Kontakt yo’li bilan namlash moslamasi termodiffuziya printsipida namlaydi. Bu usul maxsus maqsadlangan operatsiyalarni bajarishda qo’llaniladi - tanavorni barmoq - tutam qismini tortishdan oldin namlashda qo’llaniladi. Moslamada sovuq puanson 5 (rasm 32) atrofi buq yostiqchasi bilan qoplangan, unda korpus 4 bo’lib u elektroisitgich 2 bilan isitiladi 100-200oC gacha. Korpus ichida bo’shliq 8 mavjud, unga forsunka 3 orqali bosim ostida suv keltiriladi va purkalanadi.
Rasm 33. Taglik charm detallarni nam bug’ bilan namlaydigan
davriy xarakat qiluvchi kamera tipidagi apparat
Suv issiq bo’shliqqa kirib bug’lanadi. Bug’ yostiqchasining ichki yuzasi plastina 7 metalldan yasalgan to’r 6 bilan qoplangan. Namlanadigan tanavor sovuq puanson 5 ga yoyiladi va uni ustiga ishchi pnevmotsilindr 1 yordamida bug’ yostiqchasi tushiriladi. Shu payt forsunka suvni bo’shliq 8 ga purkaydi, xosil bo’lgan bug’ plastina 7 dagi teshiklardan va setka 6 dan tanavorga yetkaziladi. Puanson va bug’li yostiqchalarning xaroratini farqi tufayli bug’ materialga singiydi va uni namlaydi (termodiffuziya jarayoni bo’lib o’tadi). Bu usuldagi namlash tanavorda namlikni ko’p saqlamaydi, shuning uchun bu usul bevosita tortish oldidan qo’llaniladi.
Rasm 34. Tanavorni barmoq tutam qismini kontakt usulida
namlovchi moslama (termodiffuziya usuli bilan)
11-ma’ruza
PAYVANDLASH USULI BILAN BIRIKTIRADIGAN MASHINALAR. YUQORI CHASTOTALI TOK (YUCHT), ULTRATOVUSH BILAN PAYVANDLASH JIHOZLARI. BIRIKTIRISH JARAYONINING XUSUSIYATLARI VA BIRIKKAN MATERIALLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. ISSIQ VULKANIZATSIYALOVCHI MASHINA VA JIHOZLAR.
Payvandlash usulida tanavorni yig’ish mashinalari
Poyabzal va attorlik ishlab-chiqarishda termoplast sintetik mayeriallardan tayorlangan detallarni yigishda payvandlash usuli keng qo’llaniladi. Turli ishlab chiqarishlarda termoplast materiallarni payvandlashni ma'lum usullari ikkita katta guruxlarga bo’linadi: issiqlik energiyani yetkazib berish va uni ishlab chiqarish bilan. Issiqlik energiyani yetkazib berish bilan payvandlash usuliga issiqli kontakt va gazli payvandlash, issiqlik energiyani ishlab chiqaradigan yuqori chastotali, ultratovushli, radiatsiyalangan, lazerli, friktsion. Poyabzal va attorlik ishlab chiqarishda eng ko’p tarqalgani bu yuqori chastotali payvadlash (Yucht bilan payvandlash). Yucht payvandlash usulini mazmuni shundaki, termoplast materiallarni Yucht maydoniga joylashtirilganda u yelimshaklik xolatgacha isitiladi, elektrik yuqori chastotali maydon energiyasini materialni ichida issiqlik energiyaga aylantirilishi tufayli. Payvandlash uchun yuqori chastotali jixozlarni ishchi organlari sifatida yuqori elektr o’tkazish xususiyatlariga ega materiallardan ( latun, alyuminiy qotishmalari) tayyorlangan elektrodlar ishlatiladi. Elektrodlarni shakli keskichlarni formasiga o’xshatib tayyorlanadi, ammo materialni kuyishini va elektr yoyi xosil bo’lmasligini oldini olish uchun, elektrodni kontaktga kiruvchi qismini chetlari yumaloqlashgan bo’ladi. Sifatli elektrodlarni tayyorlashda ularni konstruktsiyasi va razmerlariga aloxida talablar qoyiladi. Ikki xil elektrodlar qo’llaniladi: kontakt qismining eni bir xil bo’ladigani (rasm 2,7a) va birini eni kengroq bo’ladigani (rasm 2,7b). Bir xil elektrodlar (eni barobar) bo’lsa payvandlash sifatliroq bo’ladi, chunki Yucht maydonini chetki effekti kamroq bo’ladi va material tekisroq qiziydi. Elektrodlarni eni kamaysa elektr energiyani yoyilishi pasayadi. Elektrodni kontaktga kiradigan enipayvandlanayotgan materiallarni jami qalinligining ikki barobar katta bo’lishi lozim.Yumaloqlashtirish radiusi r elektrod enining ga teng bo’lishi kerak ( ).
Materialga solishtirma bosimi bo’lishi kerak: charmga - 0,3....0,8 MPa, plyonkali materialga - 0,1...0,5 MPa. Agar bosim ko’payib ketsa, unda elektrodlar materialni yumshatgandan keyin uni chetlarga bosib chikaradi va payvand choki yupqalashadi. Shuning uchun solishtirma bosim , elektrod eni а , yuqori chastotali qizdirish vaqti t, va qovushqoqlikni dinamik koeffitsenti oralarida optimal bogliqlik bor:
ρ=( ) (2.25)
bu yerda - payvandlashda materiallarni yupqalashini darajasi
(b - boshlanqich va b1-oxirgi qalinlik)
Rasm 35. Yucht bilan payvandlash
Talab etilgan oxirgi payvandlash chokini qalinligini ta'minlash uchun payvandlash moslamada elektrodni xarakat yo’li chegaralanadi.
Yuqori chastotali payvandlash moslamalari ikkita asosiy qismlardan iborat: yuqori chastotali elekromagnit energiya manbasi sifatida yuqori chastotali generator 1 (rasm. 35v), va 2 payvandlash pressi. Qo’llaniladigan payvandlash presslar qo’zqalmas stol, suriladigan stol va karuselli bo’lishi mumkin. Keltirilgan sxemada press 2 qo’zqalmas stol 7 ga ega, unda qo’zqalmas plita 6 va boshcha (golovka) 3 o’rnatilgan ustki xarakatlanuvchi plita 5. Payvandlanayotgan materiallarni yuz tomoni elektrodlarga qaratib taxlanadi xamda 5 va 6 plitalar orsiga o’rnatiladi. Bunda elektr to’playdigan asbob xosil bo’ladi va uni qoplamalari oraligida elektr energiya kuchayib - pasayib oqadi, natijada u material ichida issiqlik energiyaga aylanadi. Payvandlash davrida ishchi zona ekran 4 bilan ximoyalangan. Plitalar 5 va 6 tok bilan yakka - yakka qizimaydigan yo’gon sim, egiladigan elementlar va siljiydigan kontakt moslamalar bilan ulanadi. Tok generator 1dan press 2 gacha koaksial tok o’tkazuvchi 8 orqali yetkaziladi.
12-ma’ruza
POYABZAL TAGLIGINI ISSIQ VULKANIZATSIYALASH USULI. JIHOZLARNING ISHCHI ORGANLAR. JARAYON XUSUSIYATLARI. JIHOZLARNING KLASSIFIKATSIYASI. QUYISH MASHINA VA JIHOZLARI. QUYISH TO‘G‘RISIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR. QUYISH USULLARI. JIHOZLARNING ASOSIY MEXANIZM VA QISMLARI.
Poyabzal tagligini issiq vulkanizatsiyalash uchun press va press - agregatlar
Presslarning ishchi organlari deb press - sektsiyalari bo’ladi, ularning soni vulkanizatsiyalash vaqtiga bog’liq (6-20min), bu texnologik rejimlarning rinchisi. Ikkinchi muxim rejim - qorishmani isitish temperaturasi (170-250°C). Uchinchi rejim
Rasm 36. Press PPG-4-O ning press-seksiyasida
texnologik kuchlanishni xisoblash sxemasi
Rasm 37. Poyabzal tagligini vulkanizatsiyalash uchun pressning
va press – agregatlarining turlari
- rezina qorishmasini presslamoq bosimi, bu olinayotgan rezinaning strukturasiga bog’liq (monolit yoki g’ovakli) va bosim 0,5-2,5MPa ni tashkil etadi.
Press - sektsiyada metall qolip 1 (rasm 37a) ga yig’ilgan tanavor kiyg’iziladi, yon tomondagi yarimmatritsalar 2 taglikni konturi boyicha qamrab oladi va qirralarini xosil qiladi, ostki tayanch 3 (asos yoki puanson) taglikni izi boyicha qamrab oladi va uni presslaydi. Asos (yoki puanson) ni isitish temperaturasidan taglikni vulkanizatsiyalash vaqtiga bog’liq, chunki ular press - sektsiyaga solingan xom rezina bilan tutashadi. Qanchalik temperatura baland bo’lsa shuncha vulkanizatsiyalash jarayoni tez o’tadi. Asos (puanson) uchun 170-210°C temperatura qo’llaniladi.
Ustki materialni issiqlikka bardoshligi chegaralanganligi sababli va vulkanizatsiyalash davrida material bilan yarimmatritsalar tutashishligi uchun, yarimmatritsalar temperaturasi 150-180°C bo’ladi xamda tanavorni materialiga
Bog’liq bo’ladi.
Presslardagi press - sektsiyalarni konstruktsiyasi uchta turi qo’llaniladi: yopiq tipidagi (rasm 37b), unda asos 3 qo’zg’almas, bosim asos tomonidan yaratiladi; ochiq tipidagi (rasm 37v), unda puanson 3 qo’llaniladi va u bosimni yaratadi; plunjerli (rasm 37g) xususiy xoldagi ochiq tipidagi press - sektsiY. Oxirgi ikkita konstruktsiyaga o’xshash, yon tomonda qisuvchi, ammo ishlashi quyidagicha: oldin puanson qolip bilan yaqinlashadi, keyin yarimmatritsalar kontur boyicha qamrab oladi. Bu press - sektsiyalarda baxor - kuz va qishki poyabzallar uchun kengaytirilgan taglik chetlari olinishi mumkin (rasm 37d). Berk va ochiq tipdagi press - sektsiyalarda (rasm 37 b,v,g) avval yon tomondagi yarimmatritsalar yaqinlashishadi, keyin qolip bilan puanson. Berk tipdagi press - sektsiyalarning kamchiligi shundaki, vipressovkalar matritsa bilan qolip orasidagi tirqishga chiqib qoladi va uni poyabzaldan yo’qotish qiyin bo’ladi. Ochiq tipdagi press - sektsiyalarda vipressovka taglikni ishchi yuzasiga chiqadi va uni yo’qotish onsonroq.
Issiq vulkanizatsiyalash jarayonining texnologik parametrlari. Texnologik parametrlarga quyidagilar kiradi:
pressning press - sektsiyasida xom aralashmadan taglikni shakillash kuchi; rezina aralashmasini isitish temperaturasi va to’la vulkanizatsiyalanguncha buyumlarni press - sektsiyada saqlash vaqti.
Press - sektsiyada texnologik kuch ikkita qismdan tuzilgan bo’ladi: qolipga ta'sir etuvchi kuchdan Pk (yoki puansonga), va xar bir yarimmatritsaga ta'sir etuvchi kuchdan Pm. Bu kuchlarni xom rezinaning vulkanizatsiyalash jarayonida uning ichida xosil bo’ladigan ichki bosim pf dan topish mumkin.
(2.45)
bu yerda Sk- qolip tag yuzasining maydoni
|