• II-bob. Raqamli kriminalistikaning asosiy tushunchalar va metodologiyalar ............................................................................................... 17
  • Xulosa ............................................................................................................... 30
  • 1 Mundarija




    Download 376.79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/21
    Sana23.01.2024
    Hajmi376.79 Kb.
    #144002
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Raqamli kriminalistika
    IQA-1 IZA (hisobot)



    Mundarija 
    Kirish .................................................................................................................. 2 
    I-bob. Raqamli kriminalistikaga kirish .......................................................... 4 
    1.1 Raqamli kriminalistikaning umumiy ko‘rinishi ............................................... 4 
    1.2 Raqamli kriminalistikaning tarixiy evolyutsiyasi ............................................ 9 
    1.3 Raqamli kriminalistikaning tamoyillari va vazifalari .................................... 13 
    II-bob. Raqamli kriminalistikaning asosiy tushunchalar va 
    metodologiyalar ............................................................................................... 17 
    2.1 Raqamli dalillar va uning turlari .................................................................... 17 
    2.2 Raqamli kriminalistika jarayoni ..................................................................... 26 
    Xulosa ............................................................................................................... 30 
    Foydalanilgan adabiyotlar ............................................................................. 32 
     



     
    Kirish
    Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlarni uzatish 
    tarmoqlarining rivojlanishi hozirgi kunda bizlarga ko‘pgina qulayliklar va 
    yangiliklarni taqdim etmoqda. Lekin shu bilan birga ma’lumotlarni uzatish 
    tarmoqlaridan foydalanish xajmining ortishi uni xavfsizligini ta’minlash borasida 
    qiyinchiliklarni yuzaga keltirmokda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot 
    xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot-xavfsizligini tahlil 
    kilish masalasidir.
    Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida va O‘zbekiston hududida axborot 
    texnologiyalari soxasida juda ham tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Kundan-kunga 
    rivojlanish bor ekan, turli xildagi tartib buzarliklar sodir bo‘ladi. Bu jinoyatchilarga 
    qarshi butun dunyo bo‘ylab kurash olib borilmokda, shu qatori O‘zbekiston 
    Respublikasida ham.
    Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 
    qonun, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi bir 
    qator qonunlarda ko‘zda tutilgan moddalar tashkil etadi.
    Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning 
    asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini tahlil qilish masalasidir.
    Bugungi raqamli dunyoda kiberxavfsizlik masalalari tobora dolzarb va 
    ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Bu sohadagi asosiy jihatlardan biri kompaniyalar, 
    davlat idoralari va hatto oddiy foydalanuvchilar uchun jiddiy tahdid soladigan 
    razvedka hujumlaridir. Ushbu hujumlar ko‘pincha aniqlanmaydi va ularning izlarini 
    tekshirish axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim qadamdir.
    Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va onlayn muhitga o‘tish davrida 
    ma’lumotlarni zararli dasturlardan himoya qilish axborot xavfsizligining asosiy 
    jihatiga aylanmoqda. Kompyuterlashtirishning jadal rivojlanishi va tarmoq 
    texnologiyalarining keng tarqalishi munosabati bilan axborot tizimlari har xil turdagi 
    zararli dasturlardan tahdidlar nishoniga aylandi.
    Raqamli kriminalistika, yoki ma’lumotlar analitikasi, jinoyatlar yoki 
    tartibsizliklarni aniqlashda, ularning sabablarini tahlil qilishda, ma’lumotlar va 
    raqamlar asosida qaror qabul qilishda foydalaniladigan texnologiyalardan 
    foydalanadi. Ushbu so‘z raqamli ma’lumotlar va texnologiyalarni istemol qilishni 
    anglatadi.
    Raqamli kriminalistika asosiy yoki muhim ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, 
    tahlil qilish, va ularga asoslangan algoritmlar orqali jinoyatlar va tartibsizliklarni 



    aniqlashda, ularning sabablarini tahlil qilishda ishlatiladi. Bu texnologiyalar, 
    kiberjinoyatlar, ma’lumotlar analitikasi, ma’lumotlar bazalari tahlili, ma’lumotlar 
    vizualizatsiyasi va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
    Bu soha jinoyatlar, tartibsizliklar, terorizm, moliyaviy qarashlar va boshqa 
    jinoyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash, tahlil qilish va sifatli qaror qabul qilish 
    jarayonlarida katta ahamiyatga ega. Raqamli kriminalistika, ma’lumotlar analitikasi 
    usullaridan foydalanib, jinoyatchilarning profilini tuzish, ma’lumotlarni sinash, 
    so‘zlar, rasmlar yoki boshqa ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishda yordam 
    beradi.
    Raqamli kriminalistika asosida yozilgan ma’lumotlar va ma’lumotlarni ushlab 
    turish, ularning saqlanishi, o‘zgarishi va tahlili kabi jarayonlar jinoyatlar yoki 
    tartibsizliklarni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega. Bu usullar, ilmiy, 
    ma’lumotlar 
    bazalari 
    tahlili, 
    ma’lumotlar 
    vizualizatsiyasi, 
    dasturlash, 
    kiberxavfsizlik va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
    Kiberjinoyatlar bilan bog‘liq raqamli kriminalistika, internetda yuz berayotgan 
    jinoyatlar, ma’lumotlar va tashqi xavfsizlik xavfli muammolarni aniqlash va ularni 
    oldini olishda o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu jarayonlar uchun ma’lumotlar bazalari 
    tahlil qilinadi, qo‘shimcha xavfsizlik tizimlari o‘rnatiladi va muammolar oldini olish 
    uchun ma’lumotlarni o‘rganishda va ulardan foydalanishda raqamli kriminalistika 
    keng qo‘llaniladi.
    Ma’lumotlar analitikasi usullari jinoyatchilar haqida ma’lumotlarni yig‘ish, 
    tahlil qilish va ulardan ma’lumot olishda yordam beradi. Bu usullar statistik 
    ma’lumotlarni, so‘zlar, tasvirlar, video materiallar va boshqa ma’lumotlarni tahlil 
    qilishda yordam beradi.
    Raqamli kriminalistika yana yuqori tezkorlikda ma’lumotlarni tahlil qilishda 
    ham foydalaniladi, bu esa jinoyatlar haqida tezkor ma’lumotni olish va ularni oldini 
    olishda muhimdir. Raqamli kriminalistika sohasi katta va ko‘p yo‘nalishli soha 
    bo‘lib, jinoyatlar va tartibsizliklar bilan kurashishda katta ahamiyatga ega.




    Download 376.79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 376.79 Kb.
    Pdf ko'rish