• Eskiz loyixa
  • Texnik loyixa
  • Ishchi xujjatlar
  • Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi




    Download 3,28 Mb.
    bet17/18
    Sana07.02.2024
    Hajmi3,28 Mb.
    #152897
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    PKJ maruza matni №1-16

    Sm- matritsalarning yon yuzalarini maydoni.
    Poyabzal sanoatida poyabzal detallarini tayyorlashda, yaxlit shakillangan poyabzallar uchun, xamda poyabzal tagligini quyib va uni to’qima yoki charmdan qilingan tanavorga biriktirishda quyish agregatlari qo’llaniladi. Qo’llanilayotgan materialga qarab termoplastik materiallarni (polivinilxlorid va b.) bosim ostida quyish va poliuretanli kompozitsiyalarni quyish agregatlariga bo’linadi.
    Termoplastik materiallarni bosim ostida quyishni mazmuni shundaki, materiallar quyish mashinada plastik xolatgacha qizdiriladi va tor naycha orqali katta tezlik va yuqori bosim bilan press - forma bo’shligiga yetkaziladi va uni to’ldiradi. Keyinchalik sovushi natijasida zarur bo’lgan buyum xosil bo’ladi. Termoplastik materialni va poliuretanni bosim ostida quyish usuli bir - biridan farqlanadi, chunki u ikkita - uchta komponentlarni kimyoviy biriktirishga asoslangan. Ular quyish mashinada aralashishi natijasida o’zaro ta'sir etadi va press - formani to’ldirgandan keyin vaqti o’tishi bilan qotadi, natijada buyum xosil bo’ladi. Poliuretan xosil bo’lishi uchun ikkita komponent ishlatiladi: A - polimolli va B - izotsionatli, ular avval termostatda qizdiriladi, keyin ko’piklashtirish agregatiga uzatiladi, undan quyish mashinaning aralashtirish kamerasiga va undan naycha orqali press - formaga.
    Quyish agregatlari ikkita asosiy qismlardan iborat:
    a) quyish mashinasi, u, material va ularni komponentlarini aralashtirish va plastikatsiya qilib qizdirib beradi va press - forma ichiga yetkazib beradi;
    b) press - formalar, bitta staninada joylashtirilgan va barcha avtomatlashtirilgan xarakatlantiruvchi elementlari bilan ta'minlangan (ochish, yopish press-formani surish va b.) xamda majburan suv bilan sovituvchi sistemasi mavjud.
    Poyabzal quyuvchi agregatlarda ishchi organlari bilan farq qiluvchi uch xil quyish mashinalari qo’llaniladi: porshenli, chervyakli va porshen - chervyakli. Chervyak tipidagi mashinalarda aylanuvchi chervyakli val bo’lib uni ekstruderli (angliyaniki), yoki shnekli (nemislarniki), bosim ostida quyish jarayonini ekstruziya yoki injektsiya jarayoni deb ataladi.
    Porshen tipidagi quyish mashinalari vertikal (rasm 38a) va gorizontal (rasm 38b) tuzilmada bo’ladi va ularda yuklovchi voronka 5, dozator 6, ishchi silindr 3, ishchi porshen 4, isitgich 2, va naycha 1 mavjud. Naycha orqali quyiladigan material press - formaga o’tkaziladi.

    Rasm 38. Porshen turidagi quyish mashinalari

    Termoplastik material granula (yoki poroshok) bo’lib voronka 5 ga to’ldiriladi, dozalovchi moslama 6 materialni bir sikl bo’lgan miqdorini o’lchab ishchi silindr 3ga uzatadi, bu yerda granulalar eritiladi, keyin suriluvchi porshen 4 ta'sirida naycha 1 orqali press - formaga uzatiladi.


    Porshenli quyish mashinalari qo’llanilishi chegaralangan, chunki ularni ishlab-chiqarish unumdorligi past, sig’imi kichkina va yetarli emas. Ular poshna va poshna ostini bir yoki ikki o’rinli press-formalarda quyishda qo’llaniladi. Chervyak tipidagi quyish mashinalari o’zining universalligi, ishlab - chiqarish unumdorligi yuqoriligi va jarayon uzluksizligi tufayli keng qo’llaniladi. Ularda silindr 1 (rasm 39a), uning ichida chervyakli val 2 joylashgan bo’lib, aylanma xarakatni

    Rasm 39. Quyish mashinalari: a - chervyakli; b - chervyak - porshenli.
    reduktor orqali yuritgichdan oladi. Silindr 1 ni korpusi elektrisitgich 3 bilan isitiladi va u qoplama bilan o’ralgan. Dozator 5 yordamida termoplastik material voronka 4ga yuklanadi. Silindr 1 bir - necha zonaga bo’lingan va ularda avtomatik xolda nazorat qilinadi va temperaturasi sozlanadi. Xar bir zona isitish va sovutish sistemasiga ulangan. Silindrning isitish temperaturasi yuklovchi voronka 4 tomonidan formalovchi kallagi 6 tomoniga qarab oshib boradi. Chervyak aylanishida eritilgan termoplast formalovchi kallagi 6dan siqib chiqariladi. Jarayon to’xtovsiz o’tadi. Poyabzal sanoatida bu usulda bezakli rant olish mumkin.
    Quyish agregatlari poyabzal detal va tagligini quyishda ishlatiladigan porshen - chervyakli quyish mashinalarida chervyakni o’zini o’qi boyicha naychaga yaqinlashtirib siljitish uchun qo’shimcha moslama mavjud va shu momentda eritilgan massa press - formaga quyiladi. Odatda bunday moslama gidravlika yordamida xarakatlanadi va chervyak 2ga o’qi boyicha ishchi silindr 6 orqali (rasm 39b) xarakatlantiriladi.
    Chervyak 2ni qadami doimiy va chuqurligi bir xil. U aylanishda materialni plastikatsiya qiladi xamda naycha 7 orqali press - formaga quyish uchun unga materialni yetkazib beradi. Bu mashinada isitish sistemasi 3 chervyakli printsipda ishlaydigan mashinalarnikiga o’xshaydi. Quyishdan oldin silindr 1 suriladi va naycha 7 press - forma teshigiga to’g’ri kelishi kerak. Granulalarni mashinaga yuklash dozator 5 va voronka 4 orqali amalga oshiriladi.
    Quyish agregatlarni press - formalari statsionar joylashgan va qo’zg’aluvchan bo’lishi mumkin.
    Odatda statsionar joylashtirilgan press - formalar ko’p o’rinli bo’ladi va detallarni quyish uchun qo’llaniladi.
    Yaxlit quyma poyabzalni va poyabzalni tagligini quyish uchun qo’zg’aluvchan press - formalar qo’llaniladi (rasm 40a). Ular odatda gorizontal karusel 1 da o’rtnatiladi, va u vertikal o’q 4 atrofida aylanib navbatdagi press - formani quyish mashinaning 2 va 3 naychalariga yetkazib beradi. Poyabzal quyish agregatlarini turli tuzilish variantlari ma'lum. Ko’pincha 2.53a rasmda qo’rsatilgan tuzilish varianti qo’llaniladi. Karusel 3 o’rtasida quyish agregati 2 joylashgani qo’llaniladi (ishlab - chiqarish maydonini tejash uchun) granulalarni (xomashyoni) agregatni voronkasiga avtomatik yetkazib berishda aerolift 1 ishlatiladi - dozator 4dan siqilgan xavo yetkazib beriladi. Bunday tuzilishi muvaffaqiyatsiz, chunki quyish agregatiga xizmat ko’rsatish murakkab. 40v rasmda gorizontal o’q
    2 atrofida aylanuvchi karusel 1 vertikal joylashtirilganligi ko’rsatilgan. Goxo quyish mashina 1 (rasm 40g) press – formalarni gorizontal karuseli ustida vertikal joylashtiriladi.

    Rasm 40. Quyish agregatlarining tuzilishini turli sxemalari.

    Poyabzalni detal va uzellarini bosim ostida quyish jarayonini rejimlari qo’llaniladigan termoplastik material, xajmi va detallarni maqsadiga bog’liq bo’ladi. Isitish temperaturasi 110-250°C, quyish vaqti 15-50sek, sovutish vaqti


    15 minutgacha, buyumni sovutish temperaturasi 60°C, quyish bosimi 15-100MPa (yaxlit quyma poyabzal uchun).
    Poyabzal tagligini PVXdan bosim ostida quyishning texnologik jarayonini taxminiy sxemasi quyidagicha (rasm 41): 1 - tanavorni yig’ish; 2 - tanavorni tortish; 3 - taglikni quyish uchun tanavorni tayyorlash; 4 - quyish mashinadagi metalli qolipga tanavorni kiyg’izish; 5 - stolni bitta pozitsiyaga burish va press - formani yopish; 6 - tanavor bilan yopilgan press -formani quyish kallagini naychasigacha yaqinlashishi va
    plastifikatsiyalangan materialni quyish, stolni bir - necha taktiga burilishining vaqtida taglikni sovitish; 7 - sifatni nazorati, nuqsonlarni bartaraf etish; 8 - poyabzalni qolipdan olish; 9 - poyabzalni pardozlash.
    Poyabzal tagligini poliuretandan quyishning texnologik jarayoni (rasm 2.55): 1 - tanavorni yig’ish;



    Rasm 41. PVX materialdan Rasm 42. Poliuretandan taglik quyish


    taglik quyish jarayonini jarayonining texnologik sxemasi
    texnologik sxemasi

    2 - tanavorni tortish;


    3 - tortish baxyasini tayyorlash;
    4 - quyish mashinaning metalli qolipga tanavorni kiyg’izish;
    5 - komponentlarni tayyorlash;
    6 - komponentlarni termostatda qizdirish;
    7 - aralashish kamerada komponentlarni ko’pirtirmoq;
    8 - ko’pirtirish agregatiga yopilgan formani yetkazish;
    9 - formadan tayyor poyabzalni chiqarib olish, quyish sifatini nazorat
    qilish va ortiqcha materiallarni olib tashlash;
    10 - poyabzalni qolipdan olish;
    11 - press - forma kanallarini tozalash;
    12 - poliuretan yuzalarga yopishib qolmasligi uchun press - formaga
    moyni surkash;
    13 - poyabzal tinib turishi;
    14 - pardozlash operatsiyalari.

    13-ma’ruza


    POYABZAL SANOATI MASHINA VA JIHOZLARINI LOYIHALASH ASOSLARI. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI TAKOMINLASH, KAM OPERATSIYALI JARAYONLARNI QO‘LLASH, YANGICHA ISHLOV BERISH. POYABZAL MASHINALARINING ZAMONAVIY TEXNIK XOLATI.



    Loyixalash jarayoni bu insonni ijodiy faoliyati doirasi. Zamonaviy mutaxassisni vazifasi bu yuqori samarali mashina, apparat, agregat, liniyalar va boshqa texnik tizimlarni yaratish.
    Mashina va apparatlarni loyixalash metodologiyasi
    Metodologiya tushunchasi - bu insonni ijodiy faoliyatida qo’llaniladigan tadqiqot usullarining yig’indisi. Mashinani loyixalash metodologiyasi bu yangi mashinani yaratishdagi barcha ishlarni qamrab oladigan omil. Yangi mashinani yaratilish zaruriyati fanni texnika va texnologiyani rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
    Xar qanday mashina vaqt o’tishi bilan nafaqat jismoniy eskiradi, balki ma'naviy eskiradi, shu sababli mashina yangi, takomillashganiga almashtirish zaruriyati paydo bo’ladi. Mashinaning jismoniy yemirilishi natijasida ishlatish xarajatlari oshadi (remont ishlariga, yemirilgan qismlarni almashtirishga, sozlashlarga).
    Yangi mashinaning yaratilishi texnik muammolarni ilmiy bashorat qilish usullari asosida o’tkazilladi.

    14-ma’ruza


    POYABZAL VA CHARM ATTORLIK SANOATINING MASHINALARINI LOYIHALASH NAZARIYASINING XOLATI. YARATILAYOTGAN MASHINAGA UMUMIY TALABLAR. MEYORIY XUJJATLAR (GOST, OST)LAR ASOSIDA YARATILAYOTGAN MASHINALARGA TALABLAR. TEXNOLOGIK JARAYONLAR UCHUN KOMPLEKS AVTOMATLASHTIRILGAN VA MEXANIZATSIYALASH-TIRILGAN MASHINALAR TIZIMINI YARATISH. MASHINALARNING UNIVERSALLIGINI OSHIRISH. ROBOTLASHTIRILGAN JIHOZLARNI QO‘LLASH. MIKROEXM VA MIKROPROTSESSORLAR ASOSIDA BOSHQARISH TIZIMLARINI QO‘LLASH. MASHINALARNING IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH.


    Yaratilayotgan mashinalarga qoyiladigan talablar


    Texnologik mashinalar, apparatlar, agregatlar, liniyalar va texnik tizimlarga qoyilayotgan asosiy talab ko’rsatgichlari quyidagi:
    - ishlab turishi, texnologik jixozlarni maqsadi va ularni qo’llash soxasidagi ijobiy samarani tavsifi;
    - ishonchliligi, texnologik jixozning xususiyatini belgilovchi va ma'lum vaqt ichida o’zining ishchanligini saqlab turishi;
    - texnologik jixatdan qulayligi, yaratishda, ishlatishda va remontda yuqori ish unumdorligini ta'minlash uchun konstruktorlik va texnik yechimlarning samarasini xarakterlaydi;
    - ergonomik, “odam - mashina - muxit “ tizimni xarakterlaydi, ishlab- chiqarish sharoitida texnologik mashinalarni ishlatishda odamning gigiyenik, antropologik, fiziologik, psixofiziologik va psixik xususiyatlar kompleksini xisobga oladi;
    - estetik, texnologik jixozlarni tashqi xususiyatlarni xarakterlovchi: originalligini yaxlitligini, muvofiqligi, muxit va stilga munosibligi va x.k.;
    - standartlashtirish va bir xillashtirish, texnologik jixozlarda standartlashtirilgan va bir xillashtirilgan detal va qismlarni ishlatilganlik darajasi;
    - patent - xuquqli, konstruktorlik yechimlarni patentlar bilan ximoyalanganlik darajasini ko’rsatgichi;
    - iqtisodiy, texnologik jixozni ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatishga sarf xarajatlarni xarakterlaydi;
    Turli faktorlarni xisobga olish, ularni batafsil analiz qilish konstruktor uchun yagona, optimal variantni qabul qilishga asos bo’ladi.
    Bu sifat qo’rsatgichlari texnologik jixozlarni yaratishdagi turli pog’onalarida qabul qilinayotgan qarorlarga kompleks mezonlari bo’ladi.

    Yangi mashinalarni yaratish tartibi, texnik xujjatlari, tayyorlash va sinovdan o’tkazish
    Yangi mashinalarni yaratilishining majburiy tartibi konstruktorlik xujjatlarning yagonalashtirilgan tizimida belgilangan (KXYat - YESKD ). Mashinani konstruktorlik ishlab chiqish uchun texnik vazifa (uni ishlab chiqishda ilmiy - tekshirish institutlari,
    konstruktorlik va loyixalovchi tashkilotlar, soxaning yetakchi mutaxassislari jalb etiladi) asos bo’ladi.
    Texnik topshiriq loyixalanayotgan mashinaga bo’lgan asosiy talablarni uning texnologik parametrlariga va texnik xarakteristikasini: mashinaning maqsadini belgilaydi, ishlatilish soxasini, shuningdek mazkur konstruktsiya qaysi turni o’rniga yaratilmoqda, qaysi yangi jarayonga bo’lishini umumlashtiradi, ishlab - chiqarishga joriy etilishini texnik - iqtisodiy asoslanishini, loyixalash muddati, tajriba namunasini tayyorlash muddatini.
    KXYatga muvofiq yaratilgan texnik topshiriq kelishilgandan va tasdiqlangandan keyin quyidagi ishlab - chiqish bosqichlari belgilanadi: texnik taklif, eskiz loyixa, texnik loyixa va ishchi xujjatlar.
    Eskiz loyixa - mashina yaratilishining texnik imkoniyati va iqtisodiy maqsadliligi pog’onasidir. Bu pog’onada mashinaning umumiy ko’rinish chizmalari bajariladi, keyinchalik bu chizmalar texnik loyixa chizmalarini ishlab - chiqarishga asos bo’ladi. Eskiz loyixa bir - necha xilda bo’lishi mumkin, ular taqqoslanib eng maqbuli qabul qilinadi. Ayrim texnologik parametrlarni to’liq o’rganish uchun, ishlab - chiqarish jarayonida mashinaning ayrim mexanizmlari yaratilib tajribadan o’tkazilishi mumkin.
    Texnik loyixa - bu pog’onada mashinaning asosiy uzellari va umumiy ko’rinish chizmalari ishlab chiqiladi, uning kinematik, elektrik, gidravlik va boshqa sxemalari xam. Xisob - kitob va tushuntirish ma'lumotlarida mashinaning batafsil texnik xarakteristika va texnik - iqtisodiy ko’rsatgichlari keltiriladi. Mashinaning normallashtirilgan detal va elementlaridan foydalanilganlik darajasi, konstruktiv xususiyatlari, kuchlar xosil bo’ladigan, pishiqlik, kinematik va texnologik xisob - kitoblari keltiriladi.
    Texnik loyixaga kelishilgan quyidagi xujjatlar keltiriladi: mexnat muxofazasi, texnik xavfsizligi va ishlab - chiqarish sanitariyasi to’g’risida; mashina patentga moyilligi baxolanishi to’g’risida patent formulyari.
    Ishchi xujjatlar. Tasdiqlangan texnik loyixa va unga berilgan e'tirozlar va takliflar asosida mashinaning ishchi xujjatlari tuziladi, unda tajribaviy nusxasini tayyorlash uchun barcha ma'lumotlar mavjud bo’ladi.
    Ishchi xujjatlarga mashinaning ishchi chizmalari, yig’ish va montaj sxemalari, spetsifikatsiya, texnik shartlar va x.k. kiradi.
    Ishchi xujjatlarni yaratgan konstruktorlik byurosi tasdiqlaydi va mashinani ishlab - chiqaradigan korxona bilan kelishiladi. Mashinaning tajribaviy nusxasini yaratish va sinovdan o’tkazish. Kelishilgan ishchi loyixa asosida mashinasozlik zavod mashinaning tajribaviy nusxasini tayyorlaydi. Ishchi chizmalarga zavod mashinaning o’zgartirishlarni faqat konstruktorlik byuro bilan kelishilgan xolda kiritishi mumkin.
    Tajribaviy nusxa zavodda tayyorlanadi va qabul qilish sinovlaridan o’tkaziladi. Zavoddagi tajribalar yangi mashinani texnologik parametrlarini va texnik xarakteristikasini tekshirish uchun o’tkaziladi.
    Zavoddagi sinovlardan o’tgan mashinani muassasalararo komissiya tekshiradi va tajribaviy mashinani nusxasini asosiy texnologik, texnik va iqtisodiy ko’rsatgichlari boyicha texnik darajasi kartasini tuzadi va mashinani ishlab - chiqarish masalasini xal etadi.
    Qabul qilish aktida ko’rsatilgan barcha o’zgartirishlar, qo’shimchalar va ko’rsatmalar ishlab - chiqarishdan oldin texnik xujjatlarga kiritiladi.
    Mashinani ishlab - chiqarish jarayonida, belgilangan tartibda, zavodda kontrol sinovlari o’tkaziladi.
    Ishlab - chiqarilgan mashinalarga kafolat muddatida ishlatilishini va nazorat qilinishini yaratgan konstruktorlik byuro va tayyorlovchi zavod amalga oshiradi.
    15-ma’ruza

    KONSTRUKTORLIK XUJJATLARINI YARATISH POG‘ONALARI, HAMDA MASHINA VA JIHOZLARNI TAYYORLASH. YANGI MASHINANI YARATISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. MASHINANI YARATISH POG‘ONALARI-TASHKILIY POG‘ONALAR. POG‘ONALARNI BAJARISH KETMA-KETLIGI, MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI. MASHINANI LOYIHALASH MUDDATINI QISQARTIRISH YO‘LLARI.


    Mashinalar konstruktsiyasi texnologiyaga mosligi


    Ratsional loyixalangan mashina o’zining maqsadiga qarab mukammal bo’lishi lozim va uni ishlatish sharoitiga to’liq javob berishi kerak. Mashinani yaratishga, uni ishlatishga, sozlashga, ta'mirlashga, rejimlarini o’zgartirishga ketgan xarajatlar va vositalar sodda va minimal bo’lishi lozim.
    Mashinalar konstruktsiyasi texnologiyaga mosligi uchta yo’nalish boyicha amalga oshiriladi. Konstruktiv yo’nalishi mashinaning printsipial sxemasini tanlashni o’z ichiga oladi va u sodda tuzilishini ta'minlashi lozim; yig’ishni osonlashtirish, sozlash, ta'mirlash va montaj uchun konstruktsiyani bo’laklarga ajratish; detallar nomlanish sonini kamaytirish va ularni geometrik formalarini soddalashtirish; mexanizm, detallar va materiallarni birxillashtirish.
    Texnologik yo’nalishi quyidagilar bilan tafsiflanadi:
    - mashina yaratilishda mexanizmni ishlab - chiqarish unumdorligini yuqori bo’lishini ta'minlash imkoniyatlari;
    - ishlov berish va yig’ishda yuqori ishlab - chiqarish usullarini qo’llash va unga ketadigan muddatlarni qisqartirish;
    - detallarni tayyorlashda va yig’ishda belgilangan aniqlikni bajarish va nazorat qilishda yuqori unumli vositalarni qo’llash;
    - detallarni tayyorlashda material sarfini kamaytirish;
    - yangi materiallarni qo’llash;
    Ishlatish (ekspluatatsiya) yo’nalishi o’z ichiga mashinaning ishonchliligini va uni maxsulotini sifat ko’rsatgichlarini doimiyligini ta'minlanishini; mashinaning remonti va unga xizmat ko’rsatilishini oddiyligini, og’irligini va extiyot detallarini kamligini. Mazkur masalalarni xal etishda konstruktor va texnologlarni birgalikda ishlashi zarur bo’ladi.

    Yangi mashinani konstruktsiyasini yaratish yoki modernizatsiya (takomillashtirish) qilish uni ishlab - chiqarishga joriy etilishning iqtisodiy samarasini xisoblash bilan yakunlanadi, albatta shunga o’xshash zamonaviy mashinalar bilan taqqoslangan xolda. Yangi mashinani joriy etilishining iqtisodiy samarasi pirovard natijada chiqariladigan maxsulotning tan narxiga ta'sir etadi.


    Yangi mashinaning samaradorligini aniqlashda quyidagi asosiy ko’rsatgichlar xisobga olinadi: kapital xarajatlar, ishlab - chiqarilayotgan maxsulotni joriy etilishdan oldin va keyingi tan narxi, kapital xarajatlarni qoplanish muddati va ishlatilishga kiritilgandan keyingi mexnat unumdorligini ko’tarilishi. Yangi mashinani eng samarali variantini tanlashdagi asosiy ko’rsatgichlarini quyidagi ma'lumatlar bilan to’ldiriladi - energiya va xomashyoni xarajati, maxsulot birligining sermexnatligi, moslamani o’rnatish uchun zarur maydon va x.k.
    Mazkur mashinani joriy etilishi natijasida ishlab - chiqarish xajmi o’sishidan ko’pincha xarajatlarni shartli - doimiy qismini nisbiy iqtisodini yillik mablag’i aniqlanadi:
    (3.1)
    bu yerda Hy - qo’shimcha xarajatlarni shartli - doimiy qismini yillik mablag’i, so’mda

    Download 3,28 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 3,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi

    Download 3,28 Mb.