukori
    bo’ladi.
    Mashinani ishlab-chiqarish unumdorligi bu mashinada vaqt birligi ichida buyumlarga ishlov berilgan soni. Poyabzal mashinalarning ishlab-chiqarish unumdorligi bu bir soatda dona yoki juft detallar (poyabzallar) soni. Poyabzal sanoatida, dona-dona maxsulotga ishlov beriladi, tenxnologik mashinalar ko’p takrorlanadigan xarakatlar bilan ishlaydi. Mashinalarni ishchi organlarini ikkita dastlabki xolati oraligidagi davr, kinematik sikl Tk deb ataladi. U ishchi vaqt va foydasiz vakt dan tashkil topadi:
    (1.4)
    -buyumga ishlov berish jarayonida ishchi organni materialga bevosita ta'sir etish vaqti (misol uchun - materialni kesishda, igna bilan teshishda, formalashda va x.k)
    -ishchi organni foydasiz xarakatlar vaqti (misol uchun - asbobni materialga
    yaqinlashtirish, uzoqlashtirish, avvalgi xolatida to’xtab turish va x.k)
    Madomiki Tk-kinematik sikl ekan, tx sikl ichidagi yo’qotish vaqti xam deb ataladi.
    Mashinada ishchi yordamida buyumga ishlov berilsa (buyumni mashinaga o’rnatadi, mashinani ishlatadi, ishlov berilgandan so’ng buyumni oladi, boshqa operatsiyalarni bajaradi) qo’shimcha qo’l bilan qilinadigan ishlarga vaqt sarflanadi, truch. Bu vaqt davomida mashina maxsulot chiqarmaydi va vaqt mashina turiga boqliq bo’ladi (oddiy va avtomatlashtirilgan).
    Mazkur vaqtni xisobga olsa ishchi sikl Tp xosil bo’ladi, ya'ni mashinadan ketma-ket chiqib turuvchi buyumlarni ikkitasini orasidagi vaqt:
    Tr = tr + tx + truch (1.5.)
    Agar truch zarurati yo’qolsa, unda mashina avtomatlashgan bo’ladi. Mashinani to’xtab turish vaqti xam bo’ladi (mashinada asboblar o’zgartirilganda, sozlashda, tozalashda, moylashda va x.k.). Bunday vaqt yo’qolishi sikldan tashqari vakt yukolishi tp deb ataladi.
    Ishlab chiqarish unumdorligi uch turga bo’linadi: nazariy (ideal), xisoblangan va xaqiqiy.

    Download 3,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 3,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi

    Download 3,28 Mb.