1. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari




Download 179.5 Kb.
Sana10.04.2024
Hajmi179.5 Kb.
#192754
Bog'liq
MUSTAQIL ISH -5, Kuch-kabellariboshqarish-va-aloqa-kabellari. (1), Data Base Security - lecture 1, Малакавий Aмалиёт учун услубий кўрсатма СИРТҚИ, Referati mavzu Kichik yoshdagi o quvchilar nutqini o stirish y, IPAM Problem Solving UZB, Maqola, 2 5197394174621517484, 2 5247059711848612179, kompyuterlarni ishga tushuruvchi tiz, NastroykaInternetExplorer, bojxona, Среды и устройства программирования Altera, Вакт меъерлари 20-2018, Kvota Kunduzgi Bakalavriat-2023-Lot

Chunki mo‘tabar sanalgan barcha ilohiy kitoblarda, albatta, o‘tmishdagi xalqlar va ularga yuborilgan payg‘ambarlar haqida rivoyatlar kelgan. Jumladan, muqaddas Qur’oni karim kitobi mazmun jihatidan uch qismga bo‘linadi. Tavhid, qisos (qissalar, rivoyatlar) va ahkom (hukmlar). Eng qadimiy manbaga - ma’lumotlarga ega hisoblangan kitob bu Qur’ondir. Chunki tarix insoniyat o‘tmishini o‘rganar ekan, Qur’on insonning olamga kelishidan tortib, yer yuzida yashab o‘tgan bir qancha qavmlar va xalqlar haqida bayon qilgan. Jumladan, Qur’oni karimda bir qancha xalqlar va qavmlarni bayon qilish bilan birga insoniyat yaratilganidan buyon yer yuziga yuborilgan, bizdan bir necha ming yillar ilgari yashab o‘tgan 25 nafar payg‘ambarlar haqida bayon qilingandir. Demak, Islom dini, Qur’oni karim insonlarni ibrat olishlari uchun tarixni o‘rganishni targ‘ib qiladi. Islom dini ta’limotiga ko‘ra, moziyda bo‘lgan narsalarni o‘rganish va ulardan ibrat olish kerak. Misol uchun islom olimlarning fikriga ko‘ra, har bir musulmon quyidagi to‘rt narsaning tarixini bilmog‘i lozimdir:
1 .Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
2. Qur’oni karim tarixi.
3. Islom dini tarixi.
4. Ka’batulloh tarixi.
Bundan shu xulosaga kelinadiki, Islom dinini o‘rganish uchun, albatta, tarix ilmiga murojaat qilinishi lozimdir. Shuningdek, Islom dinining asosiy manbalaridan bo‘lgan Hadis ilmi ham bevosita tarix bilan bog‘liqdir. Zero, Hadis ilmida «Isnod» deb atalgan atama ishlatilib, u biror bir Hadisni Payg‘ambarimizga qadar rivoyat qilguvchilarning silsilasini angalatadi. Hadisning quvvatini aynan tarix bilan bog‘liq bo‘lgan hadisning isnodi belgilab beradi. Demak, insoniyat tarix ilmisiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Chunki tarix o‘tmishda insoniyat qo‘lga kiritgan yutuqlar va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bayon qilib, uni o‘rgangan inson uchun ibrat manbai hisoblanadi. Zero, muhtaram birinchi prezidentimiz «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» deganlar. Istiqlolimizning ilk kunlaridan birinchi prezidentimiz o‘zimizni topish, o‘zligimizni anglash uchun tarixni bilish bosh omil ekanligini ta’kidlab o`tganlar. Keyinchalik tarixchi olimlar bilan uchrashib, qilingan tarixiy suhbat - «Tarixiy xotirasiz - kelajak yo‘q» nomli konseptual ma’ruza uchun asos bo‘lganligini yaxshi bilamiz. O‘tgan chorak asr davomida muarrixlarimiz sa’y-harakat ko‘rsatib, yurtimiz tarixining barcha qatlamlariga kirib o‘rgandilar. Yuzlab qimmatli manbalar nashr qilindi, fundamental tadqiqotlar amalga oshirildi.

Ming yillik tariximizga oid arxeologik topilmalarni xalqimizga, butun dunyoga kursatish va kelajak avlodga yetkazib berishda O`zbekiston tarixi davlat muzeyining urni bekiyosdir. XX asrda muzey ishiga aloxida e’tibor karatila boshladi. Bu davrda muzey bir nechta bulimlarga bulindi. Har bir bo`lim o`z yo`nalishida muayyan yutuqlarga erishdi. Jumladan, arxeologiya bo`limiga nazar tashlasak, arxeolog-olimlarimiz tomonidan arxeologik yodgorliklardan topilgan buyumlar yurtimiz tarixini ko`rsatish bilan birgalikda muzeyning eksponatlari o`rtasida alohida qimmatlilik jihatidan ajralib turadi. Muzeyda saqlanayotgan arxeologik fondlarni o`rganish natijasida shu narsa aniq bo`ldiki, topilgan arxeologik materiallarni muzeyga topshirgan arxeolog-olimlarning kupchiligi O`zbekiston tarixi davlat muzeyida faoliyat yuritgan.


1923 yilda Turkkomstaris buyrug’i bilan, Samkomstarisning arxeologiya bo’limi rahbari M.E. Masson O’rta Osiyo bosh muzeyi arxeologiya bo’limi boshlig’i lavozimiga o’tkazilgan va 1929 yilgacha faoliyat yuritgan. Usha davrda arxeologiya bo’limi faoliyatini tashkillashtirish, arxeologik va numizmatik kolleksiyalarning boyitilishi hamda ularning qayd etilishida uning xizmatlari katta bo’ldi. Tarix fanlari doktori, arxeolog M.E. Masson ilmiy faoliyati davomida Koramozor tog’ini Ohangaron hududida, Sumbara (Turkmaniston), Talas vodiylarida (Qirgiziston) qazishma ishlarini olib borgan. 1936-1938 yillarda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (TAKE) ga, 1945 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) ga, 1963 yilda Kesh arxeologik-topografik ekspedesiyasi (KATE) ga rahbarlik qilgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar yurtimizning o’rta asrlar davrini yoritishda muhim ah amiyat kasb etadi.
Muzey tarixida o’chmas iz qoldirgan yana bir arxeolog bu - Turdi Mirg’iyozovdir. U arxeologik topilmalarni sotib olish va muzey fondlarida saqlashga doir juda ko’p ishlarni amalga oshirgan. Mirg’iyozov muzeyda arxeolog bo’lishi bilan birgalikda restavrator lavozimida ham ishlagan. Muzey fondlarini tartibga keltirish, bundan tashqari ko’rgazmalarni tashkil etishda ham faol ishtirok etgan. U M.E. Massondan tashqari bir kator olimlar: Ya.G. G’ulomov, A.Yu. Yaqubovskiy, V.A. Shishkin, A.I. Terenojkin bilan ham birga faoliyat olib borgan.
O`zbek arxeologiyasini rivojlanishiga o’zining beqiyos xizmatlarini qo’shgan arxeolog L.I. Albaum 1975-1995 yillarda muzeyda katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida bir nechta arxeologik yodgorliklarni o’rgangan. Olim tomonidan topshirilgan arxeologik topilmalar O`zbekiston tarixi davlat muzeyi arxeologiya fondining bir nechta kolleksiyalarida jamlangan. To’plangan arxeologik materiallar qadimgi va o’rta asrlarda Surxondaryo viloyati aholisining turmush-tarzi va madaniyatini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Arxeologiya soxasida salmoqli faoliyat yuritgan arxeolog-olimlarimizdan yana biri Buryakov Yuriy Feodorovich bo’lib, u 1956-1965 yillarda O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyida kichik, katta ilmiy xodim, ilmiy ishlar buyicha direktor o’rinbosari lavozimlarida ishlagan. YuNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Buyuk ipak yo’li- xalqlarning muloqot yo’li" loyihasida faol ishtirok etgan.
Muzeyda aka-uka arxeologlar ham faoliyat yuritgan bo’lib, akasi Alimov Komil Adilovich 1971-1981 yillarda kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida zardushtiylarga tegishli nausni tiklash ishlarida faol qatnashgan. 1972 yilda ukasi O’tkir Alimov bilan birgalikda qadimgi Kavardan (Toshkent viloyati) manzilgohini tadqiq etish natijasida qo’lga kiritilgan 605 dona topshirilgan arxeologik topilmalar 219-sonli kolleksiya tarkibiga kiritilgan. 1979-1980 yillarda ukasi O’. Alimov bilan birgalikda ushbu manzilgohda qayta qazish ishlarini olib borgan. Topilgan 153 ta topilma muzey arxeologiya fondining 332-sonli kolleksiyasidan o’rin olgan.
Alimov O’tkir Adilovich 1988-1996 yillarda katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan. 1971-yilda Samarqand viloyatidagi Amir Temurning Bog’i Dilkusho va Bog’i Davlatobod bog’larini o’rgangan. Muzeyga topshirgan 2 ta topilma 303-sonli kolleksiya tarkibiga kiritilgan.
Axunbabaeva Nazira Ismailovna 1983-1996 yillarda ilmiy xodim bo’lib ishlagan. Qadimgi Marv shahri hududida, Samarqand viloyati Kattaqurg’on tumani Oqtosh manzilgohida, hamda Tuktagul suv omborlarida Surxondaryo viloyati Termizda arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan. Muzey fondidagi Katta Farg’ona kanali, Toshkent viloyati hududidagi arxeologik manzilgohlarni katalogini tuzishda rahbarlik qilgan.
O’z mehnat faoliyatini O`zbekiston tarixi davlat muzeyi bilan bog’lagan arxeologlardan biri, Vorones Maksimilian Emmanuilovich bo’lib, u 1944-1954 yillarda muzeyida faoliyat yuritgan. U ikki tomlik "O`zbekiston xalqlari tarixi" asarni mualliflaridan biridir. 1939 yilda 300 dan ortiq Toshkent viloyatidagi arxeologik ob’ektlarni aniqlab, arxeologik xaritasini tuzgan. 1939 yilning yozida E.G. Obolduev bilan birga Farg’ona vodiysining yo’l xaritasi - Sar-Qurg’on-Sux-Xaydarkon-Shoximardon yo’nalishini ishlab chiqqan. Uning rahbarligi va tashabbusi bilan tarix muzeyining "Trudov" to’plami nashr etilgan.
Latinin Boris Aleksandrovich 1930 yildan muzeyda faoliyat yurita boshlagan. 1933-1934-yillarda Farg’ona vodiysini suv va elektr stansiyalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Birinchi bo’lib Farg’onadagi so’nggi bronza davriga tegishli Elatan yodgorligini o’rgangan.
Arxeologiya soxasida o’zining salmoqli mehnati bilan iz qoldirgan arxeologlardan yana biri Sprishevskiy Viktor Isidorovich bo’lib, u 1946 -1953 yillarda O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyida ommaviy o’yinlar tashkil etuvchi, ilmiy kotib, kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
Shaxo’rin Konstantin Aleksandrovich 1960-1965 yillarda O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlagan. Mutaxassisligi restavrator bo’lib, faoliyati davomida Surxondaryo viloyatining Karazitepa, Zangtepa, Qaraultepa, Dalvarzintepa hududlarini o’rganishda ishtirok etgan. Ilk o’rta asrlarga oid Chorvoq suv ombori yaqinidagi Niyoztepani o’rgangan.
M.Ye. Masson tomonidan Qirgizistonnning Uzgan tumanida 1927 yilda arxeologik tadqiqot olib borilishi natijasida topilgan 41 dona sopol buyum qismlari muzeyga topshirilib, 137-sonli arxeologik kolleksiyaga kiritilgan. 138-sonli kolleksiyaga 1928 yilda T. Mirgiyosov bilan To’ytepani o’rganish natijasida topilgan 154 dona sopol idish qismlari kiritilgan. 144-sonli kolleksiyaga 24 dona Oqtepa hududidan topilgan sopol buyum parchalari saqlanmoqda. 202-sonli kolleksiyada esa 96 dona "Chinnixona"-Mirzo Ulugbek saroyining memoriy manzarasiga oid topilmalar saqlanmoqda.
Turdi Mirg’iyosov ilmiy faoliyati davomida quyidagi kolleksiyalarni muzeyning arxeologiya fondiga topshirgan: 10-sonli kolleksiyada dona Qoraqum cho’lidan topilgan sopol idish parchalari, 146-sonli kolleksiyada Qaffol-Shoshiy qabristoni yaqinidan topilgan 8 dona sopol buyum qismlari saqlanmoqda. 158-sonli kolleksiyadan 46 dona Turkmanistonning Anov Masjididan topilgan sopol buyum parchalari joy olgan. 159-sonli kolleksiyada Qashqadaryo viloyatining Kovchin qishlogidan topilgan 12 dona me’moriy ko’rinishni aks ettiruvchi sopol buyum parchalari, 160-sonli kolleksiyada Toshkentning Xadra maydonidan topilgan 32 dona sopol buyum parchasi, 161-sonli kolleksiyada Qashqadaryo viloyati To’rtko’l qishlogidan topilgan 2 dona memoriy dekoratsiya to’plami jamlangan. 161A, 162-sonli kolleksiyalarda Qashqadaryo viloyati Beshkent shaharchasidan topilgan 15 dona sopol buyum qismlari, 163-sonli kolleksiyada Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan topilgan 15 dona sopol buyum parchalari, 221-sonli kolleksiyada Qashqadaryo viloyatining qadimgi Koson qo’rg’onidan topilgan 39 dona sopol buyum parchasi, 222-sonli kolleksiyada Qashqadaryo daryosidan 10 km. g’arbdagi qadimgi Koson shahridan topilgan 11 dona sopol bo’lagi o’rin olgan. 223-sonli kolleksiyada Qirgizistonning Sadirqo’rg’on aholi punkti xarobalaridan topilgan 75 dona sopol buyum parchalari, 224-sonli kolleksiyada Turkmanistonning Anov hududidan topilgan 47 dona dehqonchilikka oid sopol buyum qismlari saqlanmoqda. 225-sonli kolleksiyada Toshkent viloyatining Tavqottepa xarobalaridan topilgan 37 dona sopol buyum qismlar, 252-sonli kolleksiyada Surxondaryo viloyati Termiz tumanidan topilgan 127 dona sopol buyum qismlari, 254-sonli kolleksiyada 135 dona Toshkent kanali qurilishida ishlatilgan arxeologik topilmalar saqlanmoqda. Yuqorida sanab o’tilgan kolleksiyalar Turkmaniston, janubiy O`zbekiston aholisining o’rta asrlardagi ijtimoiy hayot tarzini yoritish uchun muhim arxeologik manba bo’lib xizmat qiladi.
L.I. Albaumga tegishli 184-sonli kolleksiyada 1964 yilda so’nggi bronza va ilk temir davriga oid Kuchuktepa yodgorligidan olib borilgan ekspeditsiya natijasida qo’lga kiritilgan 160 dona arxeologik buyumlar saqlanmoqda. 1950-1954 yyilda o’rgangan Surxondaryo viloyati Xayrobodtepadan topilgan 216 ta arxeologik materiallar 214-sonli kolleksiyaga kiritilgan. 215-sonli kolleksiyaga 1950-1952 yyda Surxondaryo viloyati Zartepa hududini o’rganish natijasida topilgan 200 ta arxeologik materiallar kiritilgan. 1953 yilda Surxondaryo viloyati Bolaliktepa yodgorligidan topilgan 12 dona arxeologik topilmalar muzey arxeologiya fondining 217-sonli kolleksiyasida saqlanmoqda. 248-sonli kolleksiyaga Surxondaryo viloyati qadimgi Chayontepadan 1956 yilda topilgan 13 ta arxeologik topilmalar kiritilgan. Fayoztepa buddaviylik yodgoriligi 19681973 yillarda o’rganilib undan topilgan 577 ta arxeologik buyumlar 274-sonli arxeologik kolleksiyada jamlangan. Surxondaryo viloyati Eski Termiz shahridan topilgan 93 ta Sopol quvur parchalari 284-sonli kolleksiyasida to’plangan. Arxeolog tomonidan 1986 yil Surxondaryo viloyati Chingiztepa yodgorligidan o’rganganilgan bo’lib, u yerdan 1140 dona arxekturaviy dekor va boshqa arxeologik topilmalar topilgan va 286-sonli kolleksiyasiga kiritilgan. 290-sonli kolleksiyada esa 1980 yilda o’rgangan Surxondaryo viloyati Eski Termizdan topilgan XII-XIV asrlarga oid 124 ta sopol idish parchalari saqlanmoqda. 1956-1958 yilllarda o’rgangan Surxondaryo viloyatidagi VI-VII asrlarga oid Jumalaktepa yodgorligidan topilgan yoqib yuborilgan yog’ochdan yasalgan 3 ta haykal parchasi va arxeologik topilmalar 297-sonli kolleksiyaga kiritilgan. 1962 yilgi arxeologik tadqiqotlar natijasida VII-VIII asrlarga oid Surxondaryo viloyati Zangtepa qal’asidan 66 dona sanskrit tilida yozilgan qayin parchasi topib o’rganilib 300-sonli kolleksiyasida saqlanmoqda. Arxeolog-olimning tadqiqotlari natijasida topilgan ashyolar Surxondaryoning o’tmishini bir nechta noma’lum sahifalari ochib berdi. Tadqiqotlari ichida xristianlik ibodatxonasi topilishi yurtimizda turli dinlarga e’tiqod qilgan xalqlarni yashaganligidan dalolat beradi.
Arxeolog-olim Buryakov Yuliy Feodorovich tomonidan muzeyga topshirilgan topilmalar muzey asosiy fondida quyidagi kolleksiya nomerlari ostida saqlanmoqda: 96-sonli kolleksiyada 1965 yildagi qazishma ishlari natijasida Birichmulladan topilgan 302 ta arxeologik topilmalar, 97-sonli kolleksiyada Pskemtepadan topilgan 74 ta arxeologik topilmalar jamlangan. 98-sonli kolleksiyada 1964-yil o’rgangan Toshkent viloyatida joylashgan qadimgi Turtkultepa 1-P. dan topilgan 31 dona arxeologik materiallar, 99-sonli kolleksiyada 1964-1965 yillarda Kadavattepa yodgorligidan topilgan 189 dona arxeologik topilmalar saqlanmoqda. 241 -sonli kolleksiyada 1960 yilda Naugarzonsoy-Ohangarondan topilgan 1 ta sopol buyum, 266-sonli kolleksiyada esa Mingo’rik yodgorligida D.G. Zilper bilan 1953-1957, 1958-1959, 1962 yillar davomida tashkil etilgan qazish ishlari natijasida qo’lga kiritilgan 379 ta arxeologik topilmalar saqlanmoqda. 268-sonli kolleksiyada S.X.Ishonxujaeva bilan 1957-yilda Oqqo’rg’on, Kanka va Shoxruxiyadan to’plagan 121 ta sopol buyumlar jamlangan. 272 -sonli kolleksiyada O’rta asrlardagi Tunkat-qadimgi Ilok shahri o’rnidan S.X.Ishonxujaeva bilan 1959-1960 yillarda to’plagan 732 ta arxeologik topilmalar, shuningdek, 301-sonli kolleksiyada 1973-yilda Shoxruxiya shahri o’rnidan topgan 99 ta arxeologik materiallar to’plangan. Ushbu kolleksiyalarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar Toshkent viloyati aholisining madaniyatini yoritishda alohida ahamiyatga ega.
M.E. Vorones 1950 yilda Pomir-Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan va 1298 ta arxeologik topilma muzeyga topshirgan. Ular 261, 262-sonli kolleksiyalardan o’rin olgan. Bundan tashqari muzey ko’rgazmalarini tashkil etishda faol ishtirok etgan. 1951 yilda Pomir-Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasini davom ettirilgan. Farg’ona vodiysi va Qirgizistonda joylashgan Kulpaksoydagi Mug’xona, Uchinaursoy, Sarkolsoydan 1643 ta arxeologik topilma muzeyga topshirgan bo’lib, 263-sonli kolleksiya tarkibidan joy olgan. M.E. Voronesning arxeologik faoliyati asosan Farg’ona vodiysi va unga tutash hududlar bilan bog’lik bo’lib, to’plangan topilmalar bizga Farg’ona vodiysi va unga yondosh hududlar tug’risida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lish imkonini beradi.
V.I. Sprisheviski 1946 yilda Ya. G’ulomov bilan Qoraqalpog’istondagi Jonbozqala 4b, 5, 6 yodgorligini o’rganish davomida topilgan 96 ta arxeologik topilma muzey arxeologiya fondining 90 - sonli kolleksiyasidan joy olgan. 1953 yilda feodalizm va arxeologiya fondi rahbari, 1960-1974 yillarda katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan. Xorazm arxeologik ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, Jonbozqala-4 va Tuproqqala shahrini, 1947 yil Teshiktepa (Toshkent), 1948 yilda Ulugbek rasadxonasini, 1948 yilda
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi mil. II asrga oid kabristonini o’rgangan, 1950 yilda Chotkoldagi qadimgi manzilgohlarda tekshiruv ishlarini olib borgan, 1950-1951 yillarda bronza davriga oid Buxoro viloyatidan topilgan Zomonbobo qabristonida, 1951-1952 yillarda Buxoro viloyatidagi Qizil-qirda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. 1950-1951 Farg’ona vodiysidagi so’nggi bronza davriga tegishli (mil.avv II mingyillik) Chust va mil. II asrga oid qabristonida M.E.Vorones bilan qazish ishlarini amalga oshirgan. Ekspeditsiyada topilgan 14 ta topilma muzey arxeologiya fondining 259 -sonli kolleksiyada saqlanmoqda. 1953-1961 yillarda Chust arxeologik ekspeditsiyasini boshkargan. 1956 yilda Qoramozor shahridan topilgan 22 ta arxeologik topilma muzey arxeologiya fondining 264-sonli kolleksiya kitobiga kiritilgan, 1961 yilda Boshbuloqdan 4 ta arxeologik topilma muzey arxeologiya fondining 93-sonli kolleksiyasida saqlanmoqda, 1961 yilda Tergovchi manzilgohidan topilgan 3 dona sopol buyum muzey arxeologiya fondining 94-sonli kolleksiya kitobiga kiritilgan. 1963-64 yillarda Toshkent viloyati Xujakent tumanida joylashgan Koronqultepa manzilgohidan topilgan 225 dona topilma 85-sonli kolleksiyasida saqlanmoqda. 1965 yilda Afrosiyobni, shu yili Sirdaryo bo’yidagi Sirlitoshkala (Xorazm viloyati) hududida joylashgan bo’lib, topilgan 7 ta topilma 210-sonli kolleksiyasiga kolleksiyaga kiritilgan, 1971 yilda Kindiktepadan topilgan 18 ta arxeologik topilma 228-sonli kolleksiyasidan joy olgan. 1978-1982 yillarda mil.avv. IV-III asrlarga tegishli Shoshtepani qazish ishlarini davom ettirgan. Arxeolog tomonidan topib o’rganilgan ushbu manzilgohlar yurtimizning qadimgi davri madaniyatini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Arxeolog K.A. Shaxorin tomonidan Niyoztepadan topgan 42 ta arxeologik topilma muzeyning arxeologiya fondining 77-sonli kolleksiyasida saqlanmoqda. Farg’ona vodiysidagi bronza davriga oid Akbarobod va Yaztepani tadqiq etgan. 1955 yilda Surxondaryo viloyatini o’rganib 25 dona sopol parchalarini muzeyga topshirgan. U 270-sonli kolleksiya tarkibiga kiritilgan. K.A. Shaxo’rin tomonidan topshirilgan ushbu arxeologik kolleksiyalar ilk o’rta asrlarda Surxon vohasi va Chorvok suv ombori atrofida istikomat qilgan aholisining turmush tarzi hakida malumot beradi.
Arxolog L.I. Albaum tomonidan Kuchuktepa yodgorligini o’rganilishi natijasida topilgan topilmalar orasida aholi yashash manzilgohini topilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashkari sopol idishlar, bronza pichoqlar, kamon uchlari, suyaklar topilgan. Sopol idishlarning bir nechtasi restavratsiya kilingan
Biz yuqorida keltirib o’tgan topilmalar orasida alohida diqqatga savovori hamda muzeyga tashrifchilarni ko’proq jalb etadigan topilma bu -buddaviylik dini bilan bog’lik bo’lgan eksponatlardir. Bu topilmalar orasida eng diqqatga sazovorlari Ayritom manzilgohi hamda Fayoztepa yodgorligidan topilgan buddaviylik haykallaridir. O`zbekistonning janubiy hududi antik davrda Buddizm markazlaridan biri bo’lganligini tasdiqlovchi bir nechta buddizm diniga oid haykallar topib o’rganilgan.
Arxeologiya fondi O`zbekiston tarixi davlat muzeyining asosini tashkil etadi. Muzeyining 145 yillik faoliyati davomida ko’pgina arxeologlar faoliyat yuritib kelmokda. XX asrning 90 yillarigacha faoliyat yuritgan, yuqorida biz ilmiy faoliyati to’g’risida fikr yuritgan arxeologlar muzeyda faoliyat yuritgan davrda arxeologiya fondini muntazam to’ldirib borishga va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Ushbu arxeologlar faoliyati davomida amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida o`zbek davlatchiligining tashkil topishiga oid bir qancha savollarga javob topish mumkin. Ularning ilmiy faoliyati bugungi kunda muzey arxeologlari tomonidan davom ettirilmoqda.
Yuqorida fikr yuritilgan arxeologlar tomonidan o’rganilgan arxologik hududlardan topilgan ko’pgina topilmalar o’sha hudud aholisini ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, madaniy, diniy qarashlarini qanday bo’lganligini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda.
O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. "O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti" Toshkent, 6 tom, 2003. 703 bet.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 21 apreldagi 203-sonli "O`zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish tugrisida"gi qarori.
Uz FA O`zbekiston tarixi davlat muzeyi arxeologiya to’plami.-T.: "Silk road media" • "East star media", 2020. 444 bet.
O`zbekiston tarixi muzeyi arxeologiya fondining 67, 85, 90, 93, 94, 96, 97, 98, 99, 137, 138, 144, 146, 158, 159, 160, 161, 161A, 162, 163, 184, 202, 210, 214, 215, 217, 219, 221, 222, 224, 225, 228, 241, 248, 252, 254, 259, 264, 266, 268, 272,274, 284, 286, 290, 297, 300, 301, 303, 332 sonli kolleksiya kitoblari.
Download 179.5 Kb.




Download 179.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari

Download 179.5 Kb.