|
1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)
|
bet | 1/8 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 20,26 Kb. | | #153446 |
Bog'liq 1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)-fayllar.org
1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)
MAVZU: RANGLI METALL VA QOTISHMALAR. REJA: 1. MIS ASOSIDAGI QOTISHMALAR. (LATUNLAR). 2. MIS ASOSIDAGI QOTISHMALAR (BRONZALAR). 3. ALYUMINIY QOTISHMALARI. 4. MAGNIY VA TITAN ASOSIDAGI QOTISHMALAR. 5. PODSHIPNIKBOP (ANTIFRIKTSION) VA BOSMAXONA QOTISHMALARI. 1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar). Misni rux, qalay, qo’rg’oshin, temir, marganes va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalari latunlar va bronzalarga ajratiladi.
1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar). Misni rux, qalay, qo’rg’oshin, temir, marganes va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalari latunlar va bronzalarga ajratiladi.
Latunlar. Latun mis bilan ruxning qotishmasi bo’lib, uning texnologik va mexanik xossalari yuqori bo’ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% bo’ladi. (14.1-rasm).
Tarkibida rux 39% bo’lgan latun a qattiq eritma bo’lib, bunda shuning elementar fazoviy kristall panjarasi saqlangan holda ayrim atomlari Zn (rux) bilan o’rin almashhadi. Shu sababli, bu latunlar plastik, puxta va korroziyabardoshh bo’ladi. Qotishmaning likvidus va solidus chiziqlarining yaqinligi sababli ular yaxshi quyma xossalariga ham ega bo’ladi. Tarkibida rux miqdori 46 % bo’lganlari αQβ1

fazaga ega. β1 faza juda qattiq va mo’rt bo’ladi. Latunlarning mexanik va texnologik
xossalarini yanada yaxshilash uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Ni, Si, Mn, Pb, Fe va boshqa elementlar qo’shib, maxsus latunlar olinadi.
Latunlarga qo’shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan ko’tilgan xossalarga ko’ra belgilanadi. GOST2060-73 bo’yicha L harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini 96 raqami esa qotishma tarkibidagi 96% mis borligini bildiradi. Maxsus latunlarni markalashda L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar nomlarini bosh harfi keyin esa raqamlar yoziladi. 9-jadvalda latunlarning ayrim markalari, mexanik xossalari va ishlatilish joylari keltirilgan. (GOST15527-70 va GOST17711-72). Masalan, LS 59-1 da LS qo’rg’oshinli latunni, undan keyingi raqam esa mis (59%) va rux (1%) miqdorini bildiradi.
|
| |