|
Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi
|
bet | 11/18 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 3,28 Mb. | | #152897 |
Bog'liq PKJ maruza matni №1-16Alyuminiy - kumush rang - oq metall bo’lib, yengil va bolg’alanuvchan, korroziyaga chidamlidir. Alyuminiy yuqori elektr o’tkazuvchanlikka va issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. Mashina detallarini tayyorlash uchun asosan uning qotishmalar bo’lgan dyuralyuminiy va siluminlardan foydalaniladi. Eng yengil konstruktsion materiallardan biri bo’lib, sho’rsuvlarda, atmosferada korroziyaga chidamliligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Alyuminiy qotishmalarini kichik solishtirma og’irligi, yetarli pishiqligi, yengil ishlov berilishliligi ya'ni alyuminiy qotishmalarni payvandlanish, toblanish xususiyatlari tufayli mashinasozlikda ishlatilishi kengaymoqda.
Dyuralyuminiy - bu alyuminiyning mis, magniy va marganets bilan qotishmasidir. Dyuralyuminiydan maxsulotlar qoliplash, prokatlash va bolg’alash kabi bosim usullari bilan tayyorlanadi. Dyuralyuminiyning oshirilgan mexanik xossalarini aniqlovchi asosiy komponentlar bo’lib mis va magniy xisoblanadi, chunki ular termik ishlov berishda qotishmaning mustaxkamligi va qattiqligini oshiradi. Marganets dyuralyuminiyning qattiqligi va korroziyaga chidamliligini oshiradi. Dyuralyuminiy D xarfi bilan belgilanadi. Dyuralyuminiyning D1, D6, D16 kabi rusumlari mavjud. Dyuralyuminiy yuklangan konstruktsiya elementlarini, turli xil prokatlarni, korpus detallarini, qoliplangan detallarni va xokazolarni tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Silumin - alyuminiyning kremniy bilan qotishmasidir. Siluminlar yuqori quyish xossalariga, ya'ni kam cho’kish, yaxshi suyuq oquvchanlik va alyuminiyga nisbatan yuqori mustaxkamlikka ega. Biroq bu xossalarni olish uchun qotishmalarni qotishma massasidan 0,1 % miqdorda metall natriysi bilan modifikatsiyalash zarur.
Texnikada tarkibida 6 dan 13 % gacha kremniy bo’lgan siluminlar qo’llaniladi.
Siluminlarning ba'zi markalari va ularning qo’llanilishiga misollar keltiramiz:
AL2 - murakkab konfiguratsiyadagi quymalar, poyafzal kolodkalari tayyorlanadi;
AL3 - asboblar korpuslari, armatura, konveyerlar tayyorlanadi;
AL4 - dvigatellarning yirik va o’rta quymalari tayyorlanadi.
Rezina - bu tabiiy va sun'iy sintetik kauchukning kimyoviy o’zgarishi (vulkanizatsiya qilingan) natijasida xosil bo’lgan maxsulot bo’lib, u yuqori elastik, yeyilishga chidamlilik, elektroizolyatsion xossalarining yaxshiligi, kimyoviy barqarorlik, gaz va suyuqlik o’tkazmaslik kabi xossalari tufayli poyabzal soxasida keng qo’laniladi. Rezinani mustaxkamligini oshirish uchun undan yasalgan detallar armirlanadi, ya'ni metall-kord, po’lat-sim yoki to’r, shisha yoki kapron iplar qo’shilib to’qiladi. Rezinalar ichida poliuretanlar aloxida o’rin egallaydi. Rezinalarga qaraganda ularning fizik-mexanik xossalari yuqori, agressiv muxitlarga, yog’, suyultirilgan kislota va ishqorlarga chidamliroq, mustaxkamligi katta, yeyilishga chidamlidir.
Poyabzal sanoatida mashinalarni ishlatish va ta'mirlash sharoitlari.
Tayinlangan funktsiyalarni bajara oladigan maxsus texnik ko’rsatgichga ega texnologik jixozlar loyixalaniladi va yaratiladi. Mashinani uzoq muddat va noto’gri ishlatilishi natijasida, xamda texnik xizmat ko’rsatish qoidalari buzulsa uni texnik xolati yomonlashadi, shuning bilan asosiy funktsional ko’rsatgichlari xam o’zgaradi, birinchi navbatda chiqarilayotgan maxsulot sifati va soni, ishlab chiqarish unumdorligi xam pasayadi. Agar mashinani texnik parametrlari joiz qiymat chegarasidan chiqib ketsa, mashina ishlay olmaydigan xolatda deb xisoblanadi.
Mashinani ishga kobilyatliligi bu shunday xolatiki, uni normal ishlatish sharoitida belgilangan funktsiyalarni bajara olishi. Ishlatish sharoit va texnik xizmat ko’rsatish xolatiga mashinani chidamliligi va xizmat qilish muddatiga boglik. Belgilangan texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash tizimiga rioya qilib mashinani chegara xolatigacha ishga qobilyatliligini to’xtovsiz saqlab turish xususiyatni chidamlilik deb tushuniladi.
Mashinani xizmat qilish davri bu mashinani kalendar muddatda texnik xujjatlarida qayd etilgan chegara xolatigacha ishlatish.
Mashinani to’xtamasdan ishlashi bu ma'lum vaqt ichida majburan to’xtamasdan o’zini ishga qobilyatliligini saqlashi. O’z vaqtida mashinani nazorat qilish, nosozliklarni topib ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash bilan bartaraf etish mashinani ishga qobilyatliligini yaxshilaydi.
Shu qatorda mashinalarda ma'lum vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan detallar va ulardan tuzilgan uzellar mavjud. Yangi loyixalanayotgan mashina va detallar ishonchli, aniq, mustaxkam, ishlash muddati uzoq, yiqish oson, ish unumi yuqori, boshqarish uchun qulay, o’lchamlari kichik, ko’rinishi estetik jixatdan ko’rkam xamda iqtisodiy jixatdan tejamli bo’lishi kerak.
Loyixalanayotgan mashina detallari ishlashga layoqati ularning mustaxkamligi, bikirligi, issiqqa, yeyilishga va titrashga chidamliligi bilan belgilanadi. Detalning ishlash layoqati uni ishlash sharoitiga nisbatan belgilanadi. Masalan, tishli gildirakni normal ishlashi uchun tish yuzasining mustaxkamlik sharti qoyilsa, sirpanish podshipniklar uchun yeyilishga chidamlilik, vallar uchun bikirlik, mustaxkamlik va titrashga chidamlilik muxum talablardan xisoblanadi. Shuning uchun detallarni qanday sharoitda ishlashiga qarab, qanday shart qoyilishini belgilash kerak. Ularni xisoblash va loyixalashda shu shart bajarilishini ta'minlash lozim. Ishlash jarayonida detallarni elastik deformatsiyasi joiz qiymatdan ortib ketmasligi uchun uni bikirligi yetarli darajada ta'minlanishi kerak. Valning joiz qiymatidan ortiq egilishi unga o’rnatilgan detallarning muddatidan oldinroq ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Ba'zi detallarning xaddan tashqari bikir bo’lishi ularning chidamliligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Masalan, po’latdan tayyorlangan tishli g’ildirak tishlarini ortiq darajada bikir bo’lishi ishlash vaqtida dinamik kuchlarning paydo bo’lishiga va shovqinning kuchayishtga olib keladi. Demak, zarur bo’lgan xollarda detallarni ma'lum darajada moslanuvchan bo’lishi talab etiladi.
Ishlatish jarayonida mashinalarning 85-90% detallarning yeyilishi tufayli ishga yaroqsiz xolga keladi. Demak, mashinasozlik sanoatida loyixalanayotgan, tayyorlanayotgan mashinalarni ish jarayonida iloji boricha ta'mirlamasdan ishlashi ta'minlanishi kerak. Ishqalanuvchi detallarning tez-tez moylab turish, termik qayta ishlash, yeyilishga chidamli materiallarni ishlatish yeyilishni kamaytirish chora-tadbirlari xisoblanadi. Ishlash jarayonida mashinaning titrashi natijasida detallarda qo’shimcha dinamik kuchlar xosil bo’ladi, bu esa ularning toliqishiga sabab bo’ladi va ishdan chiqishini tezlashtiradi. Mashinalarda titrash xodisasini kamaytirish uchun titrashni so’ndirgichlardan, ya'ni maxsus elastik elementlardan, foydalanish tavsiya etiladi.
Detallar o’zaro bir-biriga ishqalanishi natijasida qiziydi, bu qizish natijasida esa quyidagi salbiy xollar roy berishi mumkin: detallarning mustaxkamligi pasayadi, moylarning moylash xususiyati kamayadi, natijada o’zaro ishqalanuvchi detallarning yeyilishi ortadi, orasidagi bo’shlik kattalashadi, bu esa mashina va mexanizmlarning ishdagi noaniqlikka olib keladi. Shuning uchun mashina qizishi me'yordan ortib ketmasligi kerak. Mashinaning qizishda salbiy xollar roy bermasligi uchun mashina va mexanizmlar qizishga tekshiriladi, bunda mashinalarning qizishi me'yoridan ortiq bo’lsa maxsus sovutgichlar ishlatiladi yoki mashinaga konstruktiv uzgartirishlar kiritiladi.
Mashinalar, uning detallari ishonchli va to’xtab qolmay ishlashi, ularni ishlash darajasiga qarab belgilanadi. Ishonchli ishlashini ta'minlashda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: loyixalash, detallarni tayyorlash, yig’ish xamda shu mashina, mexanizmlarni ishlatish davri. Mashinani ishonchli ishlashi, undan foydalanish jarayonida to’xtab qolmay ishlash darajasiga qarab belgilanadi.
Poyabzal korxonalarida mashinalarni ishlatish
va ta'mirlashni tashkil etish
Poyabzal korxanalarida jixozlarga qarash va ularni ta'mirlash tizimi mexanizmlarni sinish va avariya xolatini oldini olishda rejali ishlarni amalga oshirish printsipga, mashina detallarini muddatdan oldin yeyilishiga yo’l qoymaslikka asoslangan. Jixozlarni ta'miri va ta'mirlar oraligidagi davrda xizmat ko’rsatish bilan mashg’ul xodimlarni asosiy vazifalaridan biri, bu mashinalarni ishchan xolatda saqlash, ularni ta'mirlash vaqtidagi to’xtab turishini qisqartirish. Mashinalarni ta'mirda to’xtab turishini qisqartirilishi, ta'mirlash ishlarini yaxshi tashkil etilishi, jixozlarga to’g’ri qarab turish bilan erishiladi. Ko’rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish
maqsadida korxonalarda jixozlarni rejali ogoxlantiruv ta'mir tizimi qo’llaniladi.
Texnologik jixozlarga profilaktika sifatida avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida jixozlarni va unga xizmat qiladigan transport moslamalariga, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarga nazorat qilish, jixozlarga qarab turish va barcha ta'mirlash turlarini tashkiliy va texnik tadbirlarni xammasi rejali - ogoxlantiruv ta'mir tizimi (ROTT) deb ataladi.
Jixozlarni ishchan xolatda ushlab turmoq uchun, ularni maksimal ishlab - chiqish unumdorligi va maxsulot sifatini yuqori bo’lishni, ta'mirlash narxini pasaytirish va jixozlarni ta'mirda to’xtab turishini kamaytirishga ROTT yordam berishi lozim. ROTT jixozlarga profilaktik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash, ta'mirlash davrida mashinani modernizatsiya qilish, ta'mirning sermexnatlik, ta'mirda to’xtab turish, materiallar sarfi, ta'mir uchun detallar sarfi va boshqa meyyorlarni yaratishni o’z ichiga oladi. ROTTni barcha turlarini bajarishda tiklanayotgan detal va uzellarni
sifati va chidamliligi yuqori bo’lishini zamonaviy texnologiyalarni qo’llash bilan, korxonani extiyot detal va uzellar bilan ta'minlashni tashkil etish, ularni xisobga olish va saqlash, jixozlarni progressiv texnologik ta'mirlash jarayonlarini va texnik sharoitlarini ishlab chiqish va ta'mirlashga qabul qilish, texnik xujjatlarni yaratish.
Ko’rsatilgan tadbirlarni o’tkazish korxonalarga yuklatiladi.
Jixozlarni rejali ogoxlantiruv ta'mir tizimiga quyidagi ta'mirlar kiradi: 1- texnik qarab turish va joriy ta'mir; 2 - o’rta ta'mir; 3.-kapital ta'mir.
Rejali ta'mirlar orasidagi davrda jixozlarni normal xolatida ishlash va qarab turishga to’liq ma'suliyat smena ustasi va sex boshlig’iga yuklatiladi.
ROTTdagi tadbirlarni o’tkazilishiga va tashkil etilishiga bo’lgan umumiy ma'suliyat korxonaning bosh injeneriga yuklanadi.
Ishlab chiqarish sexlaridagi transport vositalarini va mexanizatsiyalash xamda avtomatizatsiyalash vositalarini barcha ta'mirlash turlarini bosh mexanik bo’limi xodimlari amalga oshiradi, mazkur vositalarga xizmat ko’rsatishni sex xodimlari bajaradi.
Jixozlarga qarab turish va ularni joriy ta'miri
Jixozlarga texnik qarab turish va uni joriy ta'miri, jixozlarni ishlatish va ularni ta'mirlariaro xizmat ko’rsatish kabi, sex xodimlari tamonidan bajariladi.
Ularni maqsadi - jixozlarni umumiy xizmat qilish muddatini uzaytirish, barvaqt yeyilishini va ularni avariya xolatidan oldin safdan chiqishini oldini olish.
Oldindan tuzilgan grafik asosida, jixozlarni bo’laklarga ajratmasdan unga texnik qarab turish va joriy ta'mir amalga oshiriladi.
Texnik qarab turish va joriy ta'mirdagi ishlar xajmi jixozlarga qarab turish va ularni ishlatish boyicha yo’riqlar talabi asosida aniqlanadi, shunda kichik nosozliklarni bartaraf etish, tez yeyiladigan detallarni almashtirish, podshipniklar xolatiga, rezbali, shponkali va boshqa birikmalarga, zichlagichlarga va boshqalarni nazorat qilish.
Jixozlarni ko’rikdan o’tkazish va ta'mirlash natijalari usta yoki ta'mirlash brigadiri tamonidan jurnalda qayt etiladi.Jixozlarga texnik qarab turish va uni joriy ta'mirlashga mas'ul shaxslar, ular xizmat ko’rsatayotgan jixozlarni yaxshi bilishi zarur va tegishli malakaga ega bo’lishi lozim.
Bajargan ishlarini bosh mexanik bo’limi tamonidan muntazam nazorat
qilinadi.
Jixozlarni o’rta ta'miri
Jixozlarni o’rta ta'miri, ta'mirlar grafigida belgilangan muddatda bajariladi.
O’rta ta'mirni maqsadi bu ikkita kapital ta'mirlar orasida jixozlarni normal xolda ishlab turishini ta'minlash.
O’rta ta'mirni xajmi sex boshlig’i yoki ustasi bilan ta'mirlash mexanik ustaxonasining ustasi bilan belgilanadi, shunda nuqsonlar royxatidagi ishlar xisobga olinadi. Nuqsonlar royxati mashinalarni joriy nazoratlari natijasi bilan, mashinalarni bo’laklarga ajratish va ta'mirlash jarayonida to’ldiriladi.
Jixozlarni o’rta ta'mir xajmiga quyidagilar kiritiladi: mashinani barcha mexanizmlari tekshiriladi, qisman bo’laklarga ajratiladi, ayrim uzellar ta'mirlanadi, bunda yeyilgan detallar, prokladkalar (qistirmalar), zichlagichlar, maxkamlash detallari almashtiriladi, friktsion tormoz tasmalarni, disklarni tekshirish va almashtirish, barcha podshipniklarni, moylovchi moslamalarni, reduktorlarni va boshqalarni tozalash, moylovchi moddalarni almashtirish, mashinani xarakatda sinab ko’rib sozlamoq.
O’rta ta'mir barcha almashtiriladigan qism va detallar, zarur materiallarni mavjudligidan keyin boshlanishi mumkin.
Jixozlarni kapital ta'miri
Jixozning kapital ta'miri rasmiy davriylikni xisobga olgan xolda, ta'mirlar grafigida belgilangan muddatda, uning turgan joyida yoki sexdan tashqarida (ta'mirlash mexanik ustaxonasida) bajariladi.
Kapital ta'mirda jixozlar to’liq ajratiladi, barcha uzel va detallar tekshiriladi, tutashgan detal va uzellarni o’lchamlari texnik shartlariga ko’ra tiklanadi, yig’ish, sozlash, tashqi ko’rinishini yangilash, sinash va ta'mirlangan jixozni ishlab chiqarishga topshirish.
Boshlang’ich razmerlar xaqiqiy o’lchamlar emas, chizmadagi yoki texnik
shartlaridagisi olinadi.
Kapital ta'mirni xajmi sex boshlig’i yoki ustasi bilan ta'mirlash mexanik ustaxonasining ustasi bilan oxirgi o’rta ta'mirni o’tkazishdagi mashinaning xolati to’g’risida ma'lumotlar asosida belgilanadi, shunda nuqsonlar royxatidagi ishlar xisobga olinadi va mashinani bo’laklarga ajratishda aniqlik kiritiladi. Ta'mir uchun zarur bo’lgan xujjatlar korxananing bosh mexanik bo’limi tamonidan ta'minlanadi.
Jixozlarni moderinizatsiyasi (takomillashtirilishi) odatda ularni kapital ta'mirlash davrida o’tkaziladi.
Kapital ta'mir uchun zarur bo’lgan material, yordamchi qisimlar va ishchi kuch tayyor bo’lgandan keyingina jixozlarni ta'mirlashga to’xtatish mumkin.
Jixozlarni o’rta va kapital ta'mirini bosh mexanik bo’limining xodimlari bajaradi yoki jixozlarni ta'mirlaydigan ixtisoslashgan tashkilotlar.
O’rta va kapital ta'mir o’tkazilganligi maxsus kitobda qayd etiladi, unda jixozlarning nomi, uning korxona raqami, ta'mirni bajarilgan sanasi, ta'mir baxosi, brigadirning familiyasi.
Jixozlarni ta'mirini rejalashtirish
Rejali ogoxlantiruv ta'mir tizimi boyicha ta'mir ishlari rejalashtirilishda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: ta'mirlararo sikl, ta'mirlararo davr, ta'mirlash sikli, ta'mirlararo siklini tuzilishi.
Ikkita kapital ta'mir o’rtasidagi vaqt oraligi ta'mirlararo sikl deb aytiladi; yangi jixozlarni ishlatishga topshirishda ta'mirlararo sikl jixozni ishga tushirishdan birinchi kapital ta'mirgacha bo’lgan vaqt xisoblanadi.
Jixozlarning rejadagi ikkita yaqin bo’lgan ta'mirlari orasidagi vaqt ta'mirlararo davr deb aytiladi.
Jixozlarni ta'mirda to’xtab turishining to’liq vaqti ta'mir davri deb aytiladi.
Ta'mirlararo siklni tuzilishi bu rejali ogoxlantiruv ta'mir tizimida ko’zda tutilgan va bajarilishi lozim bo’lgan ishlar royxati va ketma ketligi deb aytiladi.
Ta'mirlararo siklni tuzilishi jixozlarni ishlatish sharoitiga va uni murakkabligiga bog’liq.
Texnologik jixozlarni asosiy turlarini ta'mirlararo sikl va ta'mirlararo davrlarni me'yoriy vaqtlari poyabzal sanoatini rejali ogoxlantiruv ta'mir tizimining nizomida keltirilgan.
Ayrim texnologik jixozlarning ta'mirlararo siklini tuzilishi jadval 1da keltirilgan.
ROTT boyicha rejalashtirilgan ish xajmi texnik xizmat ko’rsatish boyicha ishlar royxati bilan, shuningdek joriy, o’rta va kapital ta'mirlarning grafiklari bilan aniqlanadi. Kapital, o’rta va joriy ta'mirlarning grafiklari o’rnatilgan davriylikka muvofiq bir yilga bosh mexanik bo’limi va bosh energetik bo’limida tuziladi.
Jadval
Ayrim texnologik jixozlarning ta'mirlararo siklini tuzilishi.
Jixozlar nomi
(bazoviy modellari)
|
Ta'mir ishlarini navbatlanishi
|
O’rta ta'mirlar soni
|
Poyabzal tagligini kesish presslari (PVG-18)
|
K--- O’---K
|
1
|
Poyabzalni ustki detallarini kesish presslari (PVG-8)
|
K--- O’--- O’---K
|
2
|
Tikuv mashina (34-sinf)
|
K--- O’--- O’--- O’---K
|
3
|
Poyabzal tanovarini zichlab tortish mashinalari (3V-1 va 02007G`R2)
|
K--- O’--- O’--- O’---K
|
3
|
Ilova: K-kapital ta'mir, S-o’rta ta'mir. Poyabzal mashinalarini joriy
ta'miri odatda ularni nazorat qilish davrida o’tkaziladi.
Grafiklar bosh mexanik (bosh energetik) va ta'mirlash - mexanika ustaxonasi boshlig’i tomonidan imzolanadi va korxona bosh muxandisi tomonidan tasdiqlanadi.
Tezkor oylik ta'mirlash grafigi ta'mirlash brigadasiga oyning boshlanishiga 10 kun qolganda topshiriladi. Ta'mirlarni bajarilishi grafikda shtrix chiziq bilan belgilanadi va o’tkazilgan muddati yozib qoyiladi. Ta'mirlar grafigi tasdiqlangandan keyin uning asosida smetali-moliyaviy xisoblar va kapital ta'mirlanadigan jixozlarning royxati tuziladi.
Jixozlarni texnik qarab turish va joriy remonti grafigini sex xodimlari tuzadi va sex boshlig’i uni tasdiqlaydi. Bajarilishi grafikda belgilanib sanasi ko’rsatiladi.
Detallarni tozalash va yog’sizlantirish
Mashinadan ajratilgan detallar, odatda turli iflosliklar bilan qoplangan: yeyilish natijasidagi qattiq zarrachalar bilan; organik moddalar bilan – yog’, moy; mashinada qayta ishlanayotgan materiallarning zarrachalari bilan; zanglash moddalari - oksidlari, xar xil sulfitlar, sulfamidlar, karbonatlar, xloridlar bilan. Tozalashni va yog’sizlantirishni turli usullari bilan amalga oshiriladi.
Poyabzal ishlab chiqarishning murakkab sharoitlarda ishlatiladigan mashinalarning ifloslanishi natijasida (kislotalar, ishqorlar va yog’li emulsiyalarning suvli aralashmalari bilan tutashishi) mashina detallari va apparatlarning sirtida qurum ko’rinishidagi turli chiqindilar, tuz qatlamlari, korroziyalar paydo bo’ladi.
Detallarni qurumlardan tozalash mexanik va fizik-kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Mexanik usulda qurum metall shchyotkalar, qirg’ichlar va gidrokum oqimida ishlov berish bilan yo’qotiladi. Fizik-kimyoviy usulda tozalashda detallar o’tkir natriy va karbonat natriy, suyuq shisha, xo’jalik sovuni va suv aralashmasi bilan vannaga cho’ktiriladi va 90-950 xaroratda 3-4 soat davomida saqlanadi. Qurum yumshagandan so’ng shchyotka bilan tozalanadi. Qurumdan tozalangan detallar sovuq va so’ngra issiq suvda yuviladi.
Isitish asboblari va qurilmalardagi metallarda qurum va korroziya xosil bo’lishining asosiy sabablari bo’lib suvda tuz, kislotalar, ishqorlar miqdorining yuqoriligi, suv qiziganda ularning yemirilishi va apparatlar devorlarida qattiq cho’kindi ko’rinishida cho’kib qolishi xisoblanadi. Metallarda korroziyani keltirib chiqaruvchi gaz eritmalaridan eng xavfsizligi bo’lib kislorod va karbonat angidrid gazi xisoblanadi.
Bug’lantirish apparatlarida qurum xosil bo’lishiga ta'sir qiluvchi suvning sifati tiniqlik, quruq qoldiq miqdori va qattiqlik ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Tiniqlik - suvdagi mexanik qo’shilmalar miqdori bilan tavsiflanadi va 1 litr suvda milligrammlarda o’lchanadi.
Quruq qoldiq suvdagi eritilgan moddalarning umumiy miqdorini bildiradi va 1 litr suvda milligrammlarda o’lchanadi.
Qattiqlik kaltsiy va magniyning qurum xosil qiluvchi tuzlari miqdori bilan tavsiflanadi va 1 litr suvdagi milligramm ekvivalentlarda o’lchanadi.
Suv vaqtinchalik, doimiy va umumiy qattiqliklarga bo’linadi.
Vaqtinchalik (karbonatli) qattiqlik suvdagi kaltsiy bikarbonatlari Ca(HCO3)2 va magniy bikarbonati Mg(HCO3)2 miqdori bilan tavsiflanadi. Suv qizdirilganda bu tuzlar cho’kindini xosil qiladi.
Doimiy (karbonatmas) qattiqlik kaltsiy va magniy qolgan barcha tuzlarining suvdagi ishtiroki bilan tavsiflanadi. Suv isitilganda bu tuzlar idish devorlariga cho’kindi ko’rinishida cho’kib qoladi. Suvning umumiy qattiqligi vaqtinchalik va doimiy qattiqliklar yig’indisiga teng. Tabiiy suvlar umumiy qattiqlik miqdori boyicha uch guruqga bo’linadi: yumshoq suv, o’rtacha qattiqlikdagi suv va qattiq suv.
Kimyoviy tarkibi boyicha qurilmalar turli xilda bo’lishi mumkin. Kaltsiy va magniy karbonatiga ega bo’lgan qurumlar karbonatli, kaltsiy va magniy sulfatiga ega bo’lgan qurumlar sulfatli deb yuritiladi. Tarkibida oshirilgan o’tkir kremniyli birikmalar bo’lgan qurumlar silikat qurumlar deb aytiladi.
Qurumning issiqlik o’tkazuvchanligi juda kichik (0,08-5Vt/mkm) bo’lib, metallning issiqlik o’tkazuvchanligidan bir necha marta kichikdir, shuning uchun qurumning xatto minimal miqdori issiqlik almashinuv sharoitini sezilarli ravishda yomonlaydi. Masalan, vakuumli quritgichlarda qurum xosil bo’lishi natijasida charmning quritish vaqti sezilarli ravishda uzayadi va yoqilqi sarfi oshadi.
Qizdirish va bug’latish apparatlari ichki sirtlarini qurumlardan tozalash maxsus dastgoxlarda fizik-kimyoviy usul bilan amalga oshiriladi; bu juda murakkab va ko’p mexnat talab qiluvchi jarayon, biroq jixozlarni ta'mirlashda shart va zarurdir. Rasm 1.6.da isitish asboblari devorlaridan qurumni yo’qotish uchun qurilma sxemasi keltirilgan, undan vakuumli quritgichlarning kessonini tozalash uchun xam foydalanish mumkin. Bu qurilmada kesson rolgang 3 ga joylashtiriladi va yon flantsga ulangan shlang yordamida 1 litr suvga taxminan 3-5 kg xisoblangan trinatriy-fosfatning 60-800S xaroratgacha isitilgan eritmasi chiqarib yuboriladi.
Qurumlarni olib tashlash uchun shuningdek xlorid kislotaning 8-10 % li
eritmasini qo’llash mumkin, biroq devorlarni korroziyadan muxofazalash uchun
ingibiator (reaktsiyani sekinlashtiruvchi modda) sifatida ko’rsatilgan eritmaga urotropin qo’shish (1 litr suvga 3-4g) maqsadga muvofiqdir. Eritmalar 50-600S gacha isitiladi. Yuvish davomiyligi qurum qatlami qalinligidan bog’liq ravishda 10-70 minutgacha bo’lishi mumkin. Qurum olib tashlanganidan so’ng qurilmalarining ichki sirtini (quvur, kesson devorlari va xokazo) toza suv bilan yuvish zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kirish. Texnologik mashina va asbob-uskunalar. Mashinaning umumiy ta’rifi. Texnologik mashinalar va ularni strukturasi
|